1-Mavzu: «O’zbek davlatchiligi tarixi» fanining nazariy-metodologik masalalari va uni o’rganishning ahamiyati reja


Download 150.5 Kb.
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi150.5 Kb.
#1047428
  1   2
Bog'liq
1 mavzu




1-Mavzu: «O’zbek davlatchiligi tarixi» fanining nazariy-metodologik masalalari va uni o’rganishning ahamiyati
REJA:

  1. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov milliy davlatchiligimiz to’g’risida.

  2. Milliy davlatchiligimizning dastlabki ijtimoiy, iqtisodiy asoslari.

  3. O’zbek davlatchiligi tarixining konseptual g’oyalari va istoriografiyasi.

  4. Totalitar sovet hukmronligi yillarida o’zbek davlatchiligi tarixiga munosabat.

  5. «O’zbek davlatchiligi tarixi» fanining maqsad va vazifalari. Davlatchilik tushunchasi. O’zbek davlatchiligi, uning taraqqiyot bosqichlari. Milliy davlatchilik qurish tajribasidan.

Tayanch tushunchalar:
Davlatchilik ustunlari, konsepsiya, milliy mentalitet, totalitar, unitar, yevrotsentrizm, “kommunizm dohiylari”, tarixni kimlar yaratadi, davlat-jamiyat-shaxs, davlat saltanatchiligi, davlatchilik vorisligi, davlat boshlig’i.
Adabiyotlar:

  1. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: “Sharq”, 1998 y.

  2. Karimov I. Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yilligiga bag’ishlangan marosimdagi so’zlagan nutqi. “Xalq so’zi”, 1997 yil, 21-oktyabr.

  3. Karimov I. Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag’ishlangan marosimda so’zlagan nutqi. “Xalq so’zi”, 2007 yil, 30-avgust.

  4. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T. O’zbekiston. 2011

  5. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: “Sharq”, 2001 yil.

  6. O’zbekistonning yangi tarixi. Konseptual metodologik muammolar. T.: “Akademiya”, 1998 yil.

  7. Alimova D., Rtveladze Ye. O’zbekiston davlatchiligi tarixi. (ocherklar). T.: “Sharq”, 2001 yil.

  8. O’zbekiston tarixi konsepsiyasi. “O’zbekiston tarixi” 1999 yil, 1-son.

  9. Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi. T.: “Cho’lpon”, 1998 yil.

  10. Ibrohimov A. Bizkim, o’zbeklar. T.: “Sharq”, 1999 yil.

  11. Alimova D. O’zbekiston mustaqilligining 15 yilligida tarixi fani. “O’zbekiston tarixi”, 2006 yil, 4-son, 25-30 betlar.

Davlat-bu kuch-qudrat majmuasi. Lekin u har doim zo’ravonlik bilan yashay olmaydi. Har bir davlatning ijtimoiy adolatga, xalqning moddiy-ma’naviy manfaatlariga asoslangan qonunlar tizimi bo’ladi. Ular o’sha xalqning ma’naviylik darajasidan, mentalitetidan, intelektidan kelib chiqqan bo’lishi kerak.


Milliy davlatchiligimizning dastlabki tayanchlari, asoslari deganda ko’plab siyosiy, moddiy, madaniy, texnikaviy omillarni birinchi qilib ko’rsatadilar1.­­-U mualliflarning fikrlarini inkor qilishdan yiroqmiz. Biroq, davlat kimga xizmat qilishi kerak, uni kim tuzadi, davlat qachon qudratli bo’ladi...? va hokoza savollarni qo’ysak, davlat odamga kerakda degan oddiy, jo’n javob tafakkurimizda shakllanadi. Demak, o’zbek milliy davlatchiligining birinchi tayanchi xalqimizning o’zi ekan. SHuning uchun ham o’zbek milliy davlatchiligi deymiz. Davlatni tuzuvchilar, uni mustahkamlovchilar-millatning quvvai-hofizasi baland farzandlari bo’lganlar. Davlatning kelib chiqishida birinchi tayanch xalq ekan deb masalani cho’ntoqlashtirmaslik lozim. Xalq deganda uning moddiy va ma’naviy madaniyati bilan birgalikda tushunish kerak. CHunki davlat siyosiy idoralar majmuasi bo’lishi bilan birga, ma’naviy qadriyatlar hosilasidir. Demak:
a) xalq dunyoqarashi, yashash tarzi, voqea-hodisalarga munosabati, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlardan kelib chiqqandagina alohida ahamiyat qozonadi.
CHunki qadimiy SHarqda azaldan ma’naviyatga tayanib yashash, komillikka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan;
b) har qanday jamiyat taraqqiyoti xalq dunyoqarashini hisobga olmasa, uning ehtiyojlariga mos kelmasa, tanazzulga uchrashi tabiiy. Bu xususda tarixdan ko’p misollar keltirish mumkin. SHuning uchun davlatimizning kelajak istiqboli deganda eng avval xalqning, jamiyatning ma’naviylik darajasini, ijtimoiy-siyosiy faolligini nazarda tutmoq lozim. Zero, Mustaqil O’zbekistonning kuch qudrat manbai xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidadir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahl qo’shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar bo’yi avaylab-asrab kelmoqda. O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur bo’lgan shart-sharoit yaratishdir,2-degan fikrni mamlakat rahbari 1991 yilda aytgan edi, dalatning qudratini xalqning ma’anviy kamolatida ko’rgan edik.
O’zbek milliy davlatchiligining vujudga kelishida asos bo’lgan ikkinchi omil, bu inson mehnati, mehnat unumdorligini oshishidir. Xalq moddiy boylik yaratuvchi bo’lib, mamlakatning iqtisodiy qudratini ta’minlaydi. Ashyoviy dalillarning guvohlik berishicha, miloddan oldin bir ming yillikning boshlarida ajdodlarimiz temirni qayta ishlashni o’rganib oldilar. Natijada barcha ijtimoiy taraqqiyotning turtqisi bo’lib kelgan mehnat qurollarining takomillashishi uchun yanada yangi imkoniyatlar ochildi. Bu esa o’z navbatida inson mehnat faoliyatini kengayishi va jadallashishiga olib keldi. Odam faoliyati bilan bog’liq bo’lgan bu ijtimoiy omil jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy v.h. holatlariga ijobiy ta’sir o’tkazdi, muhim sifat o’zgarishlariga olib keldi. Iqtisodiy omil har doim, hamma zamonlarda davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi bo’lib kelgan, O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ham xuddi shunday. Albatta, milliy davlatimizning iqtisodiy tayanchlari haqida gap borganda, eng avval sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik ishlab chiqarishi, dehqonchilik madaniyatini nazarda to’tish to’g’ri bo’ladi. CHunki Vatanimiz hududida dehqonchilik xo’jaligi juda erta boshlangan,muhim iqtisodiy natijalarga erishgan ediki, u xo’jalikning boshqa tarmoqlarini rivojlanishiga olib keldi. “Avesto”da “kimda-kim bug’doy eksa, u Ashahni (Haqiqatni) ekadi... Qachonki bug’doy gurkirab ko’karsa, devlar dahshatdan titray boshlaydilar. Qachonki bug’doy un bersa, devlar nola chekadilar. Qay bir xonadonda bug’doy ombori bo’lsa, go’yo qizdirilgan temir devlar bo’ynini chirmab tashlaydi”3.
O’zbek milliy davlatchiligining uchinchi ijtimoiy tayanchi, odamdan katta aql-zakovat, tajriba talab qilgan hunarmandchilikdir. Binobarin,miloddan avvalgi bir ming yillikning boshlarida mintaqamizda tog’ jinslarini ( temir, oltin, mis, qalayi, qo’rg’oshin v.h.) qayta ishlash, ulardan urush va mehnat qurollari yasash tajribasiga ega bo’lganlar, kulolchilik, to’quvchilik, zargarlik, kemasozlik kabi sohalar rivojlangan. Agar bu sohalarga bundan 2500-3000 yil muqaddam mavjud bo’lgan shart-sharoitlarga asoslanib xulosa chiqarsak, erishilgan yutuqlar g’oyat katta ahamiyat kasb etadi. Demoqchimizki, o’sha 3000 yil muqaddam SHarqda ham,Evropada ham bunday taraqqiy etgan mintaqalar uncha ko’p bo’lmagan. Xuddi o’sha davrlarda bu mintaqada uzunligi bir necha o’n kilometrni, kengligi bir necha metrni tashkil etgan sug’orish inshootlari, sun’iy to’g’onlar va suv omborlari tashkil etligan.4 Dehqonchilik xo’jaligi ajdodlarimiz hayotida tobora muhim o’rin tutgan. Don, moy beruvchi o’simliklar ekish an’anaviy tus olgan, polizchilik, bog’dorchilik kabi sohalar rivojlanganligi to’g’risida ko’plab ma’lumotlarga egamiz.
Milliy davlatchiligimiz tuzilmasining shakllanishiga asos bo’lgan to’rtinchi omil-urbanizatsiya (shaharsozlik) va urbanik jarayonlarning mintaqamizda erta, jadal borganligidir. Akademik A.Asqarov, professor T.SHirinovlar Vatanimizda shaharlarning vujudga kelishining uch zamoni va makonini aniqlab berdilar.5 Dastlab, O’zbekistonning janubiy viloyatlari hududida-Jarqo’ton, Sopolli, ularning shakllanganligiga 4000 yildan oshgan, keyinroq Zarafshon vohasida (Samarqand, Buxoro. Naxshab, Kesh), so’ngra Farg’ona vodiysi hududida (Quva v.b.). SHaharlar-bu o’sha hududning, o’sha jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot hosilasi. SHahar-bu nafaqat hunarmandchilik, savdo, madaniy markaz, balki ma’muriy markaz hamdir. (polis (yunon)-shahar-davlat, megopolis-katta shahar davlat). O’zbekiston hududida qadimda shahar ko’p bo’lganligi, ular juda erta va tez rivojlanganligi ilmiy jamoatchilikka ma’lum.
Milliy davlatchiligimizning paydo bo’lishiga beshinchi tayanch-mintaqaning tashqi dunyo bilan hamkorlik madaniyatidir. Bu tamoyil o’ta murakkab va nozik jarayondir. Davlatning tashqi munosabatlarini, uning ichki ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyot darajasi, siyosiy mavqei belgilab beradi. Mazkur faktorlar yuqori darajada bo’lmasa, davlat tashqi dunyo bilan faol hamkorlik qila olmaydi. “Avesto” va boshqa yozma manbalarda qayd qilinganidek Amudaryo, Zarafshon, Sirdaryo, Murg’ob, Tajan, Qunduz daryolari havzalari yirik iqtisodiy-geografik makon bo’lib, miloddan avval uch-ikki ming yilliklardayoq shakllangan va uzoq ijtimoiy, iqtisodiy yuksalish jarayonini o’tagan. SHuning uchun ham bu hududda tashkil topgan Kairizm, Sug’diya, Baqtriya, Parfiya. Keyinchalik miloddan avval ikkinchi asrga kelib markazlashgan qudratli Xorazm, Qang, Farg’ona, Tohariston davlatlari Midiya-Eron, Hindiston, Jazira (Mesopotamiya), Xitoy kabi davlatlar bilan savdo, madaniy hamkorlik qilganlar. Mazkur davlatlar Buyuk Ipak yo’li chorrahalarida joylashganligi ham Markaziy Osiyoni tashqi dunyo bilan hamkorligini kuchaytirib yubordi;
Oltinchidan, milliy davlatchiligimizning shakllanishida asos bo’lgan yana bir faktor, jamiyatning ijtimoiy tabaqalashishidir. Masalan, “Avesto”da dehqonlar, hunarmandlar, kohinlar, harbiylar kabi tabaqalar ta’kidlagan. Haqiqatda ham miloddan avval bir ming yillikda mintaqamizda yirik zamindorlar-dehqonlar, jamiyatni mafkuraviy jihatdan birlashtirib, yaxlitligini ta’minlab turuvchi din arboblari, Midiya, Eron, Ellin urushlarida tajriba orttirgan harbiylar va boshqa ijtimoiy qatlamlar shakllanganlar. Bu ijtimoiy qatlamlarning jamiyatda o’z o’rni va mavqei bo’lgan. SHunday qilib, milliy davlatchiligimizning qonuniy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy ildizlari, tayanchlari bo’lganki, bu xususda ma’ruzada batafsil mushohada yuritamiz.
III. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Vatan tarixi, uning dolzarb masalalari to’g’risida mushohada yuritib “Nazarimda, o’zbek xalqining tarixiy o’tmishi, o’zligi, ma’naviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit konsepsiya yo’q. O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur6, deb haqqoniy ta’kidlagan edi. Biz faqat mustaqillik sharoitida Vatan tarixining dolzarb masalalari to’g’risida xolis gapirish imkoniyatiga ega bo’ldik. Buning uchun Vatan tarixining konsepsiyasini ishlab chiqish taqozo etildi.
Bizningcha, o’zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasi deganda quyidagi tayanch ilmiy g’oyalarga asoslanamiz:

  1. O’zbek xalqi davlatchiligi o’rtoq aholi sun’iy sug’orma dehqonchilik ishlab chiqaruvchi xo’jaligi zaminida bronza asridayoq Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari havzalarida vujudga kela boshlagan. Uning hosilasi sifatida miloddan avval bir ming yillik boshlarida yirik davlat uyushmalari, tizimi sifatida shakllangan;

  2. O’zbek xalqi davlatchiligi qariyb uch ming yildan bo’yon umumjahon tarixi hamda insoniyat jamiyati taraqqiyotining ajralmas qismi bo’lib kelmoqda. Uning turli nomlar bilan atalishi, sulolalarning almashinuvi kabi omillar o’zbek davlatchiligi tarixining bosqichlari bo’lib, uning tarixiy bir butunligini va asosiy mohiyatini o’zgartirmaydi;7

  3. O’zbek xalqi O’zbekistonning azaliy tub aholisi bo’lib, uning antropologik qiyofasida Markaziy Osiyo-Farg’ona antropologik tipi belgilari yetakchidir. O’zbek xalqining tarixi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida barcha qadimiy davrlarda kechgan etnik va madaniy jarayonlar bilan uzviy bog’liqdir;

  4. O’zbekiston hududlari sivilizatsiyasi O’rta Osiyo xalqlari tarixiy-madaniy taraqqiyotining uzviy qismi sifatida ming yillar davomida jahonning ilg’or sivilizatsiyalari bilan har tomonlama aloqada rivojlandi hamda insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishiga, taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko’rsatdi. YAxlit iqtisodiy-madaniy makon bo’lgan Vatanimiz-umumjahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilg’or g’oyalarni yuzaga keltiruvchi, saqlovchi va dunyoga tarqatuvchilik rolini o’ynab kelgan;

  5. Mazkur konsepsiyaning manbashunoslik va tarixshunoslik asosini ko’plab moddiy yodgorlik, ashyoviy dalillar majmui, yozma yodgorlik va jahon tarixi fani erishgan xolisona ilmiy xulosalar tashkil etadi;

  6. O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish jarayonida o’tmishning tarixiy tajribasi, o’zbek xalqining qadimiy davlatchilik an’analari beqiyos ahamiyat kasb etadi. SHundan kelib chiqib, konsepsiyada istiqlol mafkurasi va milliy o’zlikni anglashning ajralmas qismi bo’lgan o’zbek davlatchiligining xolisona, haqqoniy tarixini talaba-yoshlarga o’rgatish, konsepsiyaning asosiy maqsadi bo’lib qoladi.8

Milliy davlatchiligimiz tarixining tarixshunosligi, manbashunosligi haqida fikr yuritsak, adabiyotlar bilan tanishsak, bu borada ham muhim asoslarga ega ekanimizni bilib olamiz. Demoqchimizki, davlatchiligimiz paydo bo’lishi bilan uning faoliyati, idora tartiblari, xususan davlatni boshqarish madaniyati to’g’risida ko’plab asarlar yozilgan. Ular “Avesto”, Behustin, Persopol, Urxun-Enisey, Kultagin v.h. petrografiya kitoblaridir. Bizning davlatchiligimiz masalalari to’g’risida qadimgi YUnon, Rim, Vizantiya. Misr, Xitoy, Fors, Hind mualliflarining asarlarida ham iliq fikrlar bildirilgan. O’rta asrlar sharoitida milliy davlatchiligimiz faoliyatining turli yo’nalishlariga bag’ishlab yuzlab asarlar yozilgan. Masalan, ular Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, YUsuf xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Abul Fayz Boyhaqiyning “Tarixiy Boyhaqiy”, Ahmad Nisoviyning “Sirat as-sulton Jaloliddin Mankbo’rni”, Nizomiddin SHomiy va Ali YAzdiyning “Zafarnoma”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, YUsuf Munshiyning “Tarixiy Muqimxoniy”, Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Abdurahmon Davlatning “Tarixi Abul Fayzxoniy”, Mulla Vafo Karmanagiyning “Tuhfat al-xoniy”, Niyoz Ho’qandiyning “Tarixi SHohruhiy”, Xo’ja Samandar Termiziyning “Dastur ul-Muluk”, Ahmad Donishning “Risola yo muxtasari az tarixi saltanati xonadoni Mang’itiya...” kabilardir. Mazkur asarlar ma’lum bir sulolalar tarixiga bag’ishlangan bo’lsada, albatta davlat boshqaruv tizimi, idora madaniyati, mansabdorning madaniyati to’g’risida falsafiy-huquqiy, fiqhiy ma’lumotlar berilgan.
Bizgacha yetib kelgan ko’plab asarlar davlat boshqaruv ishlarining huquqiy, etik jihatlariga bag’ishlangan. Masalan, Farobiyning “Millat va shaharni boshqarish huquqlari to’g’risida”, Qoraxoniylar saroyida o’ttiz yil xizmat qilgan YUsuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Nizomulmulkning “Dastur al-vuzaro”, Amir Temo’rning “Temur tuzuklari”, Xondamirning “Qonuni Humoyuniy” kabi o’nlab asarlarda podsholar, lashkarboshilar, elchilar, hokimlar kabi mansablar to’g’risida aniq ma’lumotlar berilgan.9
Milliy davlat boshqaruv tizimida Islom qonunshunosligining (fiqh) alohida o’rni bo’lganligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Masalan, Burhoniddin Marg’inoniyning “Hidoya” asari 58 jilddan iborat bo’lib, unda huquqiy, axloqiy normalar, oila va nikohning huquqiy asoslari, davlat va huquq qurilishi, jinoiy javobgarlik, mulkchilikning huquqiy kafolatlari, zakot, taloq, o’g’irlik, jazo, vaqf, sudxo’rlik, qozilar vakolati, guvohlik berish, meros, shaxs dahlsizligi kabi holatlar Qur’oni Karim, Hadisi SHarif me’zonlarida tahlil qilib berilgan. Movarounnahr faqihlari va ularning fiqh maktablari keyinchalik butun SHarq musulmon dunyosiga yoyildi.10
Muhtasar qilib aytganda, o’zbek milliy davlatchiligi tarixi istoriografiyasi deganda mazkur mavzuga bag’ishlangan barcha dunyoviy, ilohiy asarlarni birgalikda, mushtarak tushunmoq to’g’ri bo’ladi. Zero u davrlarda islom omili jamiyat va shaxs ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida o’z ta’sirini o’tkazgan. O’zbek davlatchiligi tarixi istoriografiyasi ham uzoq moziyga borib taqalar ekan. U asarlarning barchasi jamiyatdan, ijtimoiy hayotdan, moddiy-madaniy holatlardan ta’sirlanib yozilgan. Mazkur asarlarnng barchasida davlatning, hukmdorning rahbarlik, yetakchilik, bunyodkorlik kuch-qudrati, mudofaa va tashkilotchilik institutlari imkon, makon, zamon darajasida yoritilgan, mushohada qilingan.
IV. Agar mustabid sovet hukmronligi yillarida qadimgi davlatchilik tarixi umuman yoritilmagan desak xato bo’ladi. CHunki qadimgi Kiyev Rusi, Novgorod, Moskva davlatlari, hatto antik Bulg’or (Volga bo’yi) Urartu (janubiy Kavkaz), Bospor (shimoliy Qora dengiz) va boshqa davlatlar tarixi to’g’risida yuzlab asarlar yaratilgan, hatto ularning mualliflariga davlat mukofotlari berilgan...
Hatto, xorijiy SHarqnng qadimgi Misr, SHummer, Akkad, Bobil (Iroq), Xarappa, Koshala, Magadxa (Hindiston) kabi ko’plab davlatlari tarixi dastlab sovet olimlari (akademiklari M.Turayev, S.Avdeyev) tomonidan o’rganilgan. Ammo Markaziy Osiyoning qadimgi davlatlari tarixi bu “bilimdonlar”, “siyosatchilar” e’tiboridan ataylab chetda qoldirilgan. Garchi, Markaziy Osiyo mintaqasida davlatchilik tizimi bo’lganligi inkor etilmasada, u o’zbek ro’honiyati, mentaliteti, jamiyati, davlat idora instituti sifatida o’rganilmagan. Buning mustabid sovet mafkurasi, siyosati, tarixshunosligi ilmiga xos bir qancha sabablari bor. Ularni O’zbekistonning o’sha kezlardagi hamma tarixchilari ham ilg’ab ololmadilar, ilmiy mushohada, tafakkur qamrovlariga kirita olmadilar, bilganlari esa hadiksirab yashadilar.11
SHunday qilib, birinchidan, o’zbek millati ijtimoiy hayotiga, madaniyati va ma’naviyatiga to’g’ridan-to’g’ri zo’ravonlik, po’pisa bilan yevrotsentrizm g’oyasini tiqishtirish orqali xalqimizning o’tmish tarixidan (madaniyati, ma’naviyati, milliy qadriyatlari, tili, dini v.h.) judo qilish, undan sovo’tish, yiroqlashtirish siyosati bilan bog’liq. Keyingi asrlarda G’arbning SHarqqa nisbatan siyosiy, iqtisodiy, fan-texnika jihatdan o’zib ketishi, g’arb davlatlarining mustamlakachilik siyosati, ularning madaniy-ma’naviy hayotiga ham ta’sir qilmasdan qolmadi. Natijada SHarqqa nisbatan mensimaslik, past nazar bilan qarash, sharqning ijtimoiy hayotda orqada qolganligini pesh qilish psixologiyasi paydo bo’ldi. Bu epidemiya yevropa tarixshunosligini ham homilaladi. Alqissa tarixshunoslik fanida,jumladan, davlatchilik tarixida yevrotsentrizm illati tobora kuchli namoyon bo’la boshladi. Bu xususda juda ko’plab aniq dalillar keltirish mumkin. Masalan, sovet tarixchisi V.Bartold “Evropa maktabining olimi SHarq tarixi bayoniga yevropa ilmi ziyosini olib kirdi... SHarq xalqlari bizning madaniyatimiz ustunligiga shundagina ishonadilarki, qachonki biz ularni o’zlarini bilganlaridan ko’ra yaxshiroq bilishimizga tan bersalar”... “qaram mamlakat tarixini bilishlik ma’murlarga to’g’ridan-to’g’ri amaliy naf beradi”12,-degan fikrlari olimning yevrotsentrizm kasali bilan “og’riganligidan”, mustamlakachi davlatning mafkurachisi ekanligidan darak berib turibdi. Ularda bu “og’riq” hamon saqlanib, huruj qilib kelmoqda.

Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling