1-mavzu: O‘qituvchi nutqi mаdаniyati fаni, uning maqsadi,vazifasi va muammolari haqida


-Mavzu: NOTIQ VA TINGLOVChI O‘RTASIDAGI MULOQOTNI


Download 460.5 Kb.
bet21/24
Sana08.02.2023
Hajmi460.5 Kb.
#1177594
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
o\'q.nutq mad

8-Mavzu: NOTIQ VA TINGLOVChI O‘RTASIDAGI MULOQOTNI
TAShKIL ETISh USULLARI
REJA
1. Muloqot jarayonining vazifasi.
2. Nolingvistik vositalarning muloqotdagi o‘rni.
3. P.Buast “notiqlik san’ati “ qaqida.
4. Nutq turlari.
5. Notiqqa qo‘yiladigan asosiy talablar.

Muloqot jarayoni aslini olganda odamlar o‘rtasidagi axborot almashuvi bo‘lib, uning asosiy maksadi uzatilayotgan va kabul kilinayotgan axborotlarning tushunarliligini taьminlashdar.


Axborotni bevosita va bilvosita uzatish mumkin. X,ozirgi davrda ommaviy axborot ositalari, xususan, radio, televidenie, internet tarmogi orqali qar kanday maьlumotni darxol "sovutmasdan" dunyoning istalgan burchagiga etkazish mumkin bo‘lgan qolda notikqa, ya’ni odamlar bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxsga ne eqtiyoj? Nima uchun axborot tarqatish vositalari o‘ta taraqqiy etgan bugungi kunda qam notiqlikning, jonli nutqning aqamiyati yo‘qolmay, aksincha, qayotdagi o‘rni va mavqei ortib bormoqda!
Og‘zaki nutqning kuchi va uning boshqa muloqot turlaridan ustunligi bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Jumladan, notiq nutqida til vositalaridan tashqari eng nozik fikr va tuyg‘ularni ifoda etish imkoniyatini beruvchi nutq oqangi, uning qissiyot bilan omuxta bo‘lishi, qo‘l va tana qarakatlari, yuz ifodasi (mimika) kabi nolingvistik vositalardan foydalanishi qamda konkret auditoriya (tinglovchi) xususiyatlarini qisobga olishi bilan taьsirchan qilishga yordam beradi. Boshqacha aytganda, qar qanday jonli muloqot til, xarakat, mimika, oqang va yana bir qator omillarning qarakatchan va rangdor omuxtasidir. Shuning uchun qam kishi, masalan, televidenie yoki internet tizimi orqali olgan axborot bilan qoniqmaydi va eshitgan voqea-qodisalar qaqida o‘rtoqlari, oila aьzolari, qamkasblari yoxud qo‘ni- qo‘shnilari bilan fikrlashiishga, o‘z muloqazalari bilan o‘rtoqlashishga, ularni o‘z fikrlariga sherik qilishga oshiqadi. Ruqshunos olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, qozirgi zamon kishisi o‘zaro muloqotga sarf qiladigan vaqtining uchdan ikki qismi og‘zaki , jonli muloqotga to‘g‘ri keladi.
Notiq uchun eng muqim va uning maqoratini nomoyon etuvchi xususiyat tinglovchilar bilan muloqot o‘rnata olishdir. Albatta, nutqning mazmundorligi, amaliy natijalarga qaratilganligi birlamchi aqamiyatga ega. Ammo notiqning gaplariga quloq solmasa, auditoriya nutq so‘zlanayotgan paytda xayoli bilan band bo‘lsa, nutq auditoriya diqqatini jalb etmasa, u mutlaqo samarasiz bo‘ladi.
Frantsuz tilshunosi P.Buast “Gapirayotgan odam ekadi, eshitayotgan odam qosil yig‘adi", degan edi. Demak, notiq so‘zlagan nutqdan qosil olmoqni istar ekan, konkret tinglovchilarning ongi va qalbiga yo‘l topmog‘i, jonli qiziqishni o‘ygotishi, fikrlashga turtki berishi, qis- tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazib, ularni junbushga keltirishi lozim. Bunga faqat auditoriya (tinglovchi) bilan muloqot o‘rnatgan taqdirdagina ershish mumkin. Shuning uchun qam o‘tmishdagi barcha mashqur notiqlar aynan shu masalaga aloqida eьtibor qaratishgan.
Notiqlik sanьati va nutq so‘zlash faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kasblar ko‘p. Masalan, prokuror va advokat. Ular o‘z kasblari bilan bog‘liq maqsadlariga, birinchi navbatda, nutq orqali erishadilar. Sudda prokuror aybnomaning asosli ekanligini isbotlashga urinadi, advokat esa sudьyalarni o‘z nuqtai nazari va dalillarining adolatli ekanligiga ishontirishga qarakat qiladi.
Ayblov nutqida qam, qimoya nutqida qam notiq o‘z nuqtai nazari va fikrini maьnaviy jiqatdan asoslab berishi, sudda ko‘riladigan masalani va dalillarni obrazli va taьsirchan, to‘g‘ri va lo‘nda ifoda etishi lozim. Bu katta maqoratni talab qiladi.
Qarqanday o‘qituvchi qam notiq , zero, uning faoliyati o‘quvchilarga nutq bilan murojaat etishdan iborat. O‘qituvchi auditoriyaga kirar ekan, kasbi bilan bog‘liq maьlum maqsadga erishish , o‘z qarakatlari bilan istaklarini ruyobga chiqarishga intiladi. Masalan , professor maьruza o‘qiganda, o‘z g‘oyalarini o‘quvchilarga singd irishgaqarakat qiladi va bu orqali o‘z qamfikrlarini, maslakdoshlarini tayyorlaydi, bu juda muximdir. Chunki shu orqali professorning g‘oyalari ommalashadi, yashovchanlik kasb etadi. Shuning uchun kasbi fikrlash bo‘lgan o‘qituvchi uchun qadim faylasuflardan qolgan "men shubqalanayapman , demak, men yashayapman "- degan fikr o‘ziga xos aqida vazifa sini bajaradi.
Siyosiy arboblarning va qar qanday raqbarlik lavozimida ishlayotgan kishning faoliyatiqam notiqlik bilan uzviy bog‘liq , zotan siyosiy arbob o‘z platformasi, mafkurasi , ijtimoiy kontseptsiyasi orqali odamla rnio‘ziga ergashtiradi.
Siyosiy arbob uchun odamlarga xoq yozma, xoq og‘zaki shaklda murojaat etib ularni o‘z fikrlariga inontirishi , biror narsaga daьvat etish birlamchi axamiyatga ega . Bu borada yunon faylasufi Aflotun shunday degan edi : "Mening imonim komilki , agar istalgan shaqarga notiq va tabib kelsa va xalq yig‘ini yoki boshqa biron majlisda ulardan qay birini tabib etib saylash qaqida baqs boshlansa, tabibga qech kim eьtibor qam qilmasdi va so‘zining qudratidan foydalanishni bilgan kishiga ovoz berishar edi, u buni istasa bas. Notiq qar qanday raqibga qarshi istalgan masalada baqs yuritishga va ommani qar qanday mutaxassisdan ko‘ra tezroq inontirishga qodir".
Aflotunning mazkur fikri dalili sifatida quyidagi misolni keltirish mumkin . Navoiyning zamondoshi Voiz Irshod so‘z qudratidan foydalanib, ko‘pgina murakkab diplomatik masalalarni qal etgani maьlum.
Tarixchi Ali Safiyning dalolat berishicha, Qusayn Boyqaro Sheroz shoqi quzuriga davlat ishi bo‘yicha muzokara olib borish uchun Voiz Irshodni yuboradi. Irshod topshiriqni aьlo darajada moqirlik bilan ado etgach, Sheroz shqi unga o‘z fuqarolariga vaьz qilgandan so‘ng javob berishini aytgan. Irshod minbarga chiqib eqtiros bilan nutq so‘zlaganda, masjidi jomega yig‘ilganlar undan taьsirlanib yig‘lay boshlaganlar. Irshod ana shu tariqa ikki muxolif davlat o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etgan.
Faoliyati professional notiqlik bilan bog‘liq toifa qatoriga diniy arboblar , ruqoniylarni kiritish mumkin , chunki ularning vazifalari o‘z vaьzlarida odamlarga iloqiy qaqiqatlarni etkazish va ularni maьnaviy komillikka daьvat etishdan iborat.
Umuman olganda, notiqning asosiy maqsadi o‘z oldiga qo‘ygan vazifaga odamlarni inontirishdan iboratdir. Nutqda maqsadga erishish yo‘llari esa uch katta guruqga bo‘linadi.
1.Imperativ- nutqiy taьsirning kuchga tayangan usuli (yo‘li) . Bu usul avtoritar nutqning asosini tashkil etadi (buyruq, qo‘rqitish, shaxsiyatga tegish va sh .k )
2.Inontirish- demokratik nutq asosini tashkil etadi (isbotlash, tushintirish, yo‘naltirish va sh .k)
3 .Moyillik uyqotish - liberal nutqning asosini tashkil etadi va axborot olish istagi bilan bog‘liq (baqs - munozara, so‘roqlash va sh. k).
Nutqning turlari ko‘p. Xususan, ularni bir martalik va davomiy turlarga bo‘lish mumkin. Aristotel bir martalik nutqlarni maslaqat (kelajakka oid), sud (o‘tmishga oid) va ifodaviy (o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi bog‘lanish qaqida ) turlarga bo‘ladi. Bular qatoriga yana dialogga asoslangan nutq turlarini (suqbat, baqs, munozara va x. z) kiritadi. Doimiy nutq bir auditoriya oldida bir yo‘nalishdagi mavzuda ko‘p marotaba chiqish bilan bog‘liq bo‘lib , taьlim - tarbiya yo‘nalishidagi nutqlarni, diniy mavzudagi vaьzlarni qamda targ‘ibot- tashviqotni o‘z ichiga oladi.
Qar bir nutq turi va ularning tarkibiga kiruvchi nutq ko‘rinishlari notiqqikning aloxida janrini tashkil etadi. Ammo qanday janrda nutq so‘zlanayotganidan qaьtiy nazar, notiq auditoriya bilan uzviy munosabat o‘rnata bilmog‘i kerak. Auditoriya bilan ruqiy, qissiy, aqliy muloqot o‘rnatishning bir qator usullari mavjud . Buning uchun birinchi navbatda muloqot o‘rnatishga xalaqit beruvchi to‘siqqlarini bartaraf etish lozim . Notiqlik sanьatining birinchi qoidasiga binoan notiq faqat o‘ziga maьqul, qurmat qilgan kishilarigagina murojaat etishi kerak. Boshqacha aytganda, sizda yomon tuyg‘ularni o‘ygotadigan kishi nutqingizning obьekti bo‘la olmaydi. Bu juda qattiq qoida bo‘lsada, unga rioya qilish shart.
Shuni qam aytish kerakki, notiq qar doim rost so‘zlashi lozim . Qissiyot bilan bog‘liq bo‘lgan va bevosita anglanmagan yashirin maqsad notiqnio‘zi bilmagan "sotib" qo‘yadi . Kishi yolg‘on gapirishi mumkin , ammo uning ko‘zlari qaqiqatni ayon qilib qo‘yadi.
Kishi o‘zi yoqtirmagan odamga murojaat etmagani maьqul . Ammo shunday bo‘lsa qam kishi o‘zi suymagan odamga murojaat etishga majbur bo‘ladigan qolatlardan qochib qutilish qiyin. Ayniqsa, ish jarayonida bunday vaziyatlar kuzatilib turadi. Bu esa so‘zlovchini aql bilan ish ko‘rishga undaydi. Notiq qar doim o‘z nutqini eьzgulikka yo‘naltirmog‘i, tinglovchida ezgu tuyg‘ularni uyg‘otmog‘i kerak. Bu notiqlikning ikkinchi qoidasini taqazo etadi.
So‘zlayotgan kishi o‘zgaga yomonlik keltirmaslikni o‘ylashi , qar gapni andisha bilan so‘zlashi kerak. Kishi boshqa odamga murojaat etar ekan, o‘zini shu odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rishi , o‘ziga o‘zi "men bunday gapni eshitinshi xoqlarmidim" degan savolni berishi kerak. Tinglovchilar aytilgan so‘zlarni qabul qilishi uchun notiq ularda shaxsni ko‘rishi, ular qurmati va ezgu niyatini ko‘rsatishi lozim.
Notiq qisobga olishi kerak bo‘lgan tinglovchilar qolatining ikki asosiy jiqati mavjud: ruqiy psixologik va fiziologik. Albatta , nutqning ta’sirchan bo‘lishi uchun tinglovchilar bunga ruqiy jiqatdan tayyor bo‘lishlari kerak. Aksqolda notiq qech narsaga erisha olmaydi. Bundan tashqari, tinglovchilarning nimani va kimdan eshitishni xoqlayotgani va ularning ichki tayyorgarligi muqim mavqega ega.. Kaykovus tili bilan aytganda "Qar kishiga so‘z aytur bo‘lsang qaragil. ul sening so‘zingga xaridormu yoki xaridor emasmu? Agarda so‘zingga uni xaridor topsang, unga so‘zingni sotgil. Yo‘q ersa, ul so‘zni qo‘yib, shunday so‘z degilki, unga xush kelsin va sening so‘zingga xaridor bo‘lsin".
Tinglovchilar notiq shaxsiga, uning lavozimi , ilmiy darajasi , shaxsiy sifatlari , jamiyatda tutgan o‘rni va shu kabilarga qarab uning nutqini qabul qilishga yoki inkor qilishga oldindan moyil bo‘ladilar .

Tayanch so‘zlar


Bevosita va bilvosita axborot uzatish ,internet tarmog‘i, auditoriya , qimoya nutqi, ayblov nutqi, siyosiy arbob, professional notiqlik, imperativ usul , liberal nutq, bir martalik nutq, davomiy nutq, ruqiy psixologik va fiziologik qolatlar, shaxs sifatlari.

Mavzuga doir savollar


1.Muloqot jarayoni qanday shakllanadi?
2. Muloqotdan maqsad nima?
Z.Og‘zaki nutqining qanday afzalliklari bor?
4. Nutkda til vositalaridan tashqari yana qanday vositalardan foydalaniladi.?
5. Nutq uchun eng muqim xususiyat nimadan iborat?
6. Frantsuz tilshunosi P. Buast notiqlik qaqida nima degan?
7.Nutq so‘zlash qamda notiqlik sanьati bilan bevosita bog‘liq qanday kasblarni bilasiz?

8. Navoiyning zamondoshi Voiz Irshod qaqida nimalarni bilasiz?


9.Nutqda maqsadga eshitish yo‘llarini tavsiflab bering.

10. Nutqning bir martalik va davomiy nutq turlarini tavsiflab bering.


11. Notiqqa tegishli bo‘lgan asosiy xususiyatlar nimalardan iborat?
12 Tinglovchilar qolatining ikki asosiy jiqati nimalarni taqazo etadi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.-Toshkent,2007.
2.Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati.- Toshkent,1967
3.Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. –Toshkent, 2002
4.Imomxo‘jaev S. Notiqlik san’ati asoslari.-Toshkent,1982.
5.Begmatov E.,Jiyanova N. Nutq madaniyati asoslari.-Toshkent,2006.


Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling