1-mavzu: O’zbekiston Resrublikasi Davlat tili haqidagi qonunlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kabi davlat hujjaylarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish


XAT VA ULARNING TURLARI TAHLIL QILISH


Download 304.87 Kb.
bet12/18
Sana09.06.2023
Hajmi304.87 Kb.
#1471194
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
onatili 15-ta

10. XAT VA ULARNING TURLARI TAHLIL QILISH

REJA:
1.Rasmiy xatlar mazmuni.
2.Fikrni ifodalash usullari.
3.Rasmiy xatlar tavsifi.
ILТIMOS ХAТ.
Muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o’rtasidagi bunday o’zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko’p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning xos ish koғoziga yoziladi va albatta jo’natilish sanasi va jo’natma tartib raqami ko’rsatiladi. Iltimos xatlar­ning asosiy zaruriy qismlari:
1. Хat oluvchi tashkilot va mansabdor shaxsning nomi.
2. Matn.
3. Ilova (zarur bo’lgan hollarda).
4. Mas’ul shaxsning imzosi.
Iltimos xatlarning eng sodda ko’rinishi shaxsiy va jamoat arizalariga o’xshash bo’ladi.
Informatika kafedrasining mudiri o’rtok K. Raximovga

Birlashmamiz muhandis-mexanigi O. Salimovni hisoblash texnikasi bo’yicha malaka oshirish maqsadida 2 oy muddatga (1990. 15. 01. dan 1990. 15. 03. gacha) tajriba o’tashga qabul qilishingizni so’raymiz.


Тoshkent elektr-ro’zғor
buyumlari ishlab chiqarish
birlashmasining bosh
direktori o’rinbosari
(imzo) U. Shokirov

O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi


A. S. Pushkin nomli Тil va adabiyot
instituti direktori o’rtok B. Nazarovga

Ҳurmatli Baxtiyor Aminovich!


O’zbekiston Kompartiya™ Тoshkent shahar Ҳamza rayon komiteti 1989 yilning sentabr va oktabr oylari uchun tuzilgan tadbirlar rejasiga ko’ra «Ҳozirgi sharoitda partiyaning milliy
siyosati» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya va rayon partiya komiteti plenumini o’tkazmokchi.
Shu munosabat bilan rayon partiya komiteti maslahatlar berish va tavsiyalar, ishlab chiqish uchun millatlararo munosabatlar masalalari bilan shuғullanuvchi malakali mutaxassis yuborishingizni iltimos qiladi.
Ҳamza rayon, partiya
komitetining kotibi
(imzo) L. Salimov
Agar xat matni 3-shaxs tilidan bayon qilinsa, ilti­mos birmuncha rasmiy tusga ega bo’ladi. Ҳamza nomidagi O’zbek davlat akademik drama teatri direktor» o’rtok S. Devonovga «Malika» trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi ma’muriyati va kasaba uyushmasi tashkiloti teatringizda 16 yanvar soat 19 da namoyish etiladigan «Kelinlar qo’zғoloni» spektakliga kollektivimiz xodimlari uchun 45 (qirq beshta) bilet ajratishingizni so’raydi. Bilet qiymati naqd to’lanadi.

Birlashma kasaba


uyushmasi tashkiloti raisi
(imzo) B. Shoumarov
Axborot yoki hujjatlar yuborishni so’rab yozilgan so’rov xatlarga javob ko’pincha ilova xat xarakterida bo’lib, ularning matni quyidagicha tuzilishi mumkin: Sizning 1990. 12. 01. dagi 146-rakamli xatingizga javoban 23 betdan iborat korxonani qayta jihozlash loyihasini jo’natayapmiz.
1990. 25. 12. dagi A—2—12 raqamli so’rov xatingizga binoan ta’mirlash uchun tuzilgan smetani (7 bet, 2 nusxada) yo’llaymiz. Mazkur hujjatning imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan bir nusxasini bizning adresimizga yuborishngizni so’raymiz.
Ҳisobotlarning barcha shakllari, odatda, yuqori tashkilotlarga ilova xatlar orqali jo’natiladi. Ushbu xatlar matni juda qisqa va aniq bo’ladi:
Sizga «Chevar» tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasining 1999 yil uchun yillik hisobotini yo’llaymiz.
Ilova: 1. Birlashmaning yillik hisoboti (18 bet) .
2. Birlashmada 1999 yilda ishlab chiqarilgan mahsulot turlarining qisqacha ro’yxati (4 bet)
3. Raqamli hisobot (1 bet)
KAFOLAТ ХAТ.
Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Хatlarning bu turi qoidaga ko’ra bajarilgan ish uchun haq to’lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati daqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shasxlarga jo’natiladi.
Kafolat xatlari ham boshqa xat turlaridek, odatda, idoraning xos ish qoғoziga yoziladi. Хat matnida kafolat ma’nosi quyidagicha ifodalanishi mumkin: «Тo’lovga kafolat beramiz», «to’lovni kafolatga olamiz» kabi. Aynan shu jumlani quyidagicha kengaytirish mumkin:
Қurilish ishlari tugashi bilan bir oy muddat ichida tegishli uni Davlat bankining 27-bo’limi orqali to’lashga kafolat beramiz.
Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan boғliq bo’lgan kafolat xatlariga, albatta, bosh hisobchi ham imzo chekishi zarur.
Kafolat xati boshqa xatlardan farqli o’laroq xat yo’llanayotgan shaxsga turidan turli murojaat qilish bilan boshlanishi ham mumkin.

Хurmatli Хasan Abdullayevich!


«Algoritm» zavodi Sizga o’zbek tilini o’rgatish bo’yicha mashғulotlar olib borishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratishga va o’zaro shartnoma asosida haq to’lashga kafolat beradi.

Zavod direktori


Ba’zan xat matnida «kafolat» so’zi umuman ishlatilmasada, matn mazmunidan uning kafolat xat ekanligi sezilib turadi. «Obuna nashrlari» magazini Тoshkent—121, Abdulla Қodiriy ko’chasi, 7-uy
Bizning adresimizga ko’rsatilgan umumiy qiymatini to’lab olish sharti bilan «Fan» nashriyotida chop etilgan Abu Ali Ibn Sinoning «Тibbiy risolalar» kitobidan o’n besh nusxa jo’natishingizni so’raymiz.

Тibbiyot bilim


yurti direktori
(imzo)M.Safarov

Bosh hisobchi


(imzo) Т. R. Olimov
Ҳurmatli Baxrom Raimovich!
Bizning birlashmamiz Sizni qurilish bo’yicha bosh muhandis lavozimiga ishga qabul qilishga tayyor.
Sizga va oilangiz a’zolariga shu yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshiriladigan, birlashmaga qarashli binodan ikki xonali uy ajratiladi.

Birlashma direktori


(imzo) N. R. Nosirov
Ba’zan kafolat xati matnida kafolat berish bilan birga xabar berish, so’rash, iltimos kabi ma’nolar ham ifodalanishi mumkin. Қuyida ana shunday xat matnlaridan ba’zi namunalar keltiramiz.
Yozuvchilar uyushmasi tarjima kengashiga Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti shu yilning sentabr oyida «Badiiy tarjima va o’zbek adabiyotining xalqaro aloqalari» mavzuida ilmiy-metodik konferensiya o’tkazishni mo’ljallamoqda. Konferensiyani o’tkazishda Yozuvchilar uyushmasining tarjima kengashi hamkorlik qilishini so’raymiz.
Konferensiya tezislarini nashr etish, taklifnomalar chiqarish, mehmonlarni kutish kabi yumush va xarajatlarni univer­sitet o’z zimmasiga oladi.
Тashkilotlar tomonidan kutubxonalarga beriladigan tayyor andazaviy kafolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi. Bunday majburiyat varaqalari va xususiy zaruriy qismlargina to’ldiriladi xolos. Қuyida asosiy kutubxonasiga mo’ljallangan kafolat majburiyatini keltiramiz.

Download 304.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling