Bosh hisobchi: Xudoyarov N


Download 142.05 Kb.
bet17/23
Sana09.06.2023
Hajmi142.05 Kb.
#1471944
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Хисобот БХ 119 lotin1

10 .Daromadlar hisobi
Korxonalar moliyaviy-xoʼjalik faoliyatining muhim koʼrsatkichi boʼlib daromadlar hisoblanadi. Ushbu koʼrsatkichning mohiyati, tasnifi va tavsifi Respublikamizda qabul qilingan quyidagi meʼyoriy hujjatlarda atroflicha ochib berilgan:

  • Oʼzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi (16-modda);

  • BHMS «Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun kontseptual asos»

  • 2-son BHMS « Аsosiy xoʼjalik faoliyatidan olingan daromadlar»

  • «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish toʼgʼrisida nizom».

Ushbu meʼyoriy xujjatlarga muvofiq daromad deganda, umumiy olganda, hisobot davrida korxona aktivlarini koʼpayishi yoki uning majburiyatlarini kamayishi tushuniladi. Korxonalarning barcha daromadlari Oʼzbekiston Respublikasining Soliq Kodeksida 13 ta turga boʼlingan (16-modda), 2-son BHMSda ushbu turdagi daromadlar ikkita katta guruhga, yaʼni asosiy faoliyatdan olingan daromadlar va asosiy boʼlmagan faoliyatdan olingan daromadlarga, ajratilgan.
Аsosiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda korxona ustavida belgilangan asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tushuniladi. «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish toʼgʼrisida Nizom» ga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan daromadlari, oʼz navbatida, quyidagi ikki guruhga ajratiladi:

  • Sotishdan olingan daromadlar – bularga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushumlar (aktsiz, QQS va eksport boʼyicha bojxona bojidan tashqari) kiradi.

  • Аsosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar –bularga korxonaning asosiy vositalari va boshqa aktivlarini sotishdan olingan foyda, oʼndirilgan jarimalar, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, bepul kelib tushgan aktivlar, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, TMB larni qayta baholashdan olingan daromadlar va boshqalar kiradi.

Аsosiy boʼlmagan faoliyatdan olingan daromadlar deganda bevosita asosiy faoliyatga taalluqli boʼlmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga va favqulotdagi daromadlarga boʼlinadi.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar deganda qimmatli qogʼozlar, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga royalti, dividendlar va foizlar,
ijobiy kurs farqlari koʼrinishidagi daromadlar va boshqalar kiradi.Favqulotdagi daromadlar deganda yuz berishi doimiy xarakterga ega boʼlmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga davlat qonunlarini oʼzgarishi, tabiiy ofatlar, revolyutsion oʼzgarishlar natijasida vujudga kelgan daromadlar kiradi.



6-rasm. Daromadlarning turlari


Korxona daromadlari boʼyicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari boʼlib quyidagilar hisoblanadi:



  • Daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va baholash;

  • Daromadlarni toʼgʼri guruhlash va tegishli schotlarda aks ettirish;

  • Daromadlarni soliqlarga munosabatini toʼgʼri belgilash;

  • Daromadlarni moliyaviy hisobotda toʼgʼri aks ettirish va boshqalar.


7-rasm. Korxonaning iyun oyidagi daromadlari



Download 142.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling