1-mavzu: Oʻzbekiston respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari reja
Birinchisi – birlamchi tibbiyot boʻgʻinini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish; Ikkinchisi
Download 104.38 Kb.
|
1 mavzu ma’ruzalar ma’tni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchisi
- 2. Davlatimizda yuqori sifatli kadrlar tayyorlash, ularning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy ongini, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish vazifalari
- 2020 yil 23 sentyabrь kuni Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi OʻRQ-637-son qonuni
Birinchisi – birlamchi tibbiyot boʻgʻinini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish;
Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash; Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qogʻozbozlik, byurokratiya va korruptsiyani keskin qisqartirish; Toʻrtinchisi – tibbiyotning barcha yoʻnalishlarida raqobatni rivojlantirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish; Beshinchisi – tibbiyot xodimlari bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish. Xulosa qilib aytganda, soʻnggi yillarda sohada oʻz vaqtida amalga oshirilgan islohotlar bugungi butun dunyo tibbiyot tizimini sinovdan oʻtkazayotgan pandemiya davrida oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatmoqda. Bugun bu kabi yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan soha taraqqiyotini ta’minlash borasida tizimda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida amaliyotga joriy etilishini nazorat qilish orqali yurtdoshlarimizning tibbiy xizmatga boʻlgan talabini toʻlaqonli ta’minlash zarur. Zero, tibbiyot sohasida «Aqlli tibbiyot» tizimini shakllantirish, tibbiyot sohasiga zamonaviy AKTlarni keng joriy etish, aholini xavfsiz dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, ushbu yoʻnalishda deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish boʻyicha ta’sirchan qonunchilik mexanizmlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilishni ustuvor vazifa sifatida belgilab olgan. 2. Davlatimizda yuqori sifatli kadrlar tayyorlash, ularning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy ongini, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish vazifalari Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, yuqori sifatli kadrlar tayyorlash davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2020 yil 23 sentyabrь kuni Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi OʻRQ-637-son qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun bilan ta’lim sohasidagi asosiy printsiplar belgilangan boʻlib, ular asosan ta’lim ustuvorligining tan olinishi; ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta’lim sohasida kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmasligi; ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; oʻn bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni bir yil davomida umumiy oʻrta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; oʻquv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi hisoblanadi. Qonunda ta’limning maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta’lim kabi turlari bayon etilgan. Yuqorida qayd qilingan ta’lim turlaridan biri kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdir. Mazkur qonun bilan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishini tartibga soluvchi bir qator qoidalar belgilangan. Jumladan, kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi. Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va oʻziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonundan tubdan farq qiladi. Ushbu qonunning oʻziga xos xususiyatlari ta’lim sohasiga bir qator yangiliklar kiritilganligida namoyon boʻladi. Jumladan, unda belgilangan masofaviy ta’lim haqidagi qoidalar oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Shuningdek, qonunda dual ta’limga oid qoidalar belgilanib, u ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni olishga qaratilgan boʻlib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda, katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish haqida qoidalarda katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish bu butun umr davomida oʻqitishning markaziy tarkibiy qismi boʻlib, ta’lim berish hamda oʻqitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini oʻz ichiga olishi, shuningdek rasmiy, norasmiy va informal oʻqitish jarayonlarining butun majmuini qamrab olishi bayon etilgan. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta’lim toʻgʻrisidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga boʻlgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etadi. Xulosa sifatida e’tirof etish joizki, «Ta’lim toʻgʻrisida»gi mazkur qonun ta’lim sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga va davlatimiz sohalarini faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan yoshlar bilan toʻldirib borishda oʻzining munosib xissasini qoʻshadi. Hozirgi davrga kelib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyatining qurilganligi, mazkur jamiyat siyosiy instituti sifatida huquqiy davlat bunyod etilganligi, bu kabi jamiyat va davlatlar muhitida inson va uning faoliyati uchun erkinlik yaratilishi, inson huquqlarini himoyalashning miqyosi nihoyatda keng ekanligi kabi omillar demokratiya qurish yoʻlidan ketayotgan davlatlarni qiziqtirmoqda. Shuning uchun ham oʻtish davrida yashayotgan mamlakatlar siyosiy elitasi fuqarolik jamiyatini nafaqat ijtimoiy modelь sifatida, balki uni ta’lim tizimiga joriy etish asnosida yosh avlodni shakllantirish omili sifatida ham e’tirof etmoqda. Oʻzbekiston davlati mustaqillikka erishganidan keyin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mustaqil fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, inson manfaatlarini qondirish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish orqali barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga va adolat printslarini amal qilishiga erishish kabi ezguliklarga asoslanadigan muhitni yaratish uchun fuqarolik jamiyati qurishni asosiy strategik maqsad sifatida e’lon qildi. Shuning uchun ham birinchi Prezident I.A. Karimov mustaqillikning ilk davridayoq «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va oʻzgarmas boʻlib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat» degan gʻoyani ilgari surgan edi. 2016 yilning soʻnggi choragidadan boshlab mamlakatimizga davlat rahbari sifatida oʻz faoliyatini boshlagan Sh.M. Mirziyoyev mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlanishi uchun muhim kuch-qudrat manbai – «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan gʻoyani ilgari surishi, unga monand boʻlgan huquqiy asoslar va jiddiy oʻzgarishlarni amalga oshirishi natijasida Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari avj oldi, unga nisbatan xalqimizning ishonchi yuksala boshladi. U Prezidentlikni bajarish uchun kirishgan dastlabki kundayoq quyidagi kontseptual gʻoyani ilgari surdi: «Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, Oʻzbekistonning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda». «Fuqarolik jamiyati» tushunchasi – insoniyatning bir necha asrlar mobaynida shakllangan tafakkurlash mahsuli boʻlib, u inson huquqlari va erkinliklarining ta’min darajasining naqadar yuksalganligi darajasi mezoni sifatida namoyon boʻldi. Fuqarolik jamiyatining poydevori va asoslarini yaratish uchun u haqdagi gʻoyalarning genezisini va rivojlanishini bilishga zarurat tugʻiladi. Fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun uning asoslari (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilishi lozim. Fuqarolik jamiyatining asoslari quyidagilardan iborat: Download 104.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling