Ароматические углеводороды


Download 453.5 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi453.5 Kb.
#1715729
Bog'liq
1. Sikloalkanlar

SIKLOALKANLAR

  • Siklik birikmalar.
  • Sikloalkanlarning nomlanishi va izomeriyasi.
  • Sikloalkanlarning olinishi.
  • Sikloalkanlarning fizik xossalari.
  • Ko’p yadroli sikloalkanlar uglevodorodlar.

SIKLIK BIRIKMALAR

  • Molekulasida uglerod atomlari yoki boshqa atomlar bilan o‘zaro birikkan holda turli xil kattalikdagi halqalarni hosil qiluvchi organik birikmalar umumiy nom bilan siklik birikmalar deb yuritiladi. Siklik birikmalar organik birikmalarning katta qismini tashkil qiladi. Siklik birikmalar turli xil organik moddalarning tarkibiga kiradi. Siklik birikmalar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
  • 1.Karbosiklik (yoki izosiklik) birikmalar.
  • 2.Geterosiklik birikmalar. Karbosiklik birikmalar o‘z navbatida quyidagi kichik sinflarga bolinadi: sikloalkanlar, sikloalkenlar, aromatik uglevodorodlar yoki arenlar. Geterosiklik birikmalar alohida bobda o‘rganiladi.

SIKLOALKANLARNING NOMLANISHI

  • SIKLOALKANLARNING NOMLANISHI
  • Sikloalkanlar halqaning o’lchami, halqalar soni va halqalarning o‘zaro birikish turiga qarab sinflanadi. Monosiklik sikloalkanlarning nomi tegishli alkan nomiga siklo- old qo‘shimchasi (prefiksi) qo'shib yasaladi.

Siklopropan va siklobutan ba’zan kichik halqali sikloalkanlar ham deyiladi. Halqadagi uglerod atomlari soni 6 tadan ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Halqada 14 tadan ko‘p uglerod atomi tutuvchi sikloalkanlar makrosiklik sikloalkanlar deyiladi. Monosiklik sikloalkanlar almashingan sikloalkanlar hosil qiladi. Agar o‘rinbosar bittadan ortiq bo‘lsa uglerod atomlari raqamlanadi.

  • Siklopropan va siklobutan ba’zan kichik halqali sikloalkanlar ham deyiladi. Halqadagi uglerod atomlari soni 6 tadan ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Halqada 14 tadan ko‘p uglerod atomi tutuvchi sikloalkanlar makrosiklik sikloalkanlar deyiladi. Monosiklik sikloalkanlar almashingan sikloalkanlar hosil qiladi. Agar o‘rinbosar bittadan ortiq bo‘lsa uglerod atomlari raqamlanadi.

Ikki almashingan planar sikloalkanlarda o’rinbosarlar har xil fazoviy joylashishi mumkin. O‘rinbosarlar halqa tekisligining bir tomonida (sis-izomer) yoki qarama-qarshi tomonida (trans-izomer) joylashadi.

  • Ikki almashingan planar sikloalkanlarda o’rinbosarlar har xil fazoviy joylashishi mumkin. O‘rinbosarlar halqa tekisligining bir tomonida (sis-izomer) yoki qarama-qarshi tomonida (trans-izomer) joylashadi.
  • Ikkita umumiy halqali sikloalkanlar bisiklik sikloalkanlar deyiladi. Agar ikkita halqa bitta umumiy uglerod atomiga ega bo’lsa, bunday birikmalar spiroalkanlar deb yuritiladi.

Spiroalkanning nomi tegishli alkan nomidan keltirib chiqariladi va kvadrat qavs ichida umumiy (bog‘lovchi) uglerod atomining ikkala tomonida nechtadan uglerod atomi mavjudligi raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Spiroalkan molekulasida halqalar o‘zaro perpendikulyar tekisliklarda joylashgan. Bunday joylashuv umumiy uglerod atomining Sp3-gibridlanishi bilan belgilanadi. Spiroalkanlardagi uglerod atomlari doim kichik halqadan boshlab, umumiy uglerod atomi oxirida raqamlanadi.

  • Spiroalkanning nomi tegishli alkan nomidan keltirib chiqariladi va kvadrat qavs ichida umumiy (bog‘lovchi) uglerod atomining ikkala tomonida nechtadan uglerod atomi mavjudligi raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Spiroalkan molekulasida halqalar o‘zaro perpendikulyar tekisliklarda joylashgan. Bunday joylashuv umumiy uglerod atomining Sp3-gibridlanishi bilan belgilanadi. Spiroalkanlardagi uglerod atomlari doim kichik halqadan boshlab, umumiy uglerod atomi oxirida raqamlanadi.

Agar ikkita halqa ikkita va undan ortiq umumiy uglerod atomiga ega bo’lsa, bunday birikmalar bisikloalkanlar, ba’zan ko‘prikchali uglevodorodlar ham deyiladi. Chunki bitta halqaning ikkita uglerod atomi go‘yoki, ko‘prik hosil qiladi. Bisikloalkanni nomlashda kvadrat qavs ichida uchta raqam ko‘rsatiladi. Birinchi va ikkinchi raqam umumiy (bog‘lovchi) atomlarning ikkala tomonidagi uglerod atomlarini sonini, uchinchi raqam esa ko‘prikchadagi uglerod atomlari sonini bildiradi. Almashingan bisikloalkanlarni nomlash uchun dastlab bisikloalkanning asosiy halqasi bog‘lovchi uglerod atomidan boshlab raqamlanadi, keyin ko‘prikchadagi uglerod atomlari raqamlanadi. Raqamlash birinchi bog‘lovchi atomdan uzunroq yo‘l bilan ikkinchisiga tomon amalga oshiriladi.

  • Agar ikkita halqa ikkita va undan ortiq umumiy uglerod atomiga ega bo’lsa, bunday birikmalar bisikloalkanlar, ba’zan ko‘prikchali uglevodorodlar ham deyiladi. Chunki bitta halqaning ikkita uglerod atomi go‘yoki, ko‘prik hosil qiladi. Bisikloalkanni nomlashda kvadrat qavs ichida uchta raqam ko‘rsatiladi. Birinchi va ikkinchi raqam umumiy (bog‘lovchi) atomlarning ikkala tomonidagi uglerod atomlarini sonini, uchinchi raqam esa ko‘prikchadagi uglerod atomlari sonini bildiradi. Almashingan bisikloalkanlarni nomlash uchun dastlab bisikloalkanning asosiy halqasi bog‘lovchi uglerod atomidan boshlab raqamlanadi, keyin ko‘prikchadagi uglerod atomlari raqamlanadi. Raqamlash birinchi bog‘lovchi atomdan uzunroq yo‘l bilan ikkinchisiga tomon amalga oshiriladi.

Uchta va undan ortiq halqali sikloalkanlar bo‘lishi ham mumkin. Bunday birikmalar molekulasida bir nechta ko’prikcha bo‘ladi. Ularni nomlash ancha qiyin. Tri-, tetra yoki penta- qo‘shimchalari sikloalkanni ochiq zanjirli birikmaga aylantirish uchun uzish kerak bo‘lgan bog‘larning sonidan kelib chiqadi. Bunday bog‘lar formulada ~ belgisi bilanifodalanadi.

  • Uchta va undan ortiq halqali sikloalkanlar bo‘lishi ham mumkin. Bunday birikmalar molekulasida bir nechta ko’prikcha bo‘ladi. Ularni nomlash ancha qiyin. Tri-, tetra yoki penta- qo‘shimchalari sikloalkanni ochiq zanjirli birikmaga aylantirish uchun uzish kerak bo‘lgan bog‘larning sonidan kelib chiqadi. Bunday bog‘lar formulada ~ belgisi bilanifodalanadi.

Download 453.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling