Bosh hisobchi: Xudoyarov N
Korxonaning hisob siyosati, qoidalari, tamoyillari va yondashish xususiyatlari
Download 142.05 Kb.
|
Хисобот БХ 119 lotin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- "SAM XISOB MARKAZ" XK
4. Korxonaning hisob siyosati, qoidalari, tamoyillari va yondashish xususiyatlari
"SAM XISOB MARKAZ" XK ning 2017-2022-yillarga muljallangan xisob siyosati O‘zbekiston Respublikasi konunchiligiga asoslanib, jumladan: - O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni; - O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Xisobining Milliy standartlari; - Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiklangan « Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom; - va boshka me’yoriy xuquqiy xujjatlar asosida yuritiladi. "SAM XISOB MARKAZ" XK ham o‘zining hisob siyosatini ishlab chiqqan. Hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida ma’lum shakl va tarkibga ega bo‘lishi kerak. 1-son BHMSning 96-punktiga muvofiq hisob siyosatida qo‘yidagi tarkibiy elementlar o‘z aksini albatta topishi lozim: Korxona aktivlarini baholash turlari va usullari; Amortizatsiyani hisoblash usullari; Rezervlarni tashkil qilish; Tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari; Tadqiqot va rivojlanishga sarflangan xarajatlarni tan olish va hisobga olish; Tannarxni kalkulyasiya qilishning usullari; Moliyaviy hisobotni konsolidatsiya qilish tartibi; Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzish usullari; Buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi. Ishchi schetlari rejasi korxona hisob siyosatining muhim tarkibiy elementi sifatida rahbar tomonidan tasdiqlanadi va qo‘llaniladi. Tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda turli baholash usullari qo‘llaniladi. Ularning asosiy sirasiga FIFO, LIFO va AVEKO usullari kiradi. "SAM XISOB MARKAZ" XK o‘zining hisob siyosatiga ko‘ra tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda FIFO usulidan foydalanadi. FIFO - bu kirim qilingan tovar-moddiy boyliklarni ularning kirim ketma-ketligida hisobdan chiqarish usuli, ya’ni ushbu usulda birinchi kirim qilingan tovar-moddiy boylik birinchi chiqim qilinishidir. "SAM XISOB MARKAZ" XK 21-BHMSda belgilangan schetlar rejasidan foydalaniladi va qushimcha tarzda quyidagi schyotlar (ishchi schyotlar) kiritilgan: 0120 – Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar 0130 – Mashina va asbob-uskunalar 0160 – Transport vositalari 0230 – Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi 0810 – Tugallanmagan qurilish 1010 – Xom-ashyo va materiallar 1050 – Qurilish materiallari 2010 – Asosiy ishlab chiqarish 2810 – Ombordagi tayyor mahsulotlar 2910 – Ombordagi tovarlar 2980 – Savdo ustamasi 4410 – Daromad solig‘i (bo‘nak to‘lovi) 4411 – YAgona soliq to‘lovi (bo‘nak to‘lovi) 4412 – Qo‘shilgan qiymat solig‘i (NDS) (bo‘nak to‘lovi) 4521 – Byudjetdan tashqari fondga o‘tkazmalar (bo‘nak to‘lovi) 4524 – YAgona ijtimoiy to‘lov (bo‘nak to‘lovi) 4530 –INPSga o‘tkazmalar (bo‘nak to‘lovi) 4890 – Boshqa debitorlar qarzlari 5110 – Hisob-kitob schyoti 5910–Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar 6010 – Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar 6410 – Daromad solig‘i 6411 – YAgona solqhiq to‘lovi 6412 – Qo‘shtlgan qiymat solig‘i (NDS) 6520 – Byudjetdan tashqari pensiya fondiga o‘tkazma 6523 – Kamolot fondiga o‘tkazma 6524 – YAgona ijtimoiy to‘lov 6710 – Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar 6990 – Boshqa majburiyatlar 6820 – Qisqa muddatli qarzlar 7810 – Uzoq muddatli bank kreditlari 8300 – Ustav kapitali 8400 – Qo‘shilgan kapital 8710- Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi. 8910 – Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari 9610 – Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar 9810 –Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar –YAkuniy moliyaviy natija Download 142.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling