2-ilova - 2-ilova
- O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi kursining vazifasi – mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to`liq va to`g`ri foydalanishga erishishni ta`minlash; egallanayotgan soha bo`yicha nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalarni o`zbek tilining yozma va og`zaki nutqi me`yor va qoidalari asosida mukammal o`zlashtirishga va ularga nisbatan shaxsiy munosabatni o`zbek tili adabiy normalariga muvofiq holdaifodalashga erishishni ta`minlashdan iborat.
3-ilova “Insert usuli” - Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o’qib-o’rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o’qib chiqib, “V; +; -; ? ” belgilari orqali o’z fikrini ifodalaydi.
- (V) – men bilgan narsani tasdiqlayman.
- (+) – yangi ma’lumot.
- (-) – men bilgan narsaga zid.
- (?) – meni o’ylantirdi. Bu borada menga qo’shimcha ma’lumot zarur.
Nazorat savollari: - 1. Kursning maqsadi nima?
- 2. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi kursining vazifalari nimalardan iborat?
- 3. Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi.
- 4. Kursning qanday ahamiyati bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |