1-Mavzu: Xor ovozlarini bo’lish
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
Talabalarni yakka-yakka holatda musiqa asbobi
jo’rligida qo’shiq kuylatish. 10 minut
Talabalar ovozlarini diapozonlarini aniqlash. 10 minut
Turli intervallarda do major gammasini kuylash. 10 minut
Do major gammasini kanonli mashqlar bilan kuylash. 10 minut
Do major gammasini turli shtrixlarda kuylash. 10 minut
Dars maqsadi:
Talabalarga ko’p ovozli musiqaning xor janri haqida tushunchalar berish.
O’zbekistonda xor san’ati bilan ijod qiluvchi bastakorlar haqida ma’lumot berish.
O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan xor jamoalari haqida ma’lumot.
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Yetakchi ovoz, bir ovozlik, ko’p ovozlik, shaxsiy, vertikal, gorizontal va umumiy ansambl, nafas, diktsiya, talaffuz.
Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, audio yozuvlar, video yozuvlar, DVD, VCD, CD disklar, izohli lug’atlar.
Dars o’tish usuli:
Har bir mashqni bir necha bor qayta-qaqyta takrorlab, uning tozaligiga erishish. Amaliy ijro tarzida jonli muloqot o’tkaziladi. Kuylash malakalari borasida tegishli tushincha va izohlar berib borish.
O’quv materiallari:
amaliy dars mavzusi: Ovozlarni har xil mashqlar orqali yo’lga qo’yish.
Amaliyot topshirig’i: Bir ovozli va ikki ovozli mashqlarni mustaqil o’rganish.
Mavzuning axborot manbai: Disklar, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar, solfedjio darsliklari.
Mavzuning axborot manbai ta’minoti vositalari: Kafedra fondi, kutubxonalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |