1 –Mavzu: O'rtaasrlartarixigakirish. Ortaasrlartariximanbalari. Reja


Download 19.41 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi19.41 Kb.
#148279
Bog'liq
1-mavzu. maruza


1Mavzu: O'rtaasrlartarixigakirish. Ortaasrlartariximanbalari.

Reja:

1 . O’rtaasrlartushunchasi.

2. O’rtaasrlartarixinidavrlashtirishmasalalari.

3. O’rtaasrlartariximanbalari.


Adabiyotlar

1. V.F Semyonov. O'rtaasrlartarixi . "O'qituvchi " nashriyoti. Toshkent –1973 yil 3-12 betlar.

2. R.QurbongaliyevaO'rtaasrlartarixidano'quv-metodikqo'llanma. “O'qituvchi” nashriyoti. Toshkent –1980 yil. I-bo'lim.

3. Xrestomatiyapoistoriisrednixvekov. "Prosvisheniye". Moskva -1988 god. II- qism.


Tayanchtushunchalar

Varvar – Rimliklar o'z mamlakatlaridan chetda yashab, ularga notanish tilde gaplashgan aholini "Varvarlar" deb ataganlar.

Krepostnoy dehqon - o'z ixtiyorida hech qanday mulki, yeri, ishlab chiqarish vositalari bo'lmaganligi sababli yo'llanib ishlaydigan dehqon.

Natural xo’jalik – yashash uchun zarur bo'lgan mahsulotlarning, oziq-ovqat, kiyim-kechak, mehnat qurollarining yakka xo'jaligini ishlab chiqarish.




Nazoratsavollari

"O'rta аsarlar tarixi "necha davrga bo'linadi.

Har bir davrlarni tavsiflab bering .

O'rta asrlar tarixini o'rganish manbalari haqida gapiring?

O'rta asrlar tarixining insoniyat tarixidagi o'rni va roli qanday bo’lgan?

O'rtaasrlarningikkinchidavrida, shaharlarningravnaqtopishi, krepostnoylikhuquqiningkuchsizlanishi, ba'zijoylarda (G'arbiyYevropadagiilg'ormamlakatlarda) XIII -XIVasrdayoqyoqbo'lishi, yevropaliklarningSharqbilanqiladigansavdoaloqalariningkuchayishiXVasroxiridanboshlabvaXVIasrdaularningzo'rberibokeanlargachiqishiYevropaningiqtisodiyjihatdanyuksalganiniyaqqolko'rsaradi. Feodalizmning chirishi natijasida feodalizm formasiyasi ichida feodalizmga nisbatdan progressivroq bo'lgan yangi, katalitik formasiya elementlari yetildi. O'rta asrlar tarixi bizni hozirgi Yevropa xalqlarini kelib chiqishi va millat-millat bo'lib tartib topishining konkret tarixi bilan tanishtiradi. Fransuzlar, inglizlar, nemislar ispanlar, italyanlarni va Yevropadagi boshqa hozirgi xalqlarni hamda ularning barcha milliy belgi va xususiyatlarini bu xalqlarning dastlabki tarixi bilan tanishib chiqilgan vaqtdagina to'g'ri tushunish mumkin, ularning dastlabki tarixi xuddi shu o'rta asrlarga to'g’ri keladi. Sharqiy, Garbiy va Janubiy slovyan xalqlari-ruslar, chexlar, polyaklar, bolgarlar, serblar va boshqalar.



Sharq mamlakatlarida feodalizm

XIX asrdavrlarida Yevropa tarixchilari feodal taraqqiyot faqatgina Yevropaga xos deb tushuntirib keldilar. Hatto rus tarixiga va G'arbiy slovyanlar tarixiga nisbatan olganda ham, bu yerlarda hech qanday feodalizm bo'lmagan, degan fikrlar aytilgan. Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini chuqur o'rganish asosida jahondagi barcha xalqlar tarixiy taraqqiyotining xuddi ana shu bosqichini bosib o'tishi muqarrarligiga ishonch hosil qilish mumkin. Albatta, shu bilan birgalikda Sharq mamlakatlaridagi (Hindiston, Yaponiya, Turkiya va h.) turli feodal munosabatlarning konkret xususiyatlariga ham ega.

Sharq feodalizmi ilk vujudga kelgan, bu yerdagi feodalizm G'arqbdagi feodalizmga nisbatan ancha uzoqroq yashagan. Hatto XVIII asrning II yarmida va butun XIX asr davomida Sharq mamlakatlarining ko'pchiligida feodal munosabatlar deyarli o'zgarmasdan o'shandayligicha qolib qolavergan. Sharq feodalizmi Yevropa feodalizmidan farq qilgan holda ikkita xususiyatga ega:

1) Sharq feodalizmi sharoitida quldorlik tuzumining anchagina sarqitlari saqlanib qolganligidir. U yoki bu Sharq mamlakatidagi mehnat ahlining deyarli anchagina proyekti qullardan iborat ekanligi. Sharq feodalizmida muayyan quldorlik unladining uzoq vaqt saqlanib qolganligi to'g'risida gapirishga imkon beradi.

2) O'rta asrlarda Sharqda feodal yer egaligining o'ziga xos xususiyatiga ega bo'lganligidir. Feodal xususiy mulkchiligi o'rta asrlarning birinchi yuz yilligidayoq xususiy xarakter kasb etgan va dehqonlarning ko'pchilik ommasi yer egalari-feodallarga qaram bo'lgan Yevropadan farq qilib, Sharqning bir qancha mamlakatlarida keyingi o'rta asrlargacha yer feodal davlat ixtiyorida bo'lgan.

Sharq mamlakatlarida davlat yer egaligi hisobidan xususiy feodal mulk egaligi ham yashab va rivojlanib kelmoqda edi. Feodal yer egaligining bu ikki turk o'rtasidagi kurash o'rta asrlar Sharqining butun tarixida boshdan oxirigacha davom etib keldi. Bu tarix feodal hukmron sinflarining turli qatlamlari o'rtasidagi ichki ziddiyatlarni ochib berdi, bularning har biri yerga egalik qilishining va qaram dehqonlarni eksplutatsiya qilish usulining o'ziga qulay formalarini joriy qilish uchun kurashar edi.

Butun o'rta asr davomida feodal eksplutatsiyasining uchta asosiy formasi bo'lib keldi, feodal eksplutatsiyasining bu formalari birin-ketin almashinib turdi, ba'zan uchala formasi ham bir-biri bilan qo'shilib bir vaqtda amal qilib turdi.

Feodalizmsharoitidakrepostnoydehqonningahvoliqulningahvolidanbirmunchafarqqilaredi. Uning yer uchastkasi chek yeri bo'lib, bu yerni unga feodal berar va u yer otadan o'gilga meros bo'lib qola berar edi: dehqonning o'z uyi, qo'rasi, ish hayvoni, juda ibtidoiy bo'lsa ham, turli xildagi dehqonchilik invertarlari bo'lar edi.

O'zidan oldin o'tgan quldorlik sistemasiga qaraganda, feodalizm iqtisodiy sistemasining asosiy afzalligi ham shundadir: shu yangi vaziyat tufayli yangi feodalizm jamiyatida (quldorlik jamiyatiga nisbatan) ishlab chiqarish kuchlarini yanada keng miqyosda va yanada tezroq rivojlantirish mumkin bo'ldi, bu feodal jamiyat zaminida kapitalistik tuzum elementlarini rivojlantirib boradi.
O'rta asrlardagi jamiyat va davlat taraqqiyotida asosiy bosqichlarning xronologik ramkalari

O'rta asrlar tarixi odatda uchta katta bo'limga bo'linadi.

I. Ilk o'rta asr V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, bu davr feodal tuzumining tashkil topishi, feodal jamiyatning asosiy iqtisodiy hujayrasi bo'lgan feodal pomestiyasining vujudga kelishi, feodallar tabaqalarining va feodal serarxiyasi deb atalgan israrxiyaning tashkil topishi, o'rta asr feodal Yevropasida asosiy idealogik kuch bo'lgan katolik cherkovi ta'sirining butun G'arbiy Yevropaga yoyilishi davridir.

II. O'rta asrlarning ravnaqi Xl-XV asr o'rtalarini o'z ichiga oladi,bu davrda feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda to'la rivojlanibgina qolmay,balki sex hunarmandchiligiga va o'ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo'lgan o'rta asr shaharlari ham rivojlanib,muvaffaqiyatlarga erishdi,bu tuzumning xususiyati shaharlarning feodal hukmronligidan ilk xalos bo'lishi,erkin shahar deb atalgan shaharlarning yoki Respublika-shaharlarning vujudga kelishidir. O'rta asrlarning birinchi davrdagi siyosiy tarqoqlikka qarama-qarshi o'laroq, ikkinchi davrda markazlashgan yirik davlat tashkil topdi, shu bilan birga qirol hokimiyatining obro'-e'tibori oshdi, sasloviyalik monarxiya deb atalgan monarxiyalar tashkil topdi. Dehqon g'alayonlari jamiyatni larzaga keltirdi, bu harakatlar shahrlardagi pastki tabaqalar plebitlar bilan qo'shilib ketdi.

III. Keyingi o'rta asrlar -XVI asrni va XVII asrning birinchi yarmida o'z ichiga olib, bu davr feodalizmning chirishi va feodalizm ichida kapitalizm elementlarining yetilish davridir, ya'ni dastlabki yetilish davri boshlandi. Dehqonlar urushlari va burjua revolyutsiyalari davridir. Bu davrda Yevropada davlatning asosiy xalq ommasinng kurashini bostirish uchun markazlashgan hokimiyatning kuchayishidan manfaatdor bo'lgan dvaryanlarga tayanar edi, hamda hokimiyatni to'g'ridan-to'g'ri o'z qo'liga olish uchun xalq yetarli darajada kuchli bo'lmagan burjuaziya bilan ham ittifoqda edi.
Kishilik tarixida o'rta asrlarning ahamiyati

XVIII asr tarixlari o'rta asrlar tarixini "varvarlik", "jaholat", "fanatizm" hukm surgan zamon deb tushuntirdilar. O'rta asrlar tarixiga bo'lgan munosabat fransuz revalyutsiyasidan keyin o'zgardi. "Romantizm" maslagidagilar o'rta asrlardagi jamiyatni, "oksincha", "buzilgan "sivilizatsiyali", "yangi jamiyatga qarama-qarshi bo'gan ideal jamiyat" deb hisobladilar. Imperializm davrdagi fashist tarixchilar o'rta asrlardagi harbiy-feodal tuzumning sosloviyachiligini, urushqoqligini, vahshiyona zo'ravonlik qilishi va boshqa varvarlik xususiyatlarini maqtab quvvatladilar.



Keskin sinfiy ziddiyatlar, krepostnoylarning qattiq eksplutatsiyasi, mehnatkashlar ommasining huquqsizligi, ko'p asrlar davom etgan madaniy qoloqlik va fanning kam taraqqiyot etganligi shubhasiz o'rta asrlarning xususiyati edi. Shu bilan birgalikda ijtimoiy-siyosiy madaniy taraqqiyoti jihatidan ibtidoiy jamiyat va quldorlik jamiyatiga nisbatan ancha progressivroq edi.

"O'rta asrlar" degan terrain deyarli yangi termindir. XVI-XVII asrlarda o'tgan gumanist-tarixchilar kirtgan bo'lib, ular ham buni o'z navbatida gumanist- filologlaridan olganlar, gumanist-filologlar latin tilini qadimgi o'rta va yangi (Renisans yoki uyg'onish davri-yangi davr deb atalgan.) til deb uchga bo'lganlar. Bu terminalogya XVIII asrda uzil-kesil qaror topdi.

O'rta asrlar tarixining tarixiy xronologik chegaralari turli vaqtlarda turlicha belgilanib kelingan. Ba'zi tarixchilar:

-Konstantin Buyuk podsholik qilgan davrdan (IV asr boshlaridan) boshlanib, 1453 yilda Konstantinapolning qulashi bilan tamom bo'ldi deb hisoblaganlar. XIX asr tarixchilari:

476 yildan G'arbiy Rim imperiyasi qulagan yildan boshlab, 1492 yil Amerika kashf qilingan yil bilan tamom bo'ladi, deb hisoblaganlar. Markscha davrlarga bo'lish ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar progressiv ravishda almashinadi. Sosial revolyutsiya bilan tugaydigan keskin sinfiy kurash natijasida sodir bo'ladi. Insoniyat O'rta asrlar tarixi o'zining tarixiy taraqqiyotida birin-ketin bir necha bosqichni: -Ibtidoiy jamoa tuzumini; -Quldorlik tuzumini; -Feodalizm; -Kapitalizm; -Sotsializm;

O'rta asr Yevropasi tarixi Rim quldorlik imperiyasining qulashidan boshlandi, bu imperiya ichki qarama-qarshiliklar natijasida, ya'ni quldorlik xo'jaligining krizisi, sinfiy kurashning g'oyat keskinlashib ketganligi. Italiya va uning viloyatlarining zaiflashib ketganligi hamda iqtisodiy va siyosiy aloqalarining uzilib ketganligi natijasida, shuningdek, tashqi sharoitlar natijasida-varvarlarning ommaviy hujum qilishi natijasida quladi. Varvarlarimperiyanibosibolib, uningterritoriyasigabirqanchavarvarkorolliklarituzganedilar. Eramizning V-VI asrlarida tashkil topgan bu korolliklar Yevropada keyinchalik vujudga kelgan milliy davlatlarning kurtagi bo'ldi. XVII asrning 40 yillaridagi ingliz revolyutsiyasi, ya'ni Yevropadagi birinchi yirik burjua revolyutsiyasi O'rta asrlar tarixini yangi zamon tarixidan ajratib turadigan chegara bo'lib, yangi tarix kursi shu revolyutsiyadan boshlandi.

O'rta asrlar tarixi feodal ishlab chiqarish usuli hukmron bo'lgan davr tarixidir. O'rta asrlar tarixi o'n ikki asrlik davrini qamrab olgan davr tarixidir, bu davrda G'arbiy va Sharqiy Yevropa xalqlari ham, shuningdek, Osiyo va Shimoliy Afrika xalqlari ham o'zlarining ijtimoiy taraqqiyotida alohida bir bosqichni - feodalizmni boshlaridan kechirmoqda edilar. Agar qadimgi dunyo taraqqiyotiga asosan quldorlik farmasiyasi to'g'ri kelgan bo'lsa, agar yangi tarixning mazmuni kapialistik tuzumning qaror topishi, gullashi va keyinchalik tushkunlikka uchrashidan iborat bo'lsa, O'rta asrlar feodalizm formasiyasining rivojlanishi bilan bo'g'liqdir. Feodalizmning qaror topishi, gullashi va nihoyat, chirib yuzkunlikka yuz tutushi O'rta asrlar tarixining ijtimoiy-siyosiy mazmunini tashkil etadi;

Feodalizmni kapitalizm bilan taqqoslab, feodal ishlab chiqarish (usullari bilan) usulining 4 ta xarakterli belgisini ko'rsatib berdilar: -Natural xo'jalik hukm surishini;

-mayda ishlab chiqarish feodal ishlab chiqarishning negizini tashkil qilinishi, shu bilan birga kapitalizmdan farq qilib mehnatkashlar ishlab chiqarishi vositalaridan ajralgan bo'lmay balki ishlab chiqarish vositalari bilan uzviy ravishda bog'langan bo'lishi;

-G'ayri iqtisodiy yo'l bilan majbur qilish borligini ,bunda pomeshchik dehqonni mahsulotining bir qismini pomeshchikka (obrok) yoki xo'jayin yerida ishlab berishga (barshchina) majbur qilinishi.

-mayda ishlab chiqarish tufayli texnika past,ibtidoiy darajada bo'lishi;

Feodal ishlab chiqarish usulining negizini o'sha davrdagi ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo'lgan yerga feodalning egalik qilishi tashkil etadi.



Feodalizm davridagi ijtimoiy sinflar: Pomeshchik-dehqon-krepostnoy dehqon. Feodalrentasininguchturi -ishlabberish. (barshina) –mahsulot (obrok)
Download 19.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling