3-amaliy mashg’ulot: Halqali kichik harflar guruhi bilan tanishtirish
Download 15.04 Kb.
|
3-amaliy Halqali kichik harflar guruhi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dam olish daqiqasi.
- V. Darsni yakunlash
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
3-amaliy mashg’ulot: Halqali kichik harflar guruhi bilan tanishtirish. Halqa elementli harflarini husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda yozdirish. Shundan so‘ng ilmoq elementli harflarini xattaxtada yozishni mashq qildirish. Halqa elementli harflar ishtirok etgan so‘z diktantlarini yozdirish. Halqa elementli harflar: o, a, d, o‘, O‘quvchilarga daftarning asosiy va yordamchi chiziqlarini ko‘rsatish. O‘quvchilarga kichik va uzun ilmoqlarni yozilishini tushuntirish. Kichik va uzun ilmoqlarni yozilishini ko‘rsatish. O‘qituvchi doskaga kichik va uzun ilmoqlarni chizib ko‘rsatadi. Kichik ilmoqchani yozishda qo‘l harakati holatini izohlaydi. Partada o‘tirish qoidasi yoki dars jarayonidagi o‘tirish holatiga oid bilimlar eslatiladi. Sinf partasida o‘tirganda boshimizni o‘ng yoki chapga qiyshaytirmasdan to‘g’ri o‘tirishimiz lozim. Ko‘zimiz bilan yozuv daftari orasidagi masofa 30- 35 sm ga teng bo‘lishi kerak. Ruchkani o‘ng qo‘limiz bilan ushlaymiz. Yozayotganda esa ruchkaning uchi bilan barmoqlarimiz orasi 10-12 mm masofa bo‘lishi, ruchkaning orqa tomoni esa o‘ng yelkamizga to‘g’ri bo‘lishi lozim. O‘quvchilar maxsus havoga yozish mashqlaridan so‘ng, daftarlariga kichik va uzun ilmoqlarni chizishadi. Dam olish daqiqasi. Daraxt tagin yumshatamiz. Daraxtlarga suv quyamiz. Daraxtlarim o‘sib ketdi. Bo‘yi osmonga yetdi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yozuv daftari bilan ishlash. Yozuv daftaridagi kichik va uzun ilmoqlar chizdiriladi. Daftardagi bayroqchalar rangli qalamlarda bo‘yaladi. V. Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag’batlantiriladi. VI. Uyga vazifa: Kichik va uzun ilmoqlar chizish. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Halqali kichik harflarni o‘rgatish uchun qanday ko‘rgazmalar tayyorlash mumkin. 2 Halqali kichik harflar yozuv daftariga yozing. 3. Halqali kichik harflar o‘rgatishda nimaga e`tibor qaratish kerak. 4. Halqali kichik harflarni o‘rgatishda qanday metodlardan foydalanish mumkin. 5 Halqali kichik harflar xattaxtada yozing. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b. 2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H., Masharipova U., Sattorova X. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. -T.: TDPU 3. Adizova N.B, Jumayev R.X., Qo‘ldoshev R.A., Ismatov S.R. Ona tili o‘qitish metodikasi. Buxoro, Durdona.: 2021. -292 b. 4. Safarova R., Inoyatova M. Alifbe kitobi (1-sinf uchun darslik). –T.: O‘zbekiston. 2021. – 80 b. 5. Safarova R., Inoyatova M., G‘ulomov M., Sayfurov D., Malikova D. Alifbe Metodik qo‘llanma [Matn] : o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma.–T.: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 96 b Download 15.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling