Bosh hisobchi: Xudoyarov N
Download 142.05 Kb.
|
Хисобот БХ 119 lotin1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISIYOT VA SERVIS INSTITUTI BUXGALTERIYA HISOBI KAFEDRASI 5230900 «Buxgalteriya hisobi va audit» o’quv yo’nalishi bo’yicha 4-kurs BH119- guruh talabasi Sadullayev Xujabekning. (talabaning familyasi, ismi va sharifi) MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA HISOBOTI «SAM XISOB MARKAZ» XK ----(amaliyot bazasining nomi) Institutdan amaliyot rahbari: Eshonqulov A. Korxonadan amaliyot raxbari: Bosh hisobchi: Xudoyarov N. Samarqand-2023 MUNDARIJA KIRISH ..…………………………………………………....…………..…………3 1. Korxonaning xuquqiy maqomi,ta’sis xujjatlari va tashkiliy tuzilishi...................5 2. «SAM XISOB MARKAZ» XK ning oxirgi uch yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari taxlili va rivojlanishi......................................................7 3.«SAM XISOB MARKAZ» XK ning buxgalteriyasi to‘g‘risidagi Nizomning tashkiliy shakli, tuzilishi va funksional majburiyatlarning taqsimlanishi..............................................................................................................8 4. Korxonaning hisob siyosati, qoidalari, tamoyillari va yondashish xususiyatlari ………….….......…...................................................................................................9 5. «SAM XISOB MARKAZ» XK ning ichki nazorat organlari, ichki auditorlik xizmatini tashkil etish holati va uning funksiyalari...................12 6. «SAM XISOB MARKAZ» XK ning aktivlari, xususiy kapital va majburiyatlari, xo‘jalik faoliyati natijalari hisobini ichki va tashqi auditdan o‘tkazish tartibi.......................................................................................................................13 7. «SAM XISOB MARKAZ» XK da asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar investitsiyalar, tovar moddiy zaxiralar (TMZ), Pul mablag‘lari xisobi…………………………………………………………...……....................18 8. «SAM XISOB MARKAZ» XK da Xodimlar bilan hisob-kitoblar, Olinadigan va to‘lanadigan schyotlar hisobi va auditi... ……………………...……………..23 9.«SAM XISOB MARKAZ» XK da Xusisiy Kapital xisobi…………………......25 10. Daromadlar hisobi…………………………………………………………….26 11. Xarajatlar xisobi………………………………………………………………29 12. Moliyaviy hisobotlarni tuzish hisobi va auditi………………………………..29 13. Audit natijalari bo`yicha auditorlik xisoboti va xulosasini tuzish tartibi……..33 Xulosa......................................................................................................................35 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………..36 KIRISH O‘zbekiston Respublikasining bosh maqsadi keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirishdir. Bunday sharoitda korxona mablag‘larini ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonida moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish, boshqarish va rahbarlik qilish uchun juda muhim hisoblanadi. Korxona faoliyatining barcha jarayonlarini uzluksiz kuzatib borish zarur. Korxona xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan ayrim hodisalarni kuzatish, o‘lchash va ro‘yxat qilish uning faoliyatini miqdorlarda aks ettirishdan iboratdir. Bu hisobotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunday yetuk kadrlarni tayyorlash bir qancha omillardan iboratdir. Shulardan biri bu nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, rivojlantirish va ularni ishlab chiqarishda bevosita jalb qilishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq biz ham joriy yilning 09 – yanvaridan 08- apreliga qadar Xk shaklidagi «Sam xisob markaz» korxonasida bitiruv oldi amaliyotni o‘tadik. Malakaviy amaliyot natijasida qilingan ishlar, o‘rganilgan tajriba va ko‘nikmalarni ushbu hisobotda umumlashtirdik. Hisobotni yozishdan maqsad – malakaviy amaliyot natijalarini umumlashtirish, amaliyot davrida o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib hisobot quytidagi masalalarni hal etishga qaratilgan: Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi, buxgalteriya hisobining usul va uslublari hamda korxonalarda hisob siyosatining asosiy parametrlarini ochib berish; Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobining ob’ektlari hisoblangan aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar, xo‘jalik faoliyati natijalari ko‘rsatkichlarining tahlil qilish; korxonada audit ob’ektlarining auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini o‘rganish va ularning korxonaga tadbiq qilinishini tahlil qilish; korxona ichki nazoratining holatini o‘rganish; Amaliyot natijalari bo`yicha korxonada aniqlangan kamchiliklar va hisob tizimini yaxshilash yuzasidan o’z tavsiyalarini berish. Bitiruv oldi amaliyotning maqsadi –mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarni yanada mustahkamlash, ularni amaliyotga tadbiq qilish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Malakaviy amaliyot ob’ekti bo‘lib Samarqand viloyati Samarqand shahridagi « Sam xisob markaz » Xususiy korxonasi hisoblanadi. Amaliyot sub’ekti esa « Sam xisob markaz » XK ning buxgalteriya va moliya bo‘limi hisoblanadi. Amaliyot o‘tash davrida korxonada buxgalteriya hisobining tashkil etilishi va yuritilishi hamda xo‘jalik operatsiyalarining hujjatlashtirilishi kabi bir qator masalalarni o‘rganishga erishdik. Hisobot kirish, asosiy (tahliliy) qism, xulosa va ilovalardan tashkil topgan bo`lib, uning jami hajmi 38 betni tashkil qiladi. Download 142.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling