Bosh hisobchi: Xudoyarov N


Download 142.05 Kb.
bet12/23
Sana09.06.2023
Hajmi142.05 Kb.
#1471944
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Хисобот БХ 119 lotin1

"SAM XISOB MARKAZ" XK o‘z faoliyatini amalga oshirishda nomoddiy aktivlardan foydalanmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar aktivlarining muhim turlaridan bo‘lib tovar-moddiy zahiralar hisoblanadi. Tovar-moddiy zahiralarning buxgalteriya hisobi ob’ektlari sifatidagi mohiyati, tasnifi va tavsifi, ularni tan olish, baholash, o‘lchash va hisobini yuritish tartiblari respublikamizda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonun”, shuningdek 4-son BHMS “Tovar-moddiy zahiralar”1 va 21-son BHMS “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma"2 va boshqa BHMSlar bilan belgilangan.
4-son BHMSga muvofiq, tovar-moddiy zaxiralar – bu keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.Ishlab chiqarish zaxiralari hisoblangan materiallar 4-son BHMS «Tovar- moddiy zaxiralarga muvofiq (p.7) ularning tannarxi yoki sotilishini sof qiymatidan biri bo‘yicha eng kichigini tanlash yo‘li bilan baholanadi.
Korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini yuritishda va rivojlantirishda ular pul mablag‘larining o‘rni hamda ahamiyati beqiyosdir. Korxonaning pul mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, u shunchalik o‘z faoliyatini yanada ravnaq toptirish, hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyatiga, ya’ni to‘lov qobiliyatiga ko‘proq ega bo‘ladi. Pul mablag‘lari evaziga korxonani modernizatsiyalash, yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilishga erishiladi. Bundan tashqari, pul mablag‘larining mavjudligi korxonalarga investorlar sifatida o‘z mablag‘larini boshqa korxonalarga yo‘naltirishga, shu yo‘l bilan nafaqat o‘zlari qo‘shimcha daromad olishlariga, balki o‘zga korxonalarni ham oyoqqa turishlariga imkon beradi.
Pul mablag‘lari deganda o‘ta tez likvidlik xarakteriga ega bo‘lgan, barcha munosabatlarda umumiy ekvivalent rolini o‘ynaydigan, davlat tomonidan qog‘ozli va metalli ko‘rinishda ma’lum qiymatlarda chiqariladigan maxsus tovar tushuniladi.
Pul mablag‘lari bir qancha hususiyatlariga ko‘ra guruxlanadi:

Download 142.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling