1-mavzu: “O‘zbekiston iqtisodiyoti” fanining mazmuni va predmeti
O‘zbekiston iqtisodiyot” fanining mohiyati.
“O‘zbekiston iqtisodiyoti” kursini o‘qitish va o‘rganishdan maqsad : milliy iqtisodiyot tizimi shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishining nazariy, metodologik va tashkiliy asoslari, xo‘jalik tizimlari rivojlanish qonuniyatlari va mexanizmlari to‘g‘risidagi bilimlarni, milliy iqtisodiyot tarkibi va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish va davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari to‘g‘risida, shuningdek milliy iqtisodiyot rivojlanishida sodir bo‘layotgan salbiy jarayonlarni aniqlash va ularni oldindan ko‘ra bilish hamda ushbu vaziyatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bu fan iqtisodiy hayotidagi eng keng tarqalgan hodisalarning kelib chiqish sabablari va bilimlarini tushunish imkonini beradi masalan, xuddi shu inflyatsiya yoki devalvatsiya, ularning paydo bo‘lishini taxmin qilish shu bilan o‘zingizni nomaqbul hodisalar boshlanishidan himoya qilish (ish yo‘qotish, biznes bankrotligi, bank depozitlari qadrsizlanishi, real daromadning pasayishi, qashshoqlik chegarasidan pastga tushish va boshqalar. Boshqa tomondan, bu vaziyatlardan ximoyalanish bo‘yicha to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishga, pul va vaqtni eng katta daromad keltira oladigan aktivlarga sarflashga, olingan daromadlarni eng maqbul usulda sarflashga va boshqalarga yordam beradi. Bularning barchasi, oxir-oqibat, odamga eng kam harakat bilan eng yaxshi natijaga erishishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |