1 mavzu. O’rnatilgan tizimlarga kirish


Download 41.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2024
Hajmi41.84 Kb.
#1832215
Bog'liq
1 -Ma\'ruza



 
 
 
 
1 - mavzu. O’rnatilgan tizimlarga kirish
1. O’rnatilgan tizimlar haqida asosiy tushuncha
2. O’rnatilgan tizimlarning turlari
3. O’rnatilgan tizimlarning joriy etilishi
Tayanch iboralar: o’rnatilgan tizimlar, Internet of Things, IOT,
avtomatlashtirish tizimlari, ob’ektlarni boshqarish tizimlari, telekommunikatsiya.
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda
rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish va xalq xo’jaligining barcha sohalarini
avtomatlashtirish, kommunikatsiyalashtirish va intellektual boshqarishga alohida
e’tibor berilmoqda. Yigirma birinchi asrning ikkinchi o’n yilligiga kelib
telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’langan va bevosita barcha
yo’nalishlarga o’z ta’sirini o’tkaza olgan kontseptsiyalardan biri Internet of Things
– narsalar interneti kontseptsiyasidir. Bu kontseptsiya mavjud ob’ektlarni inernet
tarmog’i asosida o’rnatilgan boshqarish va nazorat qilishni ilgari suradi. Endi
zamonaviy o’rnatilgan tizimlari bevosita internet asosida tashkillashtiriladi va
internet atrofimizdagi ob’ektlar uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, dastlab
boshqaruv tizimlarining bugungi holati va rivojalanish tendentsiyalarini ko’rib
chiqamiz.
XXI asrning ikkinchi 10 yilligida telekommunikatsiya soxasida bir qator
yangi texnologiyalar 
keng tarqalib 
va
rivojlanib bormoqda. 
Ushbu texnologiyalardan biri IOT(Internet of Things) – narsalar interneti 
texnologiyasi hisoblanali. IOT(Internet of Things) – bu tabiatdagi mavjud 
ob’ektlarni, zaruriy narsalarni va aniq joylarni internetga ulash va boshqarish 
tamoyillarini tavsiflovchi telekommunikatsiya texnologiyasidir. IOT ning asosiy 
mavjud tizimlar, xizmatlar va qurilmalarning turli sanoat mashinalari o’rtasida 
o’zaro aloqani ta’minlash, xizmatlar ko’lamini takomillashtirish va o’z – o’zini 
boshqaruvchi intellektual tizimlar va tarmoqlarni shakllantirishdan iborat.
Narsalar interneti internet tarmog’idan foydalanishning yangi evolyutsion
davrini ochib beradi.


Bunda ob’ektlar bir biri bilan tarmoq orqali aloqa qiladi, bir birini 
intellektual tanish, tushunish va o’zaro to’plagan ma’lumotlarini almashish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Bugungi kunda IOT ga ko’plab misollar keltirish
mumkin: sensorli boshqariluvchi ob’ektlar, intellektual axborot tizimlari va
boshqalar. Narsalar interneti tabiatda joylashgan ob’ektlar va joylarni real vaqt
rejimida internet tarmog’i orqali identifikatsiyalash, nazorat qilish va boshqarish
imkonini beradi. Narsalar internetini tashkillashtirish uchun asosan bevosita
tabiatdagi ob’ektlar bilan ishlay oladigan sensor qurilmalar, aktuatorlar, datchiklar
va boshqa intellektual tizimlar qo’llaniladi. Shu sababli narsalar interneti
kontsepsiyasi bevosita sensor tarmoqlar, intellektual tarmoqlar va keng qamrovli
telekommunikatsiya tarmoqlari bilan o’zaro bog’langan.
Sensor qurilmalarining tarmog’ini yaratish g’oyasi 1982 – yilga borib
taqaladi. Ushbu yilda Mellon universitetida birinchi sensorli mashina internetga
ulangan. Shunga qaramasdan narsalar interneti tushunchasi 1999 – yillarga kelib
ommalashdi. Bu vaqtda MIT Auto – ID markazida mahsulotlarni elektron
identifikatsiyalash tizimi ishlab chiqildi. Bunda RFID asosida narsalarni
identifikatsilash global tizimini ishlab chiqish bo’yicha dastlabki tadqiqotlar olib
borildi. Ushbu tadqiqotlarda radio chastota asosida identifikatsiyalash IOT ning
keyingi rivojlanishi uchun bugungi kunda zarur bo’lgan asosiy vosita ekanligi
ta’kidlab o’tilgan.
Bizga ma’lumki kndalik hayotimizdagi barcha ob’ektlar identifikatsiya
vositalariga ega bo’lsa ularni nazorat qilish va boshqarish mumkin bo’ladi. Bunda
bevosita ob’ektlarni tarmoqqa ulash va ularni internet orqali o’zaro bog’lash
imkoniyati yaratiladi. Shuni hisobga olgan xolda XXI asrning o’tgin davri
mobaynida narsalarga bevosita o’rnatiladigan va ularga ta’sir eta oladigan NFC,
barcode, QR code kabi ko’plab texnologiyalar ishlab chiqildi.
2014 
– yildan boshlab narsalar
interneti 
kontseptsiyasi 
simsiz kommunikatsiyalardan 
mikro 
– 
elektronik 
tizimlargacha 
bo’lgan 
ko’plab texnologiyalarning konvergentsiyasi natijasi 
sifatida rivojlanib kelmoqda.


Narsalar internetiga 
nazar 
soladigan 
bo’lsak, 
ob’ektlar 
ko’plab
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib tarmoq hosil qiladi. IOT
sohasidagi 
kommunikatsion texnologiyalarni tartibga 
solish 
uchun 
va
standartlashtirish uchun IEEE 802.15.4 guruxi ishlab chiqilgan. Ushbu
spestsifikatsiya asosida kanal pog’ona ma’lumot almashish texnologiyalari ishlab
chiqiladi va IP asosidagi protokollar arxitekturasiga integratsiyalanadi. Shu sababli
internet tarmog’ida ma’lum vazifa bajaruvchi tugun sifatida boshqa qurilmalar
bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
 
Ob’ektlar va joylar radiochastota yoki boshqa identifikator qurilmalar bilan
jihozlanadi.
Narsalar intenrneti kontsepsiyasi bugungi kunda deyarli barcha sohada keng
qo’llanilmoqda. Misol uchun bunday tizimlar tabiiy ekotizimlardan tortib shaharlar
tabiiy xususiyatlari haqida ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash, tabiiy rivojlanishni
nazorat qilish kabilarda keng qo’llanilmoqda. IOT kontsepsiyasiga bog’liq bo’lgan va 
bevosita atrof muhit, ob’ektlar va insonlarni ehtiyojini qondirishga qaratilgan
ko’plab misollarni keltirish mumkin. Shuni xisobga olgan holda ushbu
kontsepsiyasining tadbiq etilgan asosiy sohalar ro’yhati quyidagilar:
- Aqlli uy va uyni avtomatlashtirish tizimlari
- Robototexnika
- Aviatsiya
- Avtomobil sanoati
- Biomeditsina
- Telemeditsina va sog’liqni saqlash tizimlari
- Ishlab chiqarishni boshqaruv tizimlari
- Telemetriya
- Simsiz sensor tarmoqlar
- Intellektual nazorat tizimlari
- Favqulotda vaziyatlarni aniqlash va ularni bartaraf etishning intellektual
tizimlari
- Intellektual shahar


- O’rnatiladigan tizimlar
- Telematika
1.1 – rasmda IOT kontsepsiyasining qo’llanilish sohalari tasvirlangan.
1.1 – rasm. IOT ning qo’llanilish sohalari.
IOT kontseptsiyasi asosida rivojlanib borayotgan boshqaruv tizimlarini
yaqin kelajakda dunyo miqyosida katta o’zgarishlarga sabab bo’ladi. AKT
bo’yicha etakchi ilmiy – tadqiqot va tahlil tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra
2020 yilda global tarmoqqa ulangan boshqariluvchi ob’ektlar soni 26 mlrd ga
etadi. Ayrim tadqiqotchi tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra esa tarmoqqa ulangan
qurilmalar 100 mlrd dan oshib ketishi bashorat qilinmoqda. Ekspertlarning fikriga
ko’ra kelajakdagi 10 yil ichida IOT kontsepsiyasi insoniyat yashash tarzini tubdan
o’zgartirib yuboradi.
Atrofimizni intellektual qurilmalar qamrab oladi, yashash tarzi to’liq
avtomatlashadi va oddiy uylar aqlli uylarga(1.2-rasm), shaharlar esa intellektual
shaharlarga aylanadi(1.3-rasm).
1.2 – rasm. IOT kontsepsiyasining uylarni avtomatlashtirishda qo’llanilishi


.
1.3 – rasm. IOT kontsepsiyasining intellektual shaharlarni qurishda qo’llanilishi.
Intellektual ob’ektlarni va sensor qurilmalarni internetga ulashda IP
texnologiyasi yagona va asosiy texnologiya bo’lib hisoblanadi. Bugungi
telekommunikatsiyada IPv4 texnologiyasi qo’llanilmoqda. Narsalar internetining
jadal sur’atlarda rivojlanib va kengayib borayotgani sababli IPv4 texnologiyasining
adreslar to’plami kamlik qiladi. Shu sababli, IOT qurilmalari ishlab chiqaruvchilari
IPv6 standartiga ko’proq e’tibor qaratmoqdalar. IPv6 standarti IPv4 ga nisbatan bir
necha yuz barobar ko’p ob’ektlarni internetga ulash imkoniyatini beradi.
Yuqori ta’kidlab o’tilganidek narsalar interneti kontsepsiyasi asosida
milliardlab ob’ektlarni o’zaro bog’lagan murakkab telekommunikatsion tarmoq
vujudga keladi. Tarmoq ob’ektlaridan to’plangan juda katta hajmdagi ma’lumotni
qayta ishlash uchun “Big Data”, “Cloud Computing” tamoyillariga asoslangan
taqsimlangan hisoblash tizimlari tashkil qilinadi [2,3,4].
Nazorat savollar
1. O’rnatilgan tizim nima?
2. O’rnatilgan tizimning shaxsiy kompyuterlardan farqi?
3. Big-bang modeli nima?

Download 41.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling