Tilshunoslik asoslari


Download 24.19 Kb.
Sana09.05.2020
Hajmi24.19 Kb.
#104494
Bog'liq
Nureddinova Royya 1-amaliy mashg'ulot


1-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: “Tilshunoslik asoslari” fani, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati. Tilning mohiyati. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
I-bosqich. 1) Tilshunoslik asoslari fanining maqsadi quyidagilardan iborat: tilshunoslik fanining asosiy masalalarini, tilning qachon paydo bo’lishi davrini, til tarifi borasidagi muhim jihatlarini o’rganishdan tashkil topgan.
2)Tilshunoslik til haqidagi mustaqil va aniq fan bo’lib, tilning, kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosida o’rganadi. Tilshunoslik asoslari kursi til haqidagi fanlarning asosiy masalalarini o’rganadi, shu bois, bunday bilimlarga ega bo’lmasdan uning ayrim bo’limlarini to’liq tasavvur qilish mumkin emas. Tilshunoslik tilning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishini tillarning ish ko’rish qonunlari va tarixiy taraqqiyotini o’rganadi.
3) Til - fikrni ifodalash, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Til – tafakkurning borliq shaklidir. Til fikrni reallashtiradi, kishining fikr almashishiga imkon tug’diradi. Til aloqa materiali, uni xalq, millat yaratadi, til barqaror, turg’un hisoblanib, hajmi noaniq bo’ladi.
4) Tilshunoslik (lingvistika) – til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari va tilning tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan hisoblanadi.
5) Tilning turli qirralarini uzviy tarzda birlashtirib, uni bir butunlik bir sistema sifatida o’rganuvchi tilshunoslik asrimizning 20-yillarida sistem-struktur tilshunoslik nomi bilan mashhur bo’ldi. Ferdinand de Sossyur asos solgan tilshunoslik bo’limida o’nlab yangi lingvistik oqim va maktab vujudga keldi. Bu sohada ulkan zamonaviy yutuqlar qo’lga kiritildi.
6) Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida tushuncham shundan iboratki, tilshunoslikning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan bog’liq sohalarini ham bir qancha o’rganuvchi tilshunoslikning bo’limi mavjud bo’lib, bu sohani biz sotsiolingvistika deb ataymiz. Sotsiollingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) – tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik, hayotiyliik, me’yoriylik, hududiylik kabi qator mezonlarga amal qiladi.
II- bosqich. 1) Tilshunoslik fanining predmeti, tilning tabiati va mohiyatini har xil tushuninsh natijasida naturalizm, psixologizm, logisizm, sotsiologizm, strukturalizm ilmiy maktablar va oqimlar vujudga kelgan. Qadimdan boshlab tilshunoslik fanining predmeti o’rganish manbai sanaladi.
2) Til bilan nutqning farqlanishini shveytsariyalik olim Ferdinand de Sossyur yaxshigina tariflab bergan. Olim til, nutq va nutq faoliyatini farqlaydi. Uning fikricha, til – bu grammatika tizim va lug’at tarkibidir. Til bilan nutq sotsial va individual xususiyatlarga ko’ra farqlanadi.

- Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shaklidir;

-tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yasaydi;

-tilning hayoti xalqning hayotiga bog’liq uzoq bo’ladi, nutqning hayoti esa qisqa;

-til nisbatan turg’un, barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa sanaladi;

-tilning hajmi noaninq, nutqning hajmi aniq: diolog, monolog, matn shaklda bo’lishi mumkun.

Til va nutqning asosiy farqi – til ijtimoiy, nutq esa individual hodisadir.
3) Tilshunoslik fanining o’zida ham tilning yagona ta’rifi yo’q. Tilning ta’rifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng muhim masalardan biri bo’lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo’lmoqda.
4) XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi.
5)Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim Ferdinand de Sossyur (1857-1913)
6) Tilshunoslikning quyidagi bo’limlari mavjud:

Fonetika – nutq tovushlarining artikulatsion, akustik xususiyatini, bo’gin, urg’u, ohang va fonetik hodisalarni o’rganadi.

Fonologiya – fonema, fonemalar tasnifi va ular o’rtasidagi munosabat masalalarini o’rganadi.

Grafika – yozuv turlati, birliklari, alifbo, harf, tovush va harf munosabatlarini o’rganadi.


7) Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi. Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo’lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir. Odamlar til vositasida o’z fikrlarini his-tuyg’ularini ifodalaydilar. Insoniyat jamiyatning shakllanishida tilning roli beqiyosdir. Til paydo bo’lgandan keyin jamiyat tez rivojlana boshlagan.Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
8) O’lik til – hozirgi davrda hech bir xalq uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qilmayotgan, lekin qoldirlari bizgacha etib kelgan tillardir.
10) Tilshunoslik nazariyasi bu - tilning ijtimoiy tabiati, vazifasi ichki tuzilishini tillarning, ish ko’rish qonunlari va tarixiy taraqqiyotini o’rganadi.
11) Umumiy tilshunoslik bu – tilni umuman insonga xoos hodisa sifatida o’rganuvchi yo’nalish, dunyo tillariga xos umumiy belgi – xususiyatlarni o’rganadi.



12) Xususiy tilshunoslik bu – ma’lum bir tilning belgi – xususiyatlarini o’rganuvchi soha.
13) “Tilshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

- talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tilshunoslik fani bo‘yicha olgan bilimlarini nazariy hamda amaliy jihatdan boyitish;

- til va jamiyat, tilning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, tilshunoslik fani, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, predmeti va sohalari, tarmoqlari, fanlar tizimidagi o‘rni haqida tushunchalar berish;

- tilning fonetik-fonologik, leksik, grammatik sathiga oid nazariy-amaliy masalalar yuzasidan bilmlar berish;

- dunyo tillari, til olamining o‘zaro hamkorligi, tillar taraqqiyoti, tillar tasnifi, til oilalari haqida ma’lumot berish;

- talabalarni tilshunoslik fani bo‘yicha keyingi kurslarda o‘qitiladigan fanlarga nazariy jihatdan tayyorlash.


14) Proto til – bir oilani tashkil qiluvchi, genetik jihatdan oʻzaro boglits tillar kelib chiqqan qadimiy til. Mac, turkiy tillar, xususan oʻzbek tili tarixi oltoy proto tilidan boshlanadi. Manbalarda koʻrsatilishicha, oltoy proto tili ilk bor tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻng turkmoʻgʻul tili oʻz navbatida turk va moʻgʻul tillariga ajralgan va hokazo. Shuningdek lotin tili roman tillar, yaʼni fransuz, italyan, ispan, rumin va boshqa tillar uchun proto til hisoblanadi.
15) “Yosh grammatikachlar”, Praga strukturalizmi, Kapengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi.
III- bosqich. 1)topshiriq


Tushunchalar

U qanday ma’noni anglatadi?

Vazifasi

Fonetika

yunoncha “phonetikos”- tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli

tilning tovush tomonini o’rganadigan bo’lim nomi

Morfologiya

yun. “morphe” -shakl va “logiya” – o’rganaman)1) tilning morfologik qurilishi; 2) soʻz shakllari haqidagi taʼlimot

1- maʼnosida obʼyektni anglatsa, 2- maʼnosida tilshunoslikning shu obʼyektni oʻrganuvchi boʻlimini bildiradi. So’z turkumlari va ularning xususiyatlarini o’rganadi

Sintaksis

yun. “syntaxis” -tuzilma, tartib, birikma

grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi

Punktuatsiya

lot. “punctum” –nuqta, kichkina dogʻ

tinish belgilarini to’g’ri qo’llash qoidalarini o’rganadigan bo’lim

Orfografiya

orfografiya=imlo. arab -toʻgʻri yozish

to’g’ri yozishning qonun- qoidalarini o’rganadigan bo’lim

Orfoepiya

yun. “orto” – to’g’ri “epos” - nutq, talaffuz

nutq tovushlari va so’zlarni to’g’ri aytish qoidalarini o’rganadigan til bo’limi

Grafika

yun. “yogargnke”, “yogarpo” -yozaman, chizaman

tilshunoslikning harflar va tovushlar (grafemalar va fonemalar) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni oʻrganuvchi boʻlimi.

Stilistika

yun. “stylos” -yozuv, xat tayokchasi

uslubshunoslik, uslubiyat -tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funksional qatlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi bo’lim

Dialektologiya

yun. “dialektos”- suhbat, gap, so’z birikmasi; “logos” o’rganaman

tilning mavjud lahjalari, shevalarini oʻrganadi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni, milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanadi

2) Turkiy tillar , bu - hozirgi va qadimgi turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, OʻzbekistonTurkiyaOzarbayjonQozogʻistonQirgʻizistonTurkmanistonXXRAfgʻonistonEronTojikistonda,shu davlatlar bilan bir qatorda BolgariyaRuminiyaUkrainaGermaniyaKiprShimoliy MakedoniyaAlbaniyaAQShSaudiya Arabistoni va boshqa bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq.

Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va qolgan barcha turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi.

Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 30 ga yaqin til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan.

Turkiy tillar oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hozirgi oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farqlab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun ham chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalqlar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi.

Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi.
4) “Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur... Ma’muraning kanorasida voqe bo‘libtur... Samarqand shahri ajab orosta shahredur, bu shahrda bir xususiyati borkim, o‘zga kam shahrda andog‘ bo‘lg‘ay. Har hirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emastur, tavr rasmedur. Xo‘b nonvoliqlari va oshpazliqlari bordur. Olamda yaxshi kog‘az Samarqanddin chiqar.”

Ushbu parcha “Boburnoma” asaridan olingan. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/19 - 1530).



Hozirda o’zbek adabiy tilida qo’llanilmaydigan so’zlar va qo’shimchalar: rub’i, maskun, shahr, -dur, kanora, voqe, -tur, -kim, andog‘, bo‘lg‘ay, hirfagar, maxlut, tavr, rasmedur, nonvoliq, kog‘az, -din.
Download 24.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling