Bosh hisobchi: Xudoyarov N
CHiqim kassa operatsiyalari
Download 142.05 Kb.
|
Хисобот БХ 119 lotin1
CHiqim kassa operatsiyalari – bu naqd pullarni kassadan turli maqsadlarda chiqim qilinishi, masalan ish haqi, nafaqa, safar xarajatlari va boshqa maqsadlarda sarflanishi va berilishi, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi va boshqa maqsadlarda olingan pullarning bankka topshirilishi.
Kassadagi pul mablag‘larining sintetik hisobini yuritish uchun 21- son BHMSda 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» va 5020 «CHet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyotlar ko‘zda tutilgan. Ushbu aktiv schyotlarning debet tarafida pul mablag‘larining qoldiqlari va davr maboynidagi kirimlari, kredit tarafida esa ularning chiqimlari aks ettiriladi. 19-son BHMS “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”ga muvofiq respublikamizdagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kassasidagi pul mablag‘lari oyda bir marta inventarlanadi. Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Pul mablag‘larini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning asosiy maqsadi: korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valyutadagi (5020) naqd pul mablag‘larini, bankdagi hisob-kitob (5110), valyuta (5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610) hamda yo‘ldagi pul (o‘tkazmalari) mablag‘lari (5710) schyotlariga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag‘lari» bo‘limi bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag‘larini hisobga olish uslubiyotining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqliligi to‘g‘risida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi hamda qonuniyligini ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur: inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan kassadagi mavjud pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig‘ini aniqlash; kassa muomalalarini hisobga olishda «YUridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari» ga rioya qilinayotganligini aniqlash; bank muassasasidagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo‘yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish; o‘tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish. Fanga oid o‘quv adabiyotida pul mablag‘lari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning maqsadi quyidagicha ifodalangan: «Tekshiruvning asosiy maqsadi - pul mablag‘lari oqimini aks etuvchi schetlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, ishonchliligi va xo‘jalikni samarali yuritish maqsadlariga muvofiqligini aniqlashdir. CHunonchi, kassa operatsiyalari auditi o‘tkazilganda tekshiruv maqsadi quyidagilarga rioya qilinganligini aniqlashdan iborat: naqd pul va boshqa boyliklar kassada but saqlanishi, ularni bankdan olib kelishda saqlash sharoitlari; chek daftarchalari belgilangan tartibda saqlanishi, chekdan ko‘chirmalar va ular bo‘yicha pul olish tartibi; kassaga pul kirim qilish va undan pul berish operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish qoidalari; kassada naqd pul limit chegarasida saqlanishi hamda xizmat safarlari, xo‘jalik xarajatlari va boshqa ehtiyojlar uchun hisobotli pul berilishi; banklardan, yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pul va tushumlar o‘z vaqtida va to‘liq kirim kilinishi; kassa operatsiyalarini amalga oshirishda kassa intizomiga rioya qilinishi; kassa operatsiyalari hisobi va kassa daftarini yuritish, kassada saqlanayotgan boshqa boyliklar bo‘yicha tahliliy hisob daftarlari yuritilishi; jo‘natilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) va boshqa moddiy boyliklar uchun yuridik shaxslar bilan naqd pul orqali hisob-kitob qilish tartibi; banklardan chek orqali olingan naqd pul maqsadga muvofiq ishlatilishi; ish kuni yakunlangandan keyin limitdan ortiq bo‘lgan naqd pul banklarga to‘liq qaytarilishi; ishonch qog‘ozlari rasmiylashtirilmasdan turib begona shaxslarga naqd pul berish holatlari mavjudligi. Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma’lumot manbasi quyidagilar hisoblanadi: naqd pullarni kirim qilish va berish bo‘yicha dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2); kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro‘yxatga olish daftari (KO-3, KO-Za); kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar; 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110-«Hisob-kitob scheti», 5610-«Pul ekvivalentlari» (turlari bo‘yicha), schetlari, 006-«Qat’iy hisobot blankalari» balansdan tashqari scheti va boshqa hisob-kitob schetlari bilan korrespondensiyalangan schetlar bo‘yicha hisob registrlari, balanslar va boshqa hisobot shakllari». Download 142.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling