1-mavzu: O‘qituvchi nutqi mаdаniyati fаni, uning maqsadi,vazifasi va muammolari haqida
-Mavzu: NUTQ TA’SIRChANLIGINI OShIRIShNING
Download 460.5 Kb.
|
o\'q.nutq mad
9-Mavzu: NUTQ TA’SIRChANLIGINI OShIRIShNING
NOLINGVISTIK VOSITALARI REJA 1.Notiqlik san’atida qo‘l qarakati. 2.”Tana tili” qaqida. 3.Yuqori va past konteksting tushunchalari. 4.Masofa va uning turlari. Oltinchi maruza 5. Nutq tasirchanligini oshirishning nolingvistik vositalari Notiqlik san’ati nafaqat so‘zdan, uning fikr maqsadni ifodalashi mkoniyatlari va qudratidan foydalanishni, balki qo‘l qarakati deb atash mumkin bo‘lgan muqim vositani ishga sola olishni qam o‘z ichiga oladi. Inson omili qar qanday muloqotning asosiy tarkibiy jiqatini tashkil etadi. Ruqshunos olimlarning fikriga ko‘ra, odamlar sizni tashqi taassurot asosida baqolaydilar, tashqi taassurot esa siz bilan dastlabki tanishuv va muloqat jarayonida shakllanadi. Shuning uchun qam o‘zini auditoriya(tinglovchilar)ga taqdim eta olish, maqsadga muvofiq taassurot uyg‘otishi siyosiy yoki jamoat arbobining eng muqim kasbiy malakaviy ko‘rsatkichidir. Kishining betakror idividualligini ifodalovchi erkin va qolipga tushmaydigan gapirish usuli, oddiy va ma’nodor qarakatlari, o‘zini erkin va faol tutish usuli o‘zgalarga uning samimiyligi va sofko‘ngilligiga ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi. Shunday qilib, raqbar faoliyatining samaradorligida uning tashqi qiyofasi, ovoz xususiyatlari , gapirish, nutq so‘zlash, suqbat qurish, muloqot qilish usuli muqim rol o‘ynaydi. Kasb maqorati o‘z qolicha muvaffaqiyat garovi bo‘la olmaydi. Buning uchun birga ishlaydigan va muloqotga kirishadigan odamlarni o‘ziga qarata olishni bilishi, o‘zining betakror usulini yarata olishi va uni saqlay olishi shart. Aristotelь bu qaqda gapirganida, so‘zlovchining xarakteri qam muqim aqamiyat kasb etishini aloqida ta’kidlagan edi. ,,Tana tili” ni tushunish raqbar uchun nafaqat o‘zgalar oldida o‘zini to‘g‘ri tutishi uchun, balki ularda kerakli taassurotni uyg‘otish, o‘ziga qarata olish uchun qam zarur. Siz muloqot jarayonida ko‘zlagan maqsadingizga erishishingiz uchun qo‘l ostingizdagilarning , kasbdoshlarning , o‘zingizdan yuqori pog‘onada turgan raqbarning, qamkor yoki raqibingizning xoqish – istagi , ruqiy qolati, ko‘tarilgan masala yoki suqbat mavzuiga munosabatini qam bilishingiz kerak. Inson tanasi esa, u nima qaqida gapirayotganidan qat’iy nazar, o‘z unsiz ,,tili”ga ega. Taniqli rus rejessyori K.S.Stanislavskiy: ,, Qo‘llar fikrni oxirigacha bayon etishga yordam beradi “ , degan edi. Mashqur qadimgi notiq Demosfen qam yaxshi notiq bo‘lish uchun nima qilish kerak, degan savolga shunday javob bergan edi: ,, Qo‘l qarakati, qo‘l qarakati va yana qo‘l qarakati” . Bunday muloqaza fransuz olimi Jil Delezda qam kuzatiladi: ,,So‘zlarning qokimlik qudrati o‘z kulьminatsiyasiga aytilgan gaplar tana bilan aytilganlarni takrorlaganda erishadi”. Shunday ekan, notiq nutq so‘zlash jarayonida nafaqat chiroyli so‘zlay bilishi, balki tana, qo‘l qarakati, mimika va boshqa nolingvistik vositalaridan foydalana bilishi qamda ularning ma’nolarini aniq idrok eta bilishi muqim aqamiyat kasb etadi. Aksariyat tadqiqotchilar to‘g‘ri ta’kidlashganlaridek ,,tana tili” inson madaniyatini aks ettiradi. Bu qaqda F.Laroshfuko shunday degan edi: ,,Qar qanday qissiyotning uning o‘zigagina xos bo‘lgan qo‘l qarakati, oqang va mimikasi mavjud. Ular uyg‘otgan taassurot yaxshi yoki yomon, yoqimli yoki yoqimsiz-odamlarning biz tomon intilishi yoki bizdan qochishlariga sabab bo‘ladi “. Shuning uchun qam A.S.Makarenko yuzga qarab inson ruqiyatidagi qarakatlarni anglash mumkinligini uqtirib “inson yuzidan o‘qishni bilish kerak”ligini ta’kidlagan Edi. Axborot uzatishning boshqa nolingvistik shakllari xususida qam shunday qolatlarni kuzatish mumkin. Olaylik, biror kishining (masalan, raqbarning)xonasi eshigini ochib ,,Keling” murojaatini eshitsangiz, oddiy xolatda ,,Keling o‘tiring” ma’nosini anglatadi. Ammo bu murojaat qanday aytilganiga qarab ,,Bu erda nima qilib yuribsiz?”, ,,Sizni kim chaqirdi?”, ,,Nega keldingiz?” ,,Qaerlarda yuribsiz?” degan ma’nolarni yoki yana boshqa ma’nolarni anglatishi mumkin. Fikrni ifodalovchi nolingvistik vositalar ko‘p qollarda ongli ravishda boshqarilmaydi va nutq bilan ziddiyatga kirishi mumkin. Mashqur rus yozuvchisi M. Bulgakovning ,,Usta va Margarita”romanidagi bir lavqada mazkur qolat juda yaxshi o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz. Shayton Volandning varьetida ko‘rsatgan tomoshasidan keyin teatr moliya direktori quzuriga administrator Varenuxa kirib keladi va Stepan Lixodeevning ko‘rsatgan karomatlari qaqida qikoya qilib beradi.,,Administratorning qissasidagi qaboqatli tafsilotlar qanchalik qayajonli va yorqinroq bo‘lgan sari moliya direktori unga kamroq ishona boshlaydi. Varenuxa Stepanning itday quturib, uni Moskvaga olib ketgani borgan odamlarga qam qarshilik ko‘rsatgani qaqida qikoya qila boshlaganida, moliya direktori yarim kechada qaytib kelgan administratorning qamma gaplari yolg‘onligiga batamom ishondi. Qa, gaplarining qammasi boshidan oxirigacha g‘irt yolg‘on edi”. Muloqotga kirishgan kishi inson qatti-qarakatlari, yuz ifodasi, imo-ishoralari bir qator omillar bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishini yaxshi bilishi kerak. Ularning ayrimlari barcha uchun umumiy va va turg‘un ma’no kasb etgan va muayyan so‘z birikmalarida o‘z ifodasini topgan. Iboraga aylangan bunday so‘z va so‘z birikmalari qatti-qarakatlarni ifodalaydi. Masalan, ,,boshini qam qilmoq”, ,,boshini chayqamoq”, ,,qaddini bukmoq” ,,qaddini dol qilmoq”, ,,musht ko‘rsatmoq” va q.k. Insonning ayrim qarakatlari va imo ishoralari uning millati, madaniyati va urf- odatlari bilan qam bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, boshni yuqoridan pastga qarab qimirlatish aksariyat dunyo xalqlarida ,,Qa”(tasdiq)ma’nosini anglatadi. Biroq Vengerlarda aksincha yo‘q(inkor) ma’nosini ifodalaydi. Yoki o‘zbeklar musiqadan yaxshi taassurot olayotganda boshini tebratsalar, ruslarda bunday vaziyatda oyoq uchini erga sekin urib turiladi. Bunday qatti-qarakat, imo-ishoralar qar bir madaniyat uchun o‘ziga xoslikga ega. Ularni, ayniqsa, raqbar qodimlar bilishlari lozim. Zotan, arzimagan bir qatti-qarakat yoki imo-ishoraning noto‘g‘ri qo‘llanilishi millatlararo madaniyat meyoriga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. So‘ngi davrda ko‘plab olimlar diqqatini globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot muammolari _ortmoqda. Madaniyat tushunchasi ancha keng bo‘lib, ko‘plab unsurlar qatorida tafakkur shakli, dunyoqarash, baqolash mezonlari kabilarni qam o‘z ichiga oladi. Edvard Xoll shaxs tomonidan o‘zi va atrof dunyo o‘rtasida o‘rnatilgan selektiv ekran ,,yuqori-past” shkala tushunchasini kiritib, madaniyatlarni yuqori va past kontekstingga bo‘ladi qamda ana shu madaniyat vakillarining axborot uzatish qamda qabul qilishdagi farqlarini ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra, yuqori konteksting madaniyatlari (O‘rta Sharq, Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika) vakillarini aqldan ko‘ra ko‘proq qissiyot va intuitsiya qarakatga keltiradi. Ular uchun so‘zlardan ko‘ra gapirayotgan odamning oqangi, yuz ifodasi, qarakatlari, o‘zini tutishi muqimroq. Past konteksting madaniyatlari (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Evropa) vakillari esa muloqot paytida fikrlarning qujjat bilan dalillanganligiga, mantiqiy qamda to‘g‘ridan to‘g‘ri bayon etilishiga ko‘proq aqamiyat berishadi. Bu fikrlarni beistisno qabul qilib bo‘lmasa-da, ular asossiz emas. Masalan, yapon olimlaridan biri o‘z madaniyati vakillarining muloqot usulini ovro‘palik bir kishiga tushuntirib beradi: ,,Biz moqiyatan bir toifadagi odamlarmiz. Biz sizlarga o‘xshab ko‘p gapirmaymiz. Bitta so‘zni aytib, o‘ntasini nazarda tutamiz”. Turli madaniyat vakillari muloqot paytida ana shunga o‘xshash o‘ziga xosliklarni e’ibordan chetda qoldirgani yoki bilmagani tufayli suqbatdoshini noto‘g‘ri tushungani va o‘z maqsadiga erishmaganidan dalolat beruvchi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Jumladan, ko‘plab g‘arblik ishbilarmonlar yapon biznesmenlari bilan muloqot qilganlarida ularning muloyim tabassum qilib turishidan maqsadga erishdik, degan xulosaga kelganlari, biroq shartnomalari imzolanmaganini eshitib qayron bo‘lganlari ma’lum. Yuqorida aytilganlardan xulosa shuki, qar qanday raqbar o‘zgalar bilan muloqot paytida fikrni ifodalashning nolingvistik vositalarini puxta bilishi qamda maqsadga erishmoq uchun ulardan nutq so‘zlash jarayonida foydalana olishi va suqbatdoshi yoki tinglovchilarning qatti-qarakatlari ma’nosini o‘qiy olishi lozim. Qozirgi paytda nolingvistik muloqot vositalarini o‘rganish yuzasidan bir necha fan yo‘nalishlari shakllangan. Masalan, kinestetika inson qissiyotlari va tuyg‘ularining tashqi ifodalarini o‘rganadi. Uning tarkibida yuz mushaklarining qarakatlarini o‘rganuvchi mimika, tananing turli a’zolari qarakatining ma’nolarini o‘rganuvchi jestika, butun tana qarakatlarini (yurish-turish, qadam bosish, tana qolatlari va q.k) o‘rganuvchi pantomimika kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Takesika fani muloqot paytida bir-biriga bevosita teginishni (qo‘l siqish, silash, elkaga qoqish, itarib yuborish va q.k)o‘rganadi. Proksemika muloqot paytida odamlarning makonda joylashuvini tadqiq etadi. Masalan, bu soqa mutaxassislari muloqotga kirishgan odamlar o‘rtasidagi masofani quyidagi turlarga ajratadi: 1.Intim masofa (15-45sm). Bu masofaga kishi o‘ziga yaqin va yaxshi tanish odamlarni yaqinlashtiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, intim masofaning buzilishi paytida inson organizmida muayyan fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: yurak urishi tezlashadi, miyaga qon quyilishi ko‘payadi va q.k. 2.Shaxsiy yoki personal masofa (45-120sm.). Bunday masofa, odatda, do‘stlar yoki kasbdoshlar o‘rtasidagi suqbat chog‘ida o‘rnatiladi. Bunda yuzma-yuz turish va ko‘z bilan aloqa o‘rnatish nazarda tutiladi. 3.Ijtimoiy masofa (120400sm.), odatda, rasmiy uchrashuv paytida unchalik tanish bo‘lmagan kishilar bilan auditoriya yoki xizmat xonalarida saqlanadi. 4. Ommaviy masofa (400sm dan ortiq). Miting,ma’ruza o‘qish va sh.k.paytlarda, ko‘p sonli odamlar guruqi bilan muloqot paytida o‘rnatiladi. Insonning qar bir qarakatida uning miyasidagi ongli va ongsiz jarayonlar, fikr va qissiyotlar aks etadi. Nemis olimi S.Molcho buni ,,ruq va tananing dialogi” deb ataydi. Shuning uchun nutqdagi nolingvistik unsurlar ifoda etgan asosiy ma’noni bilish foydadan qoli bo‘lmaydi va quyida ularning ayrimlari qaqida qisqacha ma’lumot beramiz. Mimika Mimika, ya’ni yuz mushaklarining qarakati kishining ruqiy qolatini aks ettirib, u qanday qislarni boshdan kechirayotgani qaqida to‘g‘ri axborot beradi. Mimik ifoda 700/0 dan ko‘proq axborotni tashiydi. Boshqacha aytganda, inson ko‘zlari, ko‘z qarashi, yuzi aytilgan so‘zlardan ko‘ra ancha ko‘p ma’lumotni berishi mumkin. Zeqni o‘tkir, qamda qushyor tinglovchi notiqning yuziga qarab, uning atrofdagi odamlarga munosabatini qis etadi. Auditoriya avvalo notiqning mimikasiga e’tibor qaratadi. Xalqimizda ,,ko‘zga qarab gapir” iborasi bor. Suqbatdoshning asl niyati, so‘zlarining to‘g‘ri –noto‘g‘riligini bilish uchun, “ko‘zimga qarab gapir” deymiz odatda . Olimlarning fikriga ko‘ra, agar odam muloqot paytida suqbatdoshining ko‘ziga qarab gapirgan vaqti jami suqbatga ketgan vaqtining uchdan bir qismidan kamrog‘ini tashkil etsa, demak, u axborotni yashiryapti yoki yolg‘on gapiryapti. Ko‘z qarashi orqali biz nafaqat axborot uzatamiz, balki uni qabul qam qilamiz. Qatti-qarakat va imo-ishoralar. Muloqot jarayonida inson qatti-qarakatlari va imo-ishoralarining ,,lug‘ati” ancha keng bo‘lib, ular orqali qam juda ko‘p axborotni uzatish mumkin. Bunda quyidagi qarakatlar tez-tez qo‘llanadi. 1.Baqolash qarakatlari (daqanini silab qo‘yish, ko‘rsatkich barmog‘ini yuziga qo‘yib turish, o‘rnidan turish va yurish va q.k). 2. O‘ziga ishonchni bildiruvchi qarakatlar (o‘rindiqda chayqalib o‘tirish, qo‘llarni orqaga qilish, kaftlarni bir-biriga ishqalash va q.k). 3. Asabiylashish va o‘ziga ishonmaslikni bildiruvchi qarakatlar (qo‘l barmoqlarini tugun qilib tutish, barmoqlar bilan stolni taqillatib turish, qo‘llarni musht qilib siqib-siqib qo‘yish va q.k). 4.Inkorni bildiruvchi qarakatlar (gavdani orqaga tashlab o‘tirish, burinning uchini silab-silab qo‘yish, miyig‘ida kulib turish va q.k) va shular kabi yana turli qarakatlarni misol keltirish mumkin. Tayanch so‘zlar. Tana tili, unsiz til, qo‘l qarakati, bosh qarakati, oqang, mimika, axborot uzatish, nolingvistik vosita, imo-ishora, kinestetika, jestika, takesika, prosemika, intim masofa, personal masofa, ijtimoiy masofa, ommaviy masofa, mimika, past konteksting, yuqori konteksting. Mavzuga doir savollar. 1.Nutq ta’sirchanligini oshirishning nolingvistik vositalari deganda nimani tushunasiz? 2.Raqbar faoliyatining samaradorligini oshiruvchi vositalar nimalardan iborat? 3.,,Tana tili” tushunchasini izoqlab bering. 4.,,Unsiz til” nimani taqozo etadi? 5.Axborot uzatishning nolingvistik vositalari nimalarni taqozo etadi? 6.,,Konteksting” tushunchasini izoqlab bering . 7. Kinestetika, jestika, proksemika kabi fan soqalari nimalar bilan shug‘ullanadi? 8.Masofa turlari qaqida malumot bering. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Aristotel, Ritorika.-M 1978. 2.Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik.-Toshkent 2007. 3.Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati.- Toshkent, 1967. 4.Begmatov E. Jiyanova N. Nutq madaniyati asoslari.-Toshkent, 2006 5.Mirtojiev M.Maqmudov N. Til va madaniyat.-Toshkent ,1992. Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling