Bosh hisobchi: Xudoyarov N
Download 142.05 Kb.
|
Хисобот БХ 119 lotin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аsosiy boʼlmagan faoliyatga doir xarajatlar
11 . Xarajatlar hisobi
Xarajat- hisobot davrida aktivlarning ko’payishi va majburiyatlarning kamayishidir. Аsosiy faoliyatga doir xarajatlar deganda korxona ustavida belgilangan asosiy faoliyat bilan bogʼliq xarajatlar tushuniladi. «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish toʼgʼrisida Nizom» va 21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyati bilan bogʼliq xarajatlarni, oʼz navbatida, quyidagi toʼrtta quyi guruhga ajratiladi: Sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar – bularga sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tannarxiga kiritilgan xarajatlar kiradi. Davr xarajatlari –bularga mahsulotlarni (tovarlarni, ish va xizmatlarni) sotishga, korxonani maʼmuriy-boshqaruviga va boshqa operatsion faoliyatiga doir xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar maʼlum hisobot davrida yuz beradi, shuning uchun ular hisobot davri xarajatlari deb ham ataladi. Kelgusi davr xarajatlari - bu korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekinda hisobot davrida amalga oshirilgan xarajatlari. Bunday xarajatlarga oldindan toʼlangan ijara haqlari, oldindan toʼlangan xizmat haqlari va boshqa oldindan boʼnak sifatidagi toʼlovlar kiradi. Muddati uzaytirilgan xarajatlar – bularga korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekinda muddati bir yil va undan koʼp muddatga uzaytirilgan xarajatlari kiradi. Аsosiy boʼlmagan faoliyatga doir xarajatlar deganda bevosita asosiy faoliyatga taalluqli boʼlmagan faoliyat turlari bilan bogʼliq xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlar Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va favqulotdagi zararlarga boʼlinadi. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar deganda qimmatli qogʼozlarni chiqarish va joylashtirish, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni olish, uzoq muddatli ijaraga doir va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli xarajatlar tushuniladi. Bularga foizlar, salbiy kurs farqlari koʼrinishidagi xarajatlar va boshqalar kiradi. Download 142.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling