1-mavzu. O‘zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. (2 soat) Reja


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#203119
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

To‘rtinchidan,  yoshlarga  milliy  va  tarixiy  qadriyatlarni  e’zozlash,  asrab-avaylash  ruhini 

singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, 

kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-

ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik 

ruhida tarbiyalash. 

O‘zbekiston  tarixi  fani  mana  shu  yuqoridagilar  va  bulardan  boshqa  o‘zining  xilma-xil 

imkoniyatlaridan  kelib  chiqib,  komil  insonni  tarbiyalashga  behad  katta  hissa  qo‘shadi.  Vatan 

tarixining  davlat  boshqaruvi  va  qurilishida,  jamiyat  va  insoniyat  taraqqiyotida,  millat  va  xalq 

hayotida  tutgan  o‘rni  hamda  ahamiyati  benihoya  katta  ekanligi  qadim-qadimdan  e’tirof  etib 

kelinmoqda. Bunga tariximizning o‘zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib 

xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab etmog‘imiz 

lozimdir. 

Mahmudxo‘ja  Behbudiy  «Turkiston  tarixi  kerak»  nomli  maqolasida  yozadi:  «Tarixning 

foydalaridan ba’zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l ila taraqqiy etganin o‘qib, 

ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo‘lib (tugab-bitib) 

ketganin o‘qub mundan ham istifoda etmak mumkindir» 

Nushiravon  Yovushev  esa  «Turkiston  tarixi»  nomli  maqolasida  tarixga  quyidagicha  baho 

beradi: «O‘z milliy tarixini bilmagan millat, o‘z otasini bilmagan ... bir bolaga o‘xshaydur... Tarix 

millatning joni-ruhi, moddiy va ma’naviy hayotidur». 

Xulosa shuki, O‘zbekiston tarixini o‘qitishning ahamiyati behad katta. Millatning haqqoniy 

tarixini  yaratish,  xalqimizga  ma’naviy  kuch-qudrat  baxsh  etih,  g‘ururini  uyg‘otish  tarix  faning 

dolzarb vazifasidir. 



 

YODDА TUTING:   Insоndа tаriхiy хоtirа o’z Vаtаni tаriхini, o’z хаlqi, аjdоdlаri 

tаriхini bilish оrqаli shаkllаnаdi

 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling