12-ma’ruza: korxonaning hisob siyosati reja


Download 22.57 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi22.57 Kb.
#1512128
  1   2   3   4   5

12-ma’ruza: KORXONANING HISOB SIYOSATI
Reja:
12.1.Korxonaning hisob yuritish siyosati, uning ahamiyati va vazifalari.
12.2.Hisob siyosatini shakllantirish tartibi, bosqichlari va prinsiplari
Tayanch iboralar:
Hisob siyosati, shakllantirish bosqichlari, tamoyillari, to‘liqlik, o‘z vaqtidalik, muvofiqlik, ehtiyotkorlik, mazmunning shakldan ustuvorligi, oqilonalik.


12.1.Korxonaning hisob yuritish siyosati, uning ahamiyati va vazifalari.
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga quyish usullarining tartiboti bo‘lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki kuzatish (hujjatlashtirish va inventarizatsiya), qiymat o‘lchovida ifodalash (baholash va kalkulyatsiya), joriy guruhlash (schotlar va ikkiyoqlama yozuv) va yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha bo‘ladi. Baholash, Kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibi va hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi tanlash erkinligini bildiradi.
Hisob siyosati - rahbar tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tayyorlash hamda tuzish uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to‘plamidir. 1-sonli «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMS
Hisob siyosatining bosh vazifasi – korxona faoliyatini yuqori darajada obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat.
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirish (to‘liqlik tamoyili);
- xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z vaqtida aks ettirish(o‘z vaqtidalik tamoyili);
- mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin rezervlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili);
- xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili);
- har oy oxiriga sintetik hisob schotlari bo‘yicha qoldiq va oborotlarning analitik hisob ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid bo‘lmaslik tamoyili);
- korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili).
Hisob siyosati buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilangan hisob yuritish usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Agar, buxgalteriya hisobi milliy standartida qandaydir obyekt uchun hisob yuritish usuli belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi ishlab chiqishi mumkin. Har ikkala holda hisob siyosatini tashkil etishda korxonada asosiy talab – buxgalteriya hisobini yuritish usulini tanlash yagona tamoyilga asoslanishi lozim. Bu quyidagilarni bildiradi: tanlangan hisob yuritish usulining korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari, jumladan, mustaqil balansga ajratilganlari ham qo‘llashi, aks holda hisob axborotlarini taqqoslash va umumlashtirish mumkin emas; biron bir muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan usulni, agar boshqachasi standartda belgilangan bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin; masalan, barcha faoliyat turlari uchun sotishdan olingan foyda bitta usul – tovarlarni xaridorga jo‘natish va hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish me’yoriga qarab aniqlanadi.

Download 22.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling