Mustaqil ish turlari:
takrorlash va mashq qilish: Takrorlash, tahlil qilish, mustahkamlash, amaliy ijro qilish, malakani shakllantirish va musiqa asbobi jo’rligida kuylash.
Yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: Ijro vaqtida har bir tovushni toza kuylashga ko’nikma hosil qilish.
2-Mavzu: Soprano, al’t, tenor, bas ovozlarini aniqlab xorga moslashtirish.
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
Ovozlarni qizdirish. 10 minut
Talabalarga alohida-alohida gammalarni kuylatish. 10 minut
Talabalarni qismga bo’lib, vertikal holatda o’tqizib kuylatish. 10 minut
Talabalarni gorizontal holatda o’tqizib kuylatish. 10 minut
Talabalarni umumiy kuylatish. 10 minut
Dars maqsadi:
O’rgatuvchi: Talabalarga vertical, gorizontal kuylatib ularning eshitish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Rivojlantirish: Turli ohangdagi mashqlarni kuylab, ansambl paydo qilish, umumiy ansamblga erishish.
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Yetakchi ovoz, bir ovozlik, ko’p ovozlik, shaxsiy, vertikal, gorizontal va umumiy ansambl, nafas, diktsiya, talaffuz.
Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, audio yozuvlar, video yozuvlar, DVD, VCD, CD disklar, izohli lug’atlar.
Dars o’tish usuli:
Har bir mashqni bir necha bor qayta-qaqyta takrorlab, uning tozaligiga erishish. Amaliy ijro tarzida jonli muloqot o’tkaziladi. Kuylash malakalari borasida tegishli tushincha va izohlar berib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |