1-mavzu. “O`zbek tilining sohada qo`llanishi” fanini o`qitishning maqsad va vazifalari. Reja


Download 108.92 Kb.
bet3/16
Sana05.01.2022
Hajmi108.92 Kb.
#212808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
majmua 1-MAVZU

O‘zbekistonda davlat tilini belgilash munosabati bilan tuzilgan maxsus komissiyaga minglab xatlar oqib kela boshladi. Keng jamoatchilik matbuot sahifalarida, yig‘ilish va ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonda faqat o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini yoqlab chiqdilar, o‘z fikrlarini isbotlash uchun dalillar keltirdilar. Ikki tillilikni yoqlab yuborilgan xatlar ham anchagina bo‘ldi, lekin u butun o‘zbek xalqining talabi bo‘la olmadi.

  • O‘zbekistonda davlat tilini belgilash munosabati bilan tuzilgan maxsus komissiyaga minglab xatlar oqib kela boshladi. Keng jamoatchilik matbuot sahifalarida, yig‘ilish va ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonda faqat o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini yoqlab chiqdilar, o‘z fikrlarini isbotlash uchun dalillar keltirdilar. Ikki tillilikni yoqlab yuborilgan xatlar ham anchagina bo‘ldi, lekin u butun o‘zbek xalqining talabi bo‘la olmadi.
  • Til to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishga davlat hokimiyati organlari jamoatchilik ishtirokida qat`iy bel bog‘ladi. Til to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, u ikki marta xalq muhokamasiga qo‘yildi. “Davlat tili haqida”gi qonun loyihasi Shunday qizg‘in va bahsli muhokama etildiki, hech bir qonun loyihasi bunchalik qizg‘in va faol muhokama etilmagan edi. Qonun loyihasi bo‘yicha ishchi komissiyaga 4,5 mingdan ortiq xatlar tushib, ularga 151 ming kishi imzo chekkan edi. Qonun loyihasi yuzasidan 225 ming taklif ko‘rib chiqilib, ko‘plari inobatga olindi. Va nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilindi. Xalq sobiq mustabid tuzum hukmronligi davrida, “qizil imperiya” sharoitida, “markaz”ning tazyiqi va ta`siri kuchli bo‘lgan bir paytda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi misli ko‘rilmagan jasorat edi. Bu o‘sha davrlarda mustaqillik sari qo‘yilgan dadil qadamlardan bo‘lib, bu borada xalqimizning uzoq yillar orzu qilgan umidlari samarasi bo‘ldi. O‘zbek tili 120 yillik siyosiy bosqindan ozod bo‘lib, o‘zining rivojlanish yo‘liga tushib oldi.

Download 108.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling