1-Маvzu: O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit. Reja
Download 404.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маvzu.(osish va rivojlanish)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
1-Маvzu: O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit. Reja: 1. O`sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. 2. Ta’lim jarayonida ratsional usullarni qo`llashda, har bir o`quvchiga individual yondoshishda, pedagoglarning bola organizmining o`ziga xos o`sish va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimga ega bo`lishlari. 3. Yoshlik davrlari va yoshga oid o`zgarishlari haqida tushuncha. 4. Hujayraning umumiy tuzilishi. Irsiy kasalliklarva ularning turlari. Tayanch so`z va iboralar: Jinsiy hujayralar, urug‘lanish, o‘sish, rivojlanish, geteroxroniya, akseleratsiya, irsiyat, muhit, genetika fani, Mendel qonuni, dominanta, retsessivlik, DNK va RNK, irsiy kasalliklar, biologik jarayonlar, mutatsiya
Bolaning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari. O‘sish va rivojlanish barcha organizmlar, jumladan, odam organizmi uchun ham xos xususiyatdir. I. M. Sechenov «Organizm tushunchasiga tashqi muhit tushunchasi ham kiradi» degan edi. Chunki organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi. O‘sish deganda, tana hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm hajmining, moddalar massasining ortishi tushuniladi. Umumiy usish tana skeletining o‘sishi va rivojlanishiga bog‘liq. Organizm bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qonuniyat asosi-da o‘sadi va rivojlanadi. Shunga qaramasdan, bola ba’zan tez o‘sishi yoki rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Tuxum hujayra urug‘langandan boshlab odam rivojlana boshlaydi, bu jarayon to umrining oxirigacha davom etadi.
Embrionning rivojlanishini embriologiya, turli yosh davrlarini esa gerantologiya fani o‘rganadi. Bolaning rivojlanishi deganda, embrionning yetuk organizmga aylanishi tushuniladi. O‘sib kelayotgan organizmni to‘g‘ri tarbiyalash uchun bola organizmini o‘sish va rivojlanish kabi asosiy hususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi, odam organizmiga xos hususiyatdir. Organizmning har tomonlama o‘sish va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki protsess murakkab jarayon hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog‘langandir. Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo’lsalar ular shunchalik o’chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish ularning salomatligiga ham ta’sir ko’rsatishdir. Ularga zaxira ma’lumotlarini to’plashlariga yordam berish ularning butun umrlarida foyda berishi mumkin, shu bilan birga zarar ham keltirishi mumkin. Agar Anna va Damiana iqtisodiy qiyinchlikda, ota-onalari bilan munosabatdagi kuchsizlik ya’ni kam munosabat qilish ularning hayoti, ruhiy va aqliy rivojlanishiga putur yetkazadi. Bu o’z navbatida ularning jismoniy taraqqiyotiga ham ta’sir qilib butun hayotida saqlanib qoladi1 O‘sish deganda o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ko‘payishdir. Unda tana vazni, undagi hujayra va to‘qimalarning ko‘payishi hisobiga o‘lchamining kattalashuvi tushiniladi. Hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm o‘lchamlarining ortishi, ya'ni bo‘yning chizilishi, og‘irlikning ortishi tushuniladi. Bola ma'lum yoshgacha to‘xtovsiz, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o‘sishi (bosh, oyoq, va qo‘l suyaklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i va ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bo‘lib bunda o‘sish prosesi barcha organizmlarda bir xil kechmaydi, uning yoshga oid chegaralari mavjud bo‘lib, qizlar 18 yoshda o‘g‘il bolalar esa 20 yoshga kelib o‘sishdan to‘xtaydi. Ba'zi hollarda xotin- qizlar 21-22 yoshgacha, erkaklar esa 24-25 yoshga davr o‘sish mumkin.
1 The Right Start to a Healthy Life, Edited by Ingrid Stegeman and Caroline, Costongs EuroHealthNet, Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium, 2012. 32 бет
Download 404.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling