Bosh hisobchi: Xudoyarov N


Download 142.05 Kb.
bet10/23
Sana09.06.2023
Hajmi142.05 Kb.
#1471944
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Хисобот БХ 119 lotin1

Mualliflik huquqibu yozilgan kitob, yaratilgan musiqa , tasviriy san’at va boshqa asarlar uchun uning muallifiga berilgan huquq. Ushbu huquq asarlar egalariga ularni chop ettirish, qayta bosmaga berish, ko‘paytirish, sotish, yozdirish, ijro etish, taqsimlash va shu kabi boshqa harakatlarni qilishni o‘z ichiga oladi.

  • Litsenziya –bu u yoki bu xo‘jalik faoliyati, xo‘jalik operatsiyasi bilan shug‘ullanish uchun davlatning kompetent organi tomonidan berilgan ruxsatnoma. Litsenziya olish uchun korxona tegishli kompetent organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • Litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda faoliyat turi, muddati ko‘rsatiladi;

  • Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi qaror va boshqalar);

  • Davlat soliq idorasida hisobga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;

  • Boshqa talab qilingan hujjatlar

    Litsenziya berilgan muddatida kuchga ega bo‘ladi. Korxonaning tugatilishi bilan litsenziya o‘z kuchini yo‘qotadi.
    Savdo markasi, savdo belgilari va sanoat namunalari- bu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat uchun berilgan nomlar yoxud ramzlar, masalan «Koka-Kola», «Neksiya», «Soni», «Xon» va shu kabilar. Egalik qilish maqsadida ushbu savdo markalari, savdo belgilari va sanoat namunalari davlat ro‘yxatidan o‘tqazilishi mumkin.
    Dasturiy ta’minot - bu zamonaviy kompyuterlarda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni olib borish bo‘yicha yaratilgan dasturlar, algoritmlar to‘plami.
    Franchayzlar – bu yangi formula va algoritmlarni, texnologiyalarni, tashqi ko‘rinish va belgilarni qullash bo‘yicha huquq. Ushbu huquq franchayzga (foydalanish huquqini oluvchi) franchayzor (foydalanish huquqini beruvchi) tomonidan maxsus franchayz shartnomasi asosida beriladi.
    Gudvil - bu korxonaning sof aktivlarini sotib olish qiymati va bozor qiymati (yoki haqqoniy hisob qiymati) o‘rtasidagi farq bo‘lib, u faqat birinchi qiymat ikkinchisidan ortiq bo‘lganda vujudga keladi. Masalan, sotib olingan korxonaning qiymati 40 mln. so‘m, uning aktivlarining bozor qiymati yoki haqqoniy hisob qiymati –45 mln. so‘m, korxonaning majburiyatlari –8 mln. so‘m. Bu holda, sotib olinayotgan korxonaning sof aktivlarining haqqoniy (bozor) qiymati –37 mln so‘m (45-8) bo‘ladi. O‘rtadagi 3 mln. so‘mlik (40 –37) farq sotib oluvchi korxona uchun gudvil hisoblanadi.

    Download 142.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling