Bilimlarni taqdim etish modellari reja: Bilimlarni taqdim etish modellari


Download 0.71 Mb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1442467
  1   2   3   4

BILIMLARNI TAQDIM ETISH MODELLARI

Reja:

1. Bilimlarni taqdim etish modellari.

2. Semantik tarmoqlar.

3. Freymli modellar va ularda boshqarish.

4. Mantiq predikatlari yordamida bilimlarni tasvirlash.

5. Mahsuliy(Produksion) tizimlar.

6. Bilimlarni taqdim etishning formal modellari..

Bilimlarni taqdim etishning ikki turi mavjud:

  • Bilimlarni taqdim etishning formal modellari.
  • 2. Bilimlarni taqdim etishning formal bo’lmagan(semantik, relyasion) modellari.

Ma’lumki, yuqorida ko’rilgan bilimlarni taqdim etishning barcha usullari mahsuliy(produksion) bilan birga formal bo’lmagan modellarga kiradi. Qat’iy matematik nazariyaga asoslangan formal modellardan farqli ravishda, formal bo’lmagan modellar bunday nazariyaga asoslanmaydi. Har bir formal bo’lmagan model faqat aniq bir predmet soha uchun yaroqli bo’ladi va shuning uchun formal modellarga xos bo’lgan universallikka ega emas. SI tizimlaridagi asosiy operasiya - mantiqiy xulosa - formal tizimlarda qat’iy va to’g’ri, chunki qat’iy aksiomatik qoidalarga bo’ysunadi. Formal bo’lmagan tizimlarda xulosa chiqarish ko’p hollarda uni to’g’riligiga javob beradigan tadqiqotchi tomonidan aniqlanadi. Bilimlarni taqdim etishning har bir usuliga bilimlarni tavsiflashning o’ziga xos usuli mos keladi.

2. Semantik tarmoqlar.

Bu turdagi model asosida ilgari semantik to’r deb nomlangan konstruksiya yotadi. To’rli modellarni formal tarzda quyidagi ko’rinishda berish mumkin: H=. Bu yerda I axborot birliklar to’plami; C1, C2, …, Cn - axborot birliklar orasidagi bog’lanish turlari to’plami. G tasvir berilgan bog’lanish turlari to’plamidan I ga kiradigan axborot birliklar orasidagi bog’lanishlarni beradi. Modellarda ishlatiladigan bog’lanishlarning turlariga bog’liq holda sinflashtiruvchi to’rlar, funksional to’rlar va ssenariylar farqlanadi. Sinflashtiruvchi to’rlarda strukturalashtirish munosabati qo’llaniladi. Bunday to’rlar bilimlar bazasida axborot birliklar o’rtasida turli xil iyerarxik munosabatlarni kiritishga imkon beradi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling