Bosh hisobchi: Xudoyarov N
Download 142.05 Kb.
|
Хисобот БХ 119 lotin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- "SAM XISOB MARKAZ" XK
XULOSA VA TAKLIFLAR
"SAM XISOB MARKAZ" XK malakaviy amaliyot natijasida nazariy olgan bilimlar amaliyotda mustahkamlandi. Buxgalteriya hisobi va auditni o‘rganishda malakaviy amaliyotni o‘rni muhum ahamiyat kasb etadi. Amaliyotda rejadagi vazifalarni berilgan savollarga javob topishdan tashqari,buxgalteriyaga tegishli bir qancha ma’lumotlar o‘rganildi. Malakaviy amaliyotni o‘tash jarayonida berilgan vazifalarni bajarish natijasida nazariy olgan bilimlarni hisobotlarida aks ettirilishi yana bir bor o‘rganib chiqildi. SHuningdek, amaliyotimni bajarish natijasi o‘laroq, bizga berilgan vazifalarga doir chizma va jadvallar tuzildi. "SAM XISOB MARKAZ" XK faoliyatining kattagina bo‘xgalteriya xizmatlarini kursatish sohasiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subektlardan farqli ravishda korxonaning daromadlari deyarli asosiy faoliyatidan olinadigan daromadlari hissasiga to‘g‘ri kelyapti, moliyaviy, investitsion faoliyatdan olinadigan daromadlar salmog‘i yo‘q. Bu kabi foaliyatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi, sababi moliyaviy, investitsion faoliyatdan olinadigan mablag‘lar korxona daromadlarining muhim ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi. Bundan tashqari jamiyat ustavida ko‘rsatilgan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi yo‘lga qo‘yilganligi tufayli boshqa daromad manbaalari ham mavjud. "SAM XISOB MARKAZ" XK da Buxgalteriya hisobini yuritish qonun hujjatlari va Buxgalteriya hisobi tamoyillarida ko‘rsatilganday olib borilmoqda. Ammo takidlab o‘tish joizki, korxona bazi bir kamchiliklardan ham xoli emas. Bularni bartaraf etish uchun men quyidagi takliflarni beraman: material xarajatlarning tannarxini pasaytirish buyicha tashqi auditorlik tashkilotining kerakli mutaxassislarini jalb etish; korxonaning ichki auditorlik xizmatining asosiy faoliyatini bunga qaratib, ular tomonidan oylik, choraklik va yillik chora – tadbirlar ishlab chiqib - nazorat qilishini amalga oshirish; investitsion faoliyatga ham katta e’tibor qaratish; ichki auditor faoliyatini joriy etish yohud zarur ko‘nikmalarga ega mutaxassilarni jalb etish; ichki potensiallarni izlab topish va uni hayotga tadbiq etish. Download 142.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling