1 mavzu. O’rnatilgan tizimlarga kirish


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana07.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1753648
Bog'liq
1-Maruza



1 - mavzu. O’rnatilgan tizimlarga kirish 
 
Reja: 
1. O’rnatilgan tizimlar haqida asosiy tushuncha
2. O’rnatilgan tizimlarning turlari
3. O’rnatilgan tizimlarning жорий этилиши 

Tayanch iboralar: o’rnatilgan tizimlar, Internet of Things, IOT, 
avtomatlashtirish tizimlari, ob’ektlarni boshqarish tizimlari, telekommunikatsiya. 
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda 
rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish va xalq xo’jaligining barcha sohalarini 
avtomatlashtirish, kommunikatsiyalashtirish va intellektual boshqarishga alohida 
e’tibor berilmoqda. Yigirma birinchi asrning ikkinchi o’n yilligiga kelib 
telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’langan va bevosita barcha 
yo’nalishlarga o’z ta’sirini o’tkaza olgan kontseptsiyalardan biri Internet of Things 
– narsalar interneti kontseptsiyasidir. Bu kontseptsiya mavjud ob’ektlarni inernet 
tarmog’i asosida o’rnatilgan boshqarish va nazorat qilishni ilgari suradi. Endi 
zamonaviy o’rnatilgan tizimlari bevosita internet asosida tashkillashtiriladi va 
internet atrofimizdagi ob’ektlar uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, dastlab 
boshqaruv tizimlarining bugungi holati va rivojalanish tendentsiyalarini ko’rib 
chiqamiz.
XXI asrning ikkinchi 10 yilligida telekommunikatsiya soxasida bir qator 
yangi 
texnologiyalar 
keng 
tarqalib 
va 
rivojlanib 
bormoqda. 
Ushbu 
texnologiyalardan biri IOT(Internet of Things) – narsalar interneti texnologiyasi 
hisoblanali. IOT(Internet of Things) – bu tabiatdagi mavjud ob’ektlarni, zaruriy 
narsalarni va aniq joylarni internetga ulash va boshqarish tamoyillarini tavsiflovchi 
telekommunikatsiya texnologiyasidir. IOT ning asosiy mavjud tizimlar, xizmatlar 
va qurilmalarning turli sanoat mashinalari o’rtasida o’zaro aloqani ta’minlash, 
xizmatlar ko’lamini takomillashtirish va o’z – o’zini boshqaruvchi intellektual 
tizimlar va tarmoqlarni shakllantirishdan iborat. 
Narsalar interneti internet tarmog’idan foydalanishning yangi evolyutsion 
davrini ochib beradi. Bunda ob’ektlar bir biri bilan tarmoq orqali aloqa qiladi, bir 


birini intellektual tanish, tushunish va o’zaro to’plagan ma’lumotlarini almashish 
imkoniyatiga ega bo’ladi. Bugungi kunda IOT ga ko’plab misollar keltirish mumkin: 
sensorli boshqariluvchi ob’ektlar, intellektual axborot tizimlari va boshqalar.
Narsalar interneti tabiatda joylashgan ob’ektlar va joylarni real vaqt rejimida internet 
tarmog’i orqali identifikatsiyalash, nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. 
Narsalar internetini tashkillashtirish uchun asosan bevosita tabiatdagi ob’ektlar bilan 
ishlay oladigan sensor qurilmalar, aktuatorlar, datchiklar va boshqa intellektual 
tizimlar qo’llaniladi. Shu sababli narsalar interneti kontsepsiyasi bevosita sensor 
tarmoqlar, intellektual tarmoqlar va keng qamrovli telekommunikatsiya tarmoqlari 
bilan o’zaro bog’langan.
Sensor qurilmalarining tarmog’ini yaratish g’oyasi 1982 – yilga borib 
taqaladi. Ushbu yilda Mellon universitetida birinchi sensorli mashina internetga 
ulangan. Shunga qaramasdan narsalar interneti tushunchasi 1999 – yillarga kelib 
ommalashdi. Bu vaqtda MIT Auto – ID markazida mahsulotlarni elektron 
identifikatsiyalash tizimi ishlab chiqildi. Bunda RFID asosida narsalarni 
identifikatsilash global tizimini ishlab chiqish bo’yicha dastlabki tadqiqotlar olib 
borildi. Ushbu tadqiqotlarda radio chastota asosida identifikatsiyalash IOT ning 
keyingi rivojlanishi uchun bugungi kunda zarur bo’lgan asosiy vosita ekanligi 
ta’kidlab o’tilgan.
Bizga ma’lumki kndalik hayotimizdagi barcha ob’ektlar identifikatsiya 
vositalariga ega bo’lsa ularni nazorat qilish va boshqarish mumkin bo’ladi. Bunda 
bevosita ob’ektlarni tarmoqqa ulash va ularni internet orqali o’zaro bog’lash 
imkoniyati yaratiladi. Shuni hisobga olgan xolda XXI asrning o’tgin davri 
mobaynida narsalarga bevosita o’rnatiladigan va ularga ta’sir eta oladigan NFC
barcode, QR code kabi ko’plab texnologiyalar ishlab chiqildi. 
2014 – yildan boshlab narsalar interneti kontseptsiyasi simsiz 
kommunikatsiyalardan mikro – elektronik tizimlargacha bo’lgan ko’plab 
texnologiyalarning konvergentsiyasi natijasi sifatida rivojlanib kelmoqda.
Narsalar internetiga nazar soladigan bo’lsak, ob’ektlar ko’plab 
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib tarmoq hosil qiladi. IOT sohasidagi 


kommunikatsion texnologiyalarni tartibga solish uchun va standartlashtirish uchun 
IEEE 802.15.4 guruxi ishlab chiqilgan. Ushbu spestsifikatsiya asosida kanal 
pog’ona ma’lumot almashish texnologiyalari ishlab chiqiladi va IP asosidagi 
protokollar arxitekturasiga integratsiyalanadi. Shu sababli internet tarmog’ida 
ma’lum vazifa bajaruvchi tugun sifatida boshqa qurilmalar bilan aloqa qilish 
imkoniyatiga ega bo’ladi.
 
Ob’ektlar va joylar radiochastota yoki boshqa identifikator qurilmalar bilan 
jihozlanadi.
Narsalar intenrneti kontsepsiyasi bugungi kunda deyarli barcha sohada keng 
qo’llanilmoqda. Misol uchun bunday tizimlar tabiiy ekotizimlardan tortib shaharlar 
tabiiy xususiyatlari haqida ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash, tabiiy rivojlanishni 
nazorat qilish kabilarda keng qo’llanilmoqda. IOT kontsepsiyasiga bog’liq bo’lgan 
va bevosita atrof muhit, ob’ektlar va insonlarni ehtiyojini qondirishga qaratilgan 
ko’plab misollarni keltirish mumkin. Shuni xisobga olgan holda ushbu 
kontsepsiyasining tadbiq etilgan asosiy sohalar ro’yhati quyidagilar: 
- Aqlli uy va uyni avtomatlashtirish tizimlari 
- Robototexnika
- Aviatsiya
- Avtomobil sanoati 
- Biomeditsina 
- Telemeditsina va sog’liqni saqlash tizimlari 
- Ishlab chiqarishni boshqaruv tizimlari 
- Telemetriya 
- Simsiz sensor tarmoqlar 
- Intellektual nazorat tizimlari 
- Favqulotda vaziyatlarni aniqlash va ularni bartaraf etishning intellektual 
tizimlari 
- Intellektual shahar 
- O’rnatiladigan tizimlar 
- Telematika 


1.1 – rasmda IOT kontsepsiyasining qo’llanilish sohalari tasvirlangan. 
1.1 – rasm. IOT ning qo’llanilish sohalari. 
IOT kontseptsiyasi asosida rivojlanib borayotgan boshqaruv tizimlarini yaqin 
kelajakda dunyo miqyosida katta o’zgarishlarga sabab bo’ladi. AKT bo’yicha 
etakchi ilmiy – tadqiqot va tahlil tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra 2020 yilda 
global tarmoqqa ulangan boshqariluvchi ob’ektlar soni 26 mlrd ga etadi. Ayrim 
tadqiqotchi tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra esa tarmoqqa ulangan qurilmalar 
100 mlrd dan oshib ketishi bashorat qilinmoqda. Ekspertlarning fikriga ko’ra 
kelajakdagi 10 yil ichida IOT kontsepsiyasi insoniyat yashash tarzini tubdan 
o’zgartirib yuboradi.
Atrofimizni intellektual qurilmalar qamrab oladi, yashash tarzi to’liq 
avtomatlashadi va oddiy uylar aqlli uylarga(1.2-rasm), shaharlar esa intellektual 
shaharlarga aylanadi(1.3-rasm). 
1.2 – rasm. IOT kontsepsiyasining uylarni avtomatlashtirishda qo’llanilishi. 


1.3 – rasm. IOT kontsepsiyasining intellektual shaharlarni qurishda qo’llanilishi. 
Intellektual ob’ektlarni va sensor qurilmalarni internetga ulashda IP 
texnologiyasi yagona va asosiy texnologiya bo’lib hisoblanadi. Bugungi 
telekommunikatsiyada IPv4 texnologiyasi qo’llanilmoqda. Narsalar internetining 
jadal sur’atlarda rivojlanib va kengayib borayotgani sababli IPv4 texnologiyasining 
adreslar to’plami kamlik qiladi. Shu sababli, IOT qurilmalari ishlab chiqaruvchilari 
IPv6 standartiga ko’proq e’tibor qaratmoqdalar. IPv6 standarti IPv4 ga nisbatan bir 
necha yuz barobar ko’p ob’ektlarni internetga ulash imkoniyatini beradi.
Yuqori ta’kidlab o’tilganidek narsalar interneti kontsepsiyasi asosida 
milliardlab ob’ektlarni o’zaro bog’lagan murakkab telekommunikatsion tarmoq 
vujudga keladi. Tarmoq ob’ektlaridan to’plangan juda katta hajmdagi ma’lumotni 
qayta ishlash uchun “Big Data”, “Cloud Computing” tamoyillariga asoslangan 
taqsimlangan hisoblash tizimlari tashkil qilinadi [2,3,4]. 
Nazorat savollar 
1. O’rnatilgan tizim nima? 
2. O’rnatilgan tizimning shaxsiy kompyuterlardan farqi? 
3. Big-bang modeli nima? 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling