1-Маvzu: O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit. Reja
Dominant - nasldan-naslga o‘tganda yuzaga chiqadigan belgilar Retsessivlik
Download 404.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маvzu.(osish va rivojlanish)
Dominant - nasldan-naslga o‘tganda yuzaga chiqadigan belgilar
Retsessivlik – nasldan-naslga o‘tganda yuzaga chiqmaydigan belgilar har bir hujayra sitoplazmasi, membrana, yadro, hujayra orgonoidlaridan tashkil topgan. Hujayra orgonoidlariga maxsus tuzilishga ega bo‘lgan va ma’lum funksiyalarni bajaradigan tuzilmalar kiradi. Hujayra membranasi tashqi va ichki muhit orasidagi modda almashinuvini boshqara- di. Zamonaviy genetikaning vujudga kelgan vaqti 1865 yil hisoblanadi, shu yili chex olimi Gregor Mendel’ bir va ikki belgisi jihatidan bir-biridan farq qiladigan no‘xat navlarini chatishtirib, belgilarning irsiy yo‘l bilan nasldan- naslga o‘tish qonuniyatlarini aniqlagan. U qizil gulli sariq no‘hatni oq gulli yashil no‘xat bilan changlatadi. Qizil va gulli oq o‘simliklar 3 : 1 nisbatda vedominant va retsessiv belgi asosida yuzaga chiqadi. Mendelning bu buyuk ishlariga zamondoshlari munosib baho bera olmadi. O‘z tajribalarida xuddi shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unutib
2 The Right Start to a Healthy Life, Edited by Ingrid Stegeman and Caroline, Costongs EuroHealthNet, Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium, 2012. 221 бет
yuborilgan Mendel’ tajribalarini qayta tahlil qilib, uning tadqiqotlarini to‘la to‘kis tasdiqladi. Shunday qilib, Mendel’ qonunlari tan olindi va genetika faniga asos solindi. Mendelning birinchi qonuni dominanta va retsessivlik konuni bo‘lib, yuzaga chiadan bedgilar dominanta belgilari yuzaga chiqmagan belgilar retsessiv belgilar deb yuritiladi. Ikkinchi qonuni ota-ona belgilari 3:1 nisbatda avloddan- avlodga O‘tadi, ya’ni 75% dominant, 25% retsessiv belgilar yuzaga chiqadi. Irsiyatning moddiy negizi bu hujayraning o‘z nusxasini qayta vujudga keltira oladigan va bo‘linish protsessida qiz hujayralarga taqsimlanish xususiyatiga ega bo‘lgan barcha, elementlari hisoblanadi. Organizmning bir butunligi. Organizm – bu yaxlit, barcha hujayralar, to‘qimalar, apzolar va apzolar tiziminixig tuzilishi va funksiyalari jihatidan o‘zaro bog‘langan. Har qanday hujayra, to‘qima, apzolar va apzolar tizimlari funksiyasi moddalar almashinuvining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi va bu opzgarish opz navbatida boshqa hujayralar, to‘qimalar, apzolar va a’zolar tizimida moddalar almashinuvi o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Shu sababli organizmdan ajratilgan hujayralar, to‘qimalar va apzolarning funksiyasi hamda moddalar almashinuvi, organizmda kechayotgan jarayonlardan farq qiladi. Shunday ekan, organizmning izolyasiya qilingan qismlaridan olingan ma’lumotlarni - qonuniyatlarni bevosita butun organizmga o‘tkazish va so‘z yuritish mumkin emas. Masalan, butun organizmga xos bo‘lgan yangi organizmlarni hosil bo‘lishiga olib keluvchi ko‘payish, xulq-atvor va Fikrlash kabi funksiyalar izolyasiya qilingan qismlar uchun xos bo‘lmagan funksiyalardir. Funksiyalar birligi va shakllari. Quyi va oliy darajada rivojlangan odam va hayvonlar organizmining hayotiyligi yoki tirikligi faqatgina unga tashqi muhitdan moddalar tushib turishi hisobiga tapmin ctiladi. Bu moddalar yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizmiga nafas olish va ovqat hazm qilish apzolari orqali tushadi, ulardan qonga o‘tadi, so‘ngra ulardan foydalanuvchi a’zolar va to‘qimalarga yetkaziladi. Organizm va undagi a’zolar mahsulotlar iste’molisiz faoliyat ko‘rsata olmaydilar. Moddalar almashinuvi. apzolar funksiyasi va organizm xulq-atvoriga jiddiy ravishda bog‘liqdir. Bu esa organizmni faoliyati va tuzilishini, shaklini va uning apzolari namoyon qiladi. Organizmnig funksiyasi va tuzilishi chambarchas bog‘liqdir va ular bir-birini o‘zaro topldiradi. Lekin funksiyalarning birligi va shaklida, funksiya asosiy-boshlovchi rolni opynaydi, ya’ni bevosita moddalar almashinuvi bilan aniqlanadi. Organizmning funksiyalari va shakli-uning tarixiy va xususiy rivojlanishi natijasidir. Organizmning, apzolarning fuknsiyasi nisbatan juda tez o‘zgaradi, uning tuzilishi esa aksincha jiddiy darajada sekin o‘zgaradi. Ayrim apzolar va funksional tizimlar fiziologiyasi. Turli a’zolardagi moddalar almashinuvi o‘xshashlik tomonlaridan tashqari, ularning funksiyalarini xarakterli xususiyatlarini aniqlovchi jiddiy farqlari ham mavjud. Bundan tashqari a’zolarni tashkil qiluvchi turli to‘qimalarning moddalar almashinuvida ham jiddiy farqlar bor. Har bir organ ma’lum funksiyani bajaradi. Lekin apzolarning mustaqilligi nisbiy, chunki u apzolar tizimiga kiradi va uning faoliyati organizm tomonidan to‘lig‘icha boshqariladi. Apzolar butun hayot davomida faoliyat ko‘rsaruvchi doimiy va xususiy rivojlanishni ma’lum bosqichida hosil bo‘lib, so‘ngra ma’lum muddatdan keyin yo‘qolib ketiradi. A’zolar ma’lum funksiyalarni bajaruvchi tizimlarga birikishadi, masalan, asab, yurak-tomirlar, nafas, ovqat hazmi ajratuvchi va hokazo. Hayvonlar organizmining tarixiy rivojlanish jarayonida asab tizimi muhim ahamiyatga ega, ya’ni bu tizim barcha tizimlar faoliyatini birlashtiradi va atrof muhitdagi organizmni xulq- atvorini, uning tashqi muhit ta’siriga qarshi kurashini ta’minlab beradi. Organizmningyaxlitligivauninghayotsharoitlarinita’minlanishjarayonlaridabirnechaapzola rtiziminingfaoliyatitanlanibbirikadilar. Bunday vaqtinchalik apzolar tizimining birikishi - funksional birikish deb ataladi. Masalan, xulq-atvor aktlarida asab tizimi, harakat apparatlari. yurak-tomirlar va nafas tizimlari funksiyalari birikadi. Funksional tizimlar apzolar tizimidan organizmning uning talab darajasiga qarab opzgaruvchan turli-tuman fiinksiyalarni bajarilishida ishtirok etishi bilan farq qiladi. Organizmning a’zolari va funksional tizimlari uning tinimsiz opzgaruvchan atrof muhitdagi hayotining rivojlanishini tapminlashda, yagona funksiyani bajamvchi yaxlit jonzot bu organizmdir. Bu funksiya tashqi sharoitni jiddiy o‘zgarishiga qaramasdan, asosan asab tizimi
ta’sirida ma’lum chegarada opzgaruvchan, nisbatan doimiy o‘rtacha darajaga qaytuvchi barcha apzolar, apzolar tizimi va funksional tizimning nisbatan mustaqil faoliyatidir. Organizm ichki apzolar funksiyalarini nisbatan dinamik doimiyligini va ichki muhitni tashkil qiluvchi suyuqliklaming biokimyoviy tarkibini bir xilda saqlanishini tapminlab turadi, bu gomeostaz deb ataladi. Biologik va ijtimoiy jarayonlar birligi. Odamlar boshqa barcha tirik mavjudotlar ichida turli-tuman juda nozik harakatlarini bajarish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat esa mehnat jarayonida rivojlanadi va mukammalashadi. Odam o‘zining yashashi uchun xomashyo vositalarini yaratishi, o‘zining talablarini qondirish maqsadida, tabiat ehseklaridan unumli foydalanish uchun tabiatni qayta shakllantiradi (opsimliklarning yangi navlari, hayvonlaming yangi zotlarini yaratadilar, foydali qazilmalarni izlab topadilar va hokazo). Odamlar sezgi a’zolari, asab tizimi va skelet mushaklari ishtirokida tabiatga ta’sir ko‘rsatib, o‘zining tabiatini opz organizmining tuzilish va runksiyasini. ayniqsa sezgi a’zolari, asab tizimi va skelet mushaklari faoliyatini ham o‘zgartiradi. Odam organizmi bilan hayvonlar organizmi orasidagi asosiy sifatiy farq qadimgi odamsimon maymunlar tanasidagi funksiyalarni va tuzilishini filogenez o‘zgarishini o‘rganishda aniq ko‘rish mumkin. Download 404.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling