16-Mavzu: Takrorlash o’zbek xalq qo’shiqlaridan
«Ko’zlaringni yashirma» B.Aliyev musiqasi. R.Nihoniy she’ri.
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
Ovoz qizdirish. 10 minut
Xonandalarning qo’shiq ijrochiligidagi nafas taqsimoti. 15 minut
Asarning daromad (ya’ni 16 takti) ustida ishlash. 15 minut
Asarni xonandalar bilan to’la ijro etish. 10 minut
Dars maqsadi:
1. O’rgatuvchi: Musiqa asarini tahlil qilish, va ijro etish jarayonida ijrochilarga milliy ijrochilikning ahamiyatini anglatish.
2. Rivojlantirish: O’rganilgan asarning ijro etish jarayonida talabalarni eshitish hamda kuylash qobiliyatlarini yetarli darajada rivojlantirish.
3. Tarbiyalovchi: Musiqa asarining tarbiyaviy ahamiyati haqida.
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Yetakchi ovoz, shakl, gomofonik, xalq qo’shiqlari, bir ovozlik, ko’p ovozlik, shaxsiy, vertikal, gorizontal va umumiy ansambl, nafas, diktsiya, talaffuz.
Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, audio yozuvlar, video yozuvlar, DVD, VCD, CD disklar, izohli lug’atlar.
Dars o’tish usuli:
O’tgan asarlarni takrorlash, musiqa asarining tahlili, suhbat va savol-javob, baxs-munozara (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) amaliy ijro tarzida jonli muloqot o’tkaziladi (talabalarni mustaqil, erkin fikrlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savol berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |