1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy – metodologik asoslari, manbalari va axamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Tayanch atamalar va iboralar izohi


Download 53.86 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi53.86 Kb.
#236792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
№1 маруза

Tayanch atamalar va iboralar izohi: : tarix - arabcha so‘z, o‘tmishdagi voqea, hodisa; manba - yozma, turli tarixiy kitob va qabr toshlari; manba - moddiy arxeologik qazishmalarda topilgan buyumlar sivilizasiya - lotincha so‘z, harbiylashmagan jamoa; antropogenez - insonning paydo bo‘lishi va rivojlanishi; totemizm - hayvon va o‘simliklarga sig‘inish; fetishizm - jonsiz buyumlarga e’tiqod qilish; animizm - hayvon, ruhlarga ishonish.

I

"Tarix" so‘zi asli arabcha bo‘lib "o‘tmishdagi voqealar haqida aniq hikoya qilish" ma'nosida ishlatiladi. Bu so‘z lotinchada "istoriya" deb yuritiladi va bu ibora ko‘p g‘arb mamlakatlari xalqlari tillariga singib ketgan. Tarix ma'lum bir makonda u yoki bu davrga oid, aniqlangan, tadqiq etilgan inson hayotidagi voqealar, taraqqiyot yo‘lidagi odimlar to‘plami. Shoir Abdulla Oripov aytganidek, tarix-bu munavvar ko‘zgu. U kishining ko‘zini ochadi, bosgan qadamiga, qilayotgan yumushiga ongli ravishda qarashga undaydi. O‘zbekiston tarixi fani qadimgi ajdodlarimiz ijtimoiy hayoti, o‘lkamizda davlatchilikning shakllanishi, Vatanimizda sivilizasiyaning vujudga kela boshlashi va uning rivoji hususida hikoya qiladi. AQShda chop etilgan "Jahon ensiklopediya"si lug‘atida "O‘zbeklar-jahon xalqlari orasida birinchilardan bo‘lib, turkiy xalqlar o‘rtasida birinchi bo‘lib o‘troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi, jahon sivilizasiyasiga hissa qo‘shgan millat", deb yozilgan.Vatanimiz tarixi predmeti xalqimizning deyarli uch ming yillik murakkab o‘tmishini, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayotini xolisona o‘rganishga, uni tushuntirishga qaratilgan. Tariximizni o‘rganar ekanmiz, o‘zbek davlatchiligi sarhadlari hozirgi mustaqil respublihamiz hududidan ancha keng bo‘lganligini anglaymiz. Shu boisdan o‘tmishimizning turli davrlarini o‘rganishda Markaziy Osiyoga oid ma'lumotlar ham yoritilgan. Bu esa tarixiy jarayonni to‘laroq anglashga yordam beradi. Ayni paytda, mamlakatimizda uzoq vaqtlardan buyon o‘zbeklar bilan yonma-yon yashab kelayotgan tojik, qozoq, turkman, qoraqalpoq va boshqa elatlar ham yurtimiz tarixiga daxldor.O‘zbekiston xalqi insoniyatning ajralmas bir qismidir. Yurtimiz o‘tmishi va buguni o‘zga xalqlar, davlatlar bilan bog‘liq. Shu bois O‘zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismi desak adolatdan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ayonki, tariximiz ob’ekti bu O‘zbekistondir. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi hududi 450 ming kvadrat kilometrga yaqin maydonni tashkil etadi. U hududi hajmga ko‘ra dunyodagi 200 dan ortiq davlatlar orasida 56-o‘rinni egallaydi. Respublihamiz aholisi 25 mlndan ortiq bo‘lib, jahonda 35- o‘rinda turadi. Sayyoramizda 1600 dan ortiq millat va elat yashaydi. O‘zbek millatiga mansub aholi son jihatdan dastlabki ellik yirik millatlar qatoridan joy olgan. O‘zbekistonda 130 ga yaqin millat va elat yashaydi, ulardan to‘rtdan bir qismi ruslar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, tatarlar, uyg‘urlar, koreyslar, armanlar, ozarbayjonlar, belaruslar va boshqalar1.



II

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" risolasida va boshqa asarlarida olga surilgan tariximizga tegishli dolzarb masalalar o‘tmishimizni o‘rganishga muhim nazariy va konseptual - uslubiy poydevor ro‘lini o‘ynaydi. I.A.Karimov o‘tmishni o‘rganishda tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va halol amalga oshirish asosiy vazifadir, deb uqdirgan edi. Bu vazifani amalga oshirish O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganishning ilmiy va uslubiy asoslariga tayanishni talab etadi. Bunday yondashish zaminida dialektik uslubni qo‘llash yotadi. Bu olamda sodir bo‘lgan hodisalar, voqealar ma'lum bir boqlanishda, uzluksiz harakatda bo‘ladi degandir. Tarixiylik tamoyili o‘sha davr shart-sharoitlarini, tarixiy muhitni inobatga olmoqni taqozo qiladi.Tarix xalqimiz kechmishi, u muqaddasdir. Uni hech kim o‘zgartira olmaydi. Chunki tarix bu o‘tmishga mansub bo‘lgan, ya'ni bo‘lib o‘tgan voqea, hodisadir. Lekin odamlar uni ma'lum maqsadlarda buzib ko‘rsatishi, o‘zgacha talqin berishlari mumkin ekan. Tarix – beg‘araz, ob'ektiv bo‘lmog‘i lozim. Demak, o‘tmishni o‘rganishda va yoritishda xolislik, halollik muhim o‘rinni egallaydi. Mavjud barcha voqelikni inobatga olib haqqoniy dalillarga asoslanish kerak. Shu bilan birga o‘tmishni o‘rganishda milliy qadriyatlar, xalq an'analari, diniy e'tiqod, turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan tarixiy-madaniy nuqtai nazarda yondashuv katta ahamiyatga ega. Tarixni o‘rganish faktlarni taqqoslash, mantiqiy qiyosiy xulosalar chiqarish va umuman falsafiy tafakkur o‘tmishimizni teran anglashda asosiy mezon bo‘lib qoladi. Tabiiyki, tarixni o‘rganish moddiy va yozma manbalarga tayanadi. qadimshunoslarning vatanimiz hududida olib borgan arxeologik izlanishlari natijasida aniqlangan ko‘plab topilmalar, ularning tahliliy xulosalari qadim ajdodlarimiz hayotini tasavvur etishga imkon beradi. Bundan tashqari, bir qator qadimgi yozma manbalar ham mavjudligi tariximizni to‘laroq bilishga yordamlashadi. Bu o‘rinda "Avesto" muqaddas kitobi, Bexustin bitiklari, qabrtoshlardagi yozuvlar muhim manbadir. Miloddan oldingi V-II asrlarga oid yunon, xitoy, hind, arman, Eron yozma manbalarida ham O‘rta Osiyo tarixiga oid ma'lumotlar uchraydi. Yurtimiz o‘tmishini o‘rganishda turkiy, fors va arab tillaridagi manbalar katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, islomiyatga qadar bo‘lgan tariximiz Abu Rayxon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik" asarida yaxshi yoritilgan. Shuningdek, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qashg‘ariy, Abu Nasr Forobiy kabi allomalar asarlarida tariximizga oid qimmatli mulohazalar mavjud. IX-XII asrlarda va undan keyingi davrlarda mintaqamiz tarixiga oid kitoblar, solnomalar va risolalar talaygina yaratilgan. Bular orasida "Buxoro tarixi", "Kesh va Nasaf o‘tmishi", "Samarqand tarixi", "Xorazm tarixi" kabi u yoki bu hudud o‘tmishi, aholining turmushi, siyosiy va ijtimoiy ahvoli to‘g‘risida katta-kichik asarlar vujudga keldi. Mahmud qoshqariyning uch jildlik "Turkiy so‘zlar luqati" o‘zbek va boshqa turkiy tillar tarixini o‘rganishda muhim manbadir. Akademik B. Axmedovning "O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari" kitobida o‘lkamiz tarixiga oid o‘rta asrlarda yaratilgan yetmish olti asarga izohlar beriladi. Yurtimiz o‘tmishi arxeolog olimlar Ya.G‘ulomov, S.Tolstoy, V.Masson, O‘.Islomov, G.Pugachenkova, E.Rtveladze, A.Sagdullaev, A.Asqarov, R.Sulaymonova, M.Filonovich va boshqa olimlar tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix, Sharqshunoslik, Arxeologiya institutlari jamoalari, shuningdek, O‘zbekiston Milliy Universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarining yetuk tarixchilari hayrati bilan bir qancha yangi asarlar yaratildi. Bu tadqiqotlar tariximizga, avvallari ma'lum bo‘lmagan faktlar, dalillarga tayangan holda, yangicha nigoh bilan yaratildi. Bugungi kunda yurtimiz o‘tmishini idrok etishga imkon beradigan adabiyot talaygina. Gap ularni izlash, topish va eng muhimi, qunt bilan mutolaa qilishdir. Ajdodlarimiz hayoti, turmush tarzini to‘laroq o‘rganishda arxeologiya bilan birga etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati kattadir. Demak, tarix fani ko‘plab tadqiqotchilarning asrlar davomidagi mashaqqatli mehnatining samarasidir2.

III


Tabiiyki tarix fani o‘tmish merosini yangi avlodlarga to‘laqonli yetkazish bilan ularning ma'naviy tarbiyasiga, komil insonlar bo‘lib yetishuviga o‘z munosib hissasini qo‘shmoqda. Yurtimiz o‘tmishi xalq xotirasi, avlodlar o‘rganib saboq oluvchi hayot maktabidir. Tarix - bu nafaqat o‘tmish uning tahlili bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai bo‘lib, u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Tarixning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Islom Karimov aytganidek, "Xotirasiz barhamol kishi bo‘lmaganidek o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi"3. Yurtboshimiz "Milliy mafkurani shakllantirishda eng katta manba - bu haqqoniy yoritilgan tarixdir" deb uqtiradilar. Davlatimiz rahbar i "Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda", deb yozadilar. Demak, tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosini egallash talabalarda vatanparvarlik, odillik, halol lik, meqr-oqibat, baqrikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlar shakllanishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, tarix bu tafakkur buloqi. U bizni o‘tmish voqealariga ochiq ko‘z bilan qarashga, oq-qorani aniqroq ko‘rishga, ziyraklik bilan anglashga o‘rgatadigan, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da'vat etadigan fandir. Shu bois sirtqi bo‘lim talabalariga ham mutaxassisligidan qat'i nazar O‘zbekiston tarixi fan sifatida o‘rgatiladi.

Odamzodda ong paydo bo‘libdiki, o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatiga, ya'ni ma'lum darajadagi sivilizasiyasiga ega bo‘la boshlagan. Mapkaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston xalqlari ham qadim zamonlardan beri hayot tarzini takomillashtirar ekan, o‘zi uchun turli qulayliklar yaratgan. Odatlar, rusumlar esa an'anaga aylanib borgan.

"Sivilizasiya" qanday ma'noni bildiradi? Bu so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, u hozirgi zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqin etiladi, shuningdek, u inson hayoti uchun qulayliklar yaratish jarayonini ifodalovchi tushuncha hamdir. Adabiyotda bu so‘z "tamaddun" deb ham ataladi va madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma'nosida ishlatiladi. Qomusiy kitoblarda sivilizasiya – jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar, shuningdek ularni yanada ko‘paytirib va takomillashtirib borish usullarining majmui, deyiladi.

Demak, sivilizasiya insoniyat taraqqiyotining maxsuli va ayni paytda zaminidir.

Sivilizasiya qadimda yer kurrasining bir necha turli qit'a va hududlarida mustaqil ravishda paydo bo‘lgan va shu sababdan uning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. Zamonlar o‘tib bu mahalliy sivilizasiyalarning bir qator xususiyatlari boshqa hududlardagi taraqqiyot belgilari bilan qorishib , umuminsoniy sivilizasiya vujudga kelgan. Asrlar osha bu madaniyat darajasi oshib borgan, takomillashgan, yangi cho‘qqilarga erishgan. Xullas, XXI asr boshlanishidagi bugungi taraqqiyot darajasi - sivilizasiya - bu insoniyatning uzoq tarix davomida erishgan eng buyuk aqliy, ma'naviy va moddiy ne'matidir, yuksak madaniyatidir.

IV

Bilamizki, insoniyat tarixi yzoq davrlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, antropogenez (odamning kelib chiqishi, tadrijiy taraqqiyotini o‘rganuvchi fan) odamzodning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir necha taxminlarni o‘rtaga tashlaydi.



O‘zbekiston hududida bundan bir yarim million yillar muqaddam eng qadimgi inson faoliyatining madaniy izlari janubiy Farg‘onadagi Selung‘ur g‘oridan topilgan. G‘ordan bir necha yuzlab qayroq toshlardan yasalgan qo‘l cho‘qmorlari va boshqa qurollar topilgan. Shu qordan topilgan ilk inson suyaklari tik yuradigan insonlar sirasiga kiradi va u jahon faniga birinchi marotaba fergantrop nomi bilan kirdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Chashma, Toshkent viloyatining Ko‘lbuloq, Toshsoy yodgorliklaridan topilgan ashyolar qadimgi madaniyat o‘choqlari borligidan dalolat beradi.

Miloddan oldingi inson o‘tmishi va madaniyatini hozirgi zamon tadqiqotchilari bir necha davrlarga bo‘lganlar.

Ibtidoiy mehnat qurollari toshdan yasalganligi sababli eng qadimgi davrni tarixchilar paleolit (yunoncha qadimgi tosh) davri deb ataydilar. Tosh davri uch bosqichga bo‘linadi. Ilk paleolit odamzod paydo bo‘lgandan to 100 ming yillar ilgarigi davrni o‘z ichiga oladi. O‘rta paleolit bosqichi taxminan 100-40 ming yillar ilgarigi davrdir. So‘nggi paleolit esa taxmina 40-12 ming yillardan oldingi davrni o‘z ichiga oladi4.

Qadim o‘lkamizda ilk paleolit davri odamlari to‘da-to‘da bo‘lib, asosan g‘orlarda yashaganlar. Ularning asosiy mashg‘ulotlari izlab, ozuqa topish, terib eyish, hayvonlarni ovlash, tosh qurollarni yasash, ularni takomillashtirish bo‘lgan. Bu jarayonda odamlarning o‘zlari ham o‘zgarib borgan.

O‘rta paleolit davri odamlari Surxondaryoning Boysun tumanidagi Teshiktosh g‘ori topilmalaridan ma'lum. Shuningdek, bu davrga oid manzilgohlar Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy viloyatlarining 50 ga yaqin joylarida topilgan. Bu davrda toshga ishlov berish ancha rivojlangan. Eng muhimi odamlar olovni kashf etganlar.

So‘nggi paleolit odamlari yashagan manzilgohlar Samarqand, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining 30 ga yaqin joylarida aniqlangan. Mehnat qurollari, ovchilik anjomlari (baliq ovi ham) takomillashadi, odamlar yashash uchun kulbalar quradilar. Bu davrning oxirlarida ibtidoiy to‘da o‘rnida ibtidoiy jamoa-urug‘chilik tuzumi vujudga kela boshlaydi. Dastlab urug‘chilik jamoalaridagi qarindoshlik ona tomonidan bo‘lgan. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotning bu bosqichini olimlar “matrlarxat”, deb atadi. Ona urug‘i keyingi tosh davrlarida ham hukmronlik qilgan. Ibtidoiy jamiyatning ikkinchi davri mezolit-o‘rta tosh davri, deb ataladi va u mil.av. 12-7 minginchi yillarga oid.

Farg‘onaning Obishir soyidan, Toshkentning Bo‘zsuv vohasidan, Surxondaryoning Machay qishlog‘idan va boshqa joylardan mezolit davriga oid manzilgohlar topilgan. Bu davrda o‘q-yoy kashf etiladi, bir qancha jonivorlar (it, sigir, qo‘y, echki) xonakilashtiriladi, diniy e'tiqodlar vujudga keladi, tasviriy san'at paydo bo‘la boshlaydi. Xususan, Surxondaryoning Zaraut soyida bundan taxminan 14-15 ming yil avval yaratilgan qoyatosh suratlar buning isbotidir.

Uchinchi davr-neolit, ya'ni yangi tosh davri bo‘lib, u mil. av. 6-4 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.

Neolit davri manzilgohlari ko‘plab Amudaryo quyi oqimida Kaltaminorda topilgan. Zarafshon xavzasidagi boy topilmalar bu davr hayotiga aniqlik kiritadi. Odamlar xayvon terisidan tikilgan kiyimlar o‘rniga jun va o‘simlik tolasidan to‘g‘ilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadilar.

Hunarmandchilikda to‘qimachilik, tikuvchilik paydo bo‘ladi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi ho‘jalik shakllana bordi. Odamlar o‘troqlasha boshladilar, kulbalar, uylar barpo etiladi. Ajdodlarimiz loydan idish yasab, ularni olovda pishirishni, yog‘och va hamishdan qayiq yasashni o‘rgandilar. Navoiy viloyati hududida qariyb 7 ming yil muqaddam ajdodlarimiz qo‘li bilan loydan yasalgan xumcha topildi. Sopol idishlarni kashf etish suyuq ovqatlar tayorlash imkonini yaratdi.

Keyingi davr-eneolit yoki tosh-mis davri deyilada va u mil. av. 4 ming yilliklarda yuz beradi.

Odamlar o‘z mehnat qurollarini yasash uchun har xil mustahkam toshlar qidirib, tabiiy misga duch keladilar va undan turli buyumlar yasaydilar. Keyinchalik misni olovda eritib ishlatish kashf etiladi. Markaziy Osiyoda ochiq ruda konlari va ular atrofida metall eritish ustaxonalari mavjud bo‘lgan. Xususan, Kaltaminor madaniyatini yaratgan ajdodlarimiz rudadan metall olganlar. Sof misdan qurollar qilingan. Qadimgi “degrezlar” (metallurglar) keyinroq qalayni misga qorishtirib jez (bronza) olishni o‘rganganlar. Ajdodlarimiz metall eritish texnologiyasini, u bilan bog‘liq fizik-kimyoviy jarayonlarni o‘zlashtirganlar. Ular sifatli jez olish uchun mis bilan qo‘rg‘oshin aralashmasi 9:1 nisbatda va uni eritish harorati 930-1030 daraja bo‘lishi kerakligini bilganlar. Bronzadan foydalanish mehnat qurollari turini ko‘paytirish imkoniyatini yaratdi. Maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari paydo bo‘ldi.

Beshinchi davr bronza davri, mis-qalay g‘orishmasidan jez olingan davrdir. U mil. av. 3-2 minginchi yillar davridir.

Yurtimizda metalldan foydalanishga utilishi, ko‘pxonali uylarning barpo etilishi, eng qadimgi ibodatxonalarning qurilishi, dastlabki humdonlarning paydo bo‘lishi ham mis-tosh davriga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtlarda charxda ishlangan sopol buyumlarning, shu jumladan xaykalchalarning tarqalishi ham yuz bergan. Keyingi davr temir davri deb tarixga kirgan. Demak, mil av. birminginchi yillar boshlarida odamlar temirdan turli qurollar, asbob-uskunalar yasashni o‘zlashtirgan.

Inson tarixidagi bu olti davr davomida tirikchilik, hayot uchun kurash odamlar o‘ylashga, qiyoslashga, fikr muloqaza qilishga, ongli harakatda bo‘lishga, o‘zini idora qilishga majbur etdi. Bu jarayonda odamlarning faxmu-farosati, tafakkuri o‘sib bordi, turli moddiy va madaniy qadriyatlar vujudga keldi. Bu ulkan davrni o‘z ichiga olgan jarayon ko‘pincha dastlabki sivilizasiya deb ataladi.5

Dastlabki sivilizasiya ma'lum darajada til va yozuvlar bilan bog‘liq. Yozuv madaniyatining eng qadimgi o‘choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir. Markaziy Osiyoda ham yozuv mil.av. asrlarda paydo bo‘lgan. Yozuv yaratish harakatlarining dastlabki qadamlarini xalqimizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib suratlarda ko‘ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan. Bu harakat ahmoniylar davrida ma'lum bir yozuvga aylangan. Mutaxassis olimlar mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So‘g‘d, Xorazm, Baxtar, Parfiya kabi o‘lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo‘ljallangan yangi yozuvlar yaratildi, deb ta'kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan farq qiluvchi mustaqil yozuv tizimlari bo‘lgan. Mil. av. IV-III asrlarda, shuningdek, Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run (Urxun-Enasoy), uyg‘ur, so‘g‘d yozuvlarini qo‘llaganlar.

Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo‘lib, ular takomillasha borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu tariqa Markaziy Osiyo madaniyatining rivojiga o‘z ulushini qo‘shgan. Respublihamiz hududida tillarning shakllanishi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda qadimgi mahalliy tillar-turkiy, So‘g‘diy bo‘lgan. O‘rta asrlarda esa ular bilan birga forsiy, arab, chig‘atoy va o‘zbek tillari rivoj topa boshlagan.

Qadim zamon odamlarida turli tabiiy va g‘ayri tabiiy kuchlarga ishonch tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Shu alfozda urug‘chilik davrida totemizm, ajdodlar ruhiga sig‘inishlar, sehrgarlik, shamanlik kabi e'tiqod va marosimlar vujudga keladi va tarqaladi. Bu dastlabki e'tiqodlar, ayniqsa totemizm o‘sha paytda paydo bo‘la boshlagan san'atda turli hayvonlar siymosi sifatida o‘z aksini topgan edi. Bunday siymolar Farg‘onaning ayrim qishloqlaridan, Toshkent viloyatining Chinoz, Sijjak tumanlaridan, Samarqand atrofidan, Amudaryo sohillaridan topilgan. Keyingi davrlarda tabiatning turli hodisa va namoyondalarini ilohiylashtirish, ularga ettiqod qilish va sig‘inish davom etgan.

Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar vujudga kela boshladi. Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga sig‘inish, oxirat to‘g‘risidagi afsonalar paydo bo‘ladi. Endi diniy tasavvurlar ancha murakkablashadi, milliy aqidalar asosida jahon dinlari, xususan, zardushtiylik shakllana boradi.

Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorliklar bundan 2-2,5 ming yil avval Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida zardushtiylarning olovxonalari bilan bir qatorda buddaviylarning ibodatxonalari bo‘lgani, ulardan minglab e'tiqod qiluvchilar foydalanganligidan xabar beradi.

Ajdodlarimiz ma'lum bir odatlar, rasm-rusumlar, udumlarni o‘ylab topganlar, ular asta-sekin an'analarga, hayot qoidalariga aylangan. Shy alfozda qadriyatlar vujudga kelgan, ular esa, o‘z navbatida, kishilarni ma`naviy yetuklikka da'vat etgan. Bunga yorqin misol Navro‘z udumlaridir.

Tadqiqotchilarning fikricha, Navro‘z bayrami bundan taxminan 3,5-4 ming yil avval paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda qadimgi dehqonlar qishni kuzatib, bahorni qarshilash marosimini shunday deb ataganlar. U davrlarda aholining aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Navro‘z yangilanish, poklanish ramzi, inson umidlari, niyatlarini ifodalash belgisi sifatida paydo bo‘lgan.6

V

Qadimda o‘lkamizda yashagan aholining ma'naviy va madaniy qiyofasi mashhur "Avesto" kitobida o‘z ifodasini topgan. Ma'lumki, bu muqaddas kitob Markaziy Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi dastlabki noyob manbadir. "Avesto" avval xalq oqzaki ijodi shaklida tarqalgan va bir necha asrlar davomida oqizdan-oqizga o‘tib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron, Ozarbayjon elatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, olam haqidagi tasavvurlarini va diniy qarashlarini o‘zida aks etdirgan. Bu asar ko‘p yillar davomida zardushtiylik - otashparastlik dinining ulamo koxinlari tomonidan to‘ldirilib, takomillashtirilgan7. Abu Rayxon Beruniyning "O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida ta'kidlashicha, "Avesto" ilk bor mil. av. VI asr boshlarida to‘liq holda 12 ming qoramol (xo‘kiz) terisiga zarhal harflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) sharqni zabt etganda "Avesto"ning nodir nusxasidan o‘ziga ma'qul bo‘lgan joylarini tarjima qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu qomusiy asarning 5 dan 3 qismi kuydirib yuborilgan. Keyinchalik - milodiy I-IV asrlarda "Avesto"ning qolgan qismlari jamlanib, ayrim joylari qayta tiklanib, yangidan kitob xoliga keltirilgan. Bizga qadar "Avesto"ning ayrim qismlarigina yetib kelgan. Bular: "Yasna" -ibodat paytida ijro etiladigan matnlar "Yasht" -otashparastlarning tangrini ta'riflash madhiyalari "Vendidot" -zulm timsoli-devlarga qarshi qonunlar va afsonalar "Visparat"-ibodat yo‘sinlari va mazmuni haqida ma'lumotlardir.



"Avesto" ta'limotining asoschisi tarixda Zardushtra (Zardust) isimli shaxs bo‘lgan. Zardushtra-oltin tuyali yoki oltin tuya yetaklovchisi degan ma'noda ishlatilgan. Zardushtra otashparastlik g‘oyalarini o‘z ham fikrlari bilan birgalikda Katta Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Eron, Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi o‘rtasida targ‘ib etgan.

Ma'lumki, qadimgi zamon moddiy va ma'naviy taraqqiyoti fanda antik, ya'ni qadimgi sivilizasiya deb ataladi. Jahonning turli mintaqalarida vujudga kelgan bu taraqqiyot bora-bora umuminsoniy qadriyatlarga, madaniyatga, sivilizasiyaga aylangan. O‘zbekiston esa insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lgan. Demak, o‘lkamiz da yashab o‘tgan qadimgi odamlar jahon ravnaqiga, uning bugungi rivojiga o‘zining munosib hissalarini qo‘shganlar. Shu bois bugungi mustaqil O‘zbekiston xalqlarida milliy g‘urur bilan birga taraqqiyotga, sivilizasiyaga intilish xissi kattadir.

Tabiiyki tarix fani o‘tmish merosini yangi avlodlarga to‘laqonli yetkazish bilan ularning ma'naviy tarbiyasiga, komil insonlar bo‘lib yetishuviga o‘z munosib hissasini qo‘shmoqda. Yurtimiz o‘tmishi xalq xotirasi, avlodlar o‘rganib saboq oluvchi hayot maktabidir. Tarix - bu nafaqat o‘tmish uning tahlili bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai bo‘lib, u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Tarixning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Islom Karimov aytganidek, "Xotirasiz barhamol kishi bo‘lmaganidek o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi"8. Yurtboshimiz "Milliy mafkurani shakllantirishda eng katta manba - bu haqqoniy yoritilgan tarixdir" deb uqtiradilar. Davlatimiz rahbar i "Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda", deb yozadilar. Demak, tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosini egallash talabalarda vatanparvarlik, odillik, halol lik, meqr-oqibat, baqrikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlar shakllanishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, tarix bu tafakkur buloqi. U bizni o‘tmish voqealariga ochiq ko‘z bilan qarashga, oq-qorani aniqroq ko‘rishga, ziyraklik bilan anglashga o‘rgatadigan, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da'vat etadigan fandir. Shu bois sirtqi bo‘lim talabalariga ham mutaxassisligidan qat'i nazar O‘zbekiston tarixi fan sifatida o‘rgatiladi.

Odamzodda ong paydo bo‘libdiki, o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatiga, ya'ni ma'lum darajadagi sivilizasiyasiga ega bo‘la boshlagan. Mapkaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston xalqlari ham qadim zamonlardan beri hayot tarzini takomillashtirar ekan, o‘zi uchun turli qulayliklar yaratgan. Odatlar, rusumlar esa an'anaga aylanib borgan.

"Sivilizasiya" qanday ma'noni bildiradi? Bu so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, u hozirgi zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqin etiladi, shuningdek, u inson hayoti uchun qulayliklar yaratish jarayonini ifodalovchi tushuncha hamdir. Adabiyotda bu so‘z "tamaddun" deb ham ataladi va madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma'nosida ishlatiladi. Qomusiy kitoblarda sivilizasiya – jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar, shuningdek ularni yanada ko‘paytirib va takomillashtirib borish usullarining majmui, deyiladi.

Demak, sivilizasiya insoniyat taraqqiyotining maxsuli va ayni paytda zaminidir.

Sivilizasiya qadimda yer kurrasining bir necha turli qit'a va hududlarida mustaqil ravishda paydo bo‘lgan va shu sababdan uning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. Zamonlar o‘tib bu mahalliy sivilizasiyalarning bir qator xususiyatlari boshqa hududlardagi taraqqiyot belgilari bilan qorishib , umuminsoniy sivilizasiya vujudga kelgan. Asrlar osha bu madaniyat darajasi oshib borgan, takomillashgan, yangi cho‘qqilarga erishgan. Xullas, XXI asr boshlanishidagi bugungi taraqqiyot darajasi - sivilizasiya - bu insoniyatning uzoq tarix davomida erishgan eng buyuk aqliy, ma'naviy va moddiy ne'matidir, yuksak madaniyatidir.

IV

Bilamizki, insoniyat tarixi yzoq davrlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, antropogenez (odamning kelib chiqishi, tadrijiy taraqqiyotini o‘rganuvchi fan) odamzodning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir necha taxminlarni o‘rtaga tashlaydi.



O‘zbekiston hududida bundan bir yarim million yillar muqaddam eng qadimgi inson faoliyatining madaniy izlari janubiy Farg‘onadagi Selung‘ur g‘oridan topilgan. G‘ordan bir necha yuzlab qayroq toshlardan yasalgan qo‘l cho‘qmorlari va boshqa qurollar topilgan. Shu qordan topilgan ilk inson suyaklari tik yuradigan insonlar sirasiga kiradi va u jahon faniga birinchi marotaba fergantrop nomi bilan kirdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Chashma, Toshkent viloyatining Ko‘lbuloq, Toshsoy yodgorliklaridan topilgan ashyolar qadimgi madaniyat o‘choqlari borligidan dalolat beradi.

Miloddan oldingi inson o‘tmishi va madaniyatini hozirgi zamon tadqiqotchilari bir necha davrlarga bo‘lganlar.

Ibtidoiy mehnat qurollari toshdan yasalganligi sababli eng qadimgi davrni tarixchilar paleolit (yunoncha qadimgi tosh) davri deb ataydilar. Tosh davri uch bosqichga bo‘linadi. Ilk paleolit odamzod paydo bo‘lgandan to 100 ming yillar ilgarigi davrni o‘z ichiga oladi. O‘rta paleolit bosqichi taxminan 100-40 ming yillar ilgarigi davrdir. So‘nggi paleolit esa taxmina 40-12 ming yillardan oldingi davrni o‘z ichiga oladi9.

Qadim o‘lkamizda ilk paleolit davri odamlari to‘da-to‘da bo‘lib, asosan g‘orlarda yashaganlar. Ularning asosiy mashg‘ulotlari izlab, ozuqa topish, terib eyish, hayvonlarni ovlash, tosh qurollarni yasash, ularni takomillashtirish bo‘lgan. Bu jarayonda odamlarning o‘zlari ham o‘zgarib borgan.

O‘rta paleolit davri odamlari Surxondaryoning Boysun tumanidagi Teshiktosh g‘ori topilmalaridan ma'lum. Shuningdek, bu davrga oid manzilgohlar Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy viloyatlarining 50 ga yaqin joylarida topilgan. Bu davrda toshga ishlov berish ancha rivojlangan. Eng muhimi odamlar olovni kashf etganlar.

So‘nggi paleolit odamlari yashagan manzilgohlar Samarqand, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining 30 ga yaqin joylarida aniqlangan. Mehnat qurollari, ovchilik anjomlari (baliq ovi ham) takomillashadi, odamlar yashash uchun kulbalar quradilar. Bu davrning oxirlarida ibtidoiy to‘da o‘rnida ibtidoiy jamoa-urug‘chilik tuzumi vujudga kela boshlaydi. Dastlab urug‘chilik jamoalaridagi qarindoshlik ona tomonidan bo‘lgan. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotning bu bosqichini olimlar “matrlarxat”, deb atadi. Ona urug‘i keyingi tosh davrlarida ham hukmronlik qilgan. Ibtidoiy jamiyatning ikkinchi davri mezolit-o‘rta tosh davri, deb ataladi va u mil.av. 12-7 minginchi yillarga oid.

Farg‘onaning Obishir soyidan, Toshkentning Bo‘zsuv vohasidan, Surxondaryoning Machay qishlog‘idan va boshqa joylardan mezolit davriga oid manzilgohlar topilgan. Bu davrda o‘q-yoy kashf etiladi, bir qancha jonivorlar (it, sigir, qo‘y, echki) xonakilashtiriladi, diniy e'tiqodlar vujudga keladi, tasviriy san'at paydo bo‘la boshlaydi. Xususan, Surxondaryoning Zaraut soyida bundan taxminan 14-15 ming yil avval yaratilgan qoyatosh suratlar buning isbotidir.

Uchinchi davr-neolit, ya'ni yangi tosh davri bo‘lib, u mil. av. 6-4 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.

Neolit davri manzilgohlari ko‘plab Amudaryo quyi oqimida Kaltaminorda topilgan. Zarafshon xavzasidagi boy topilmalar bu davr hayotiga aniqlik kiritadi. Odamlar xayvon terisidan tikilgan kiyimlar o‘rniga jun va o‘simlik tolasidan to‘g‘ilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadilar.

Hunarmandchilikda to‘qimachilik, tikuvchilik paydo bo‘ladi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi ho‘jalik shakllana bordi. Odamlar o‘troqlasha boshladilar, kulbalar, uylar barpo etiladi. Ajdodlarimiz loydan idish yasab, ularni olovda pishirishni, yog‘och va hamishdan qayiq yasashni o‘rgandilar. Navoiy viloyati hududida qariyb 7 ming yil muqaddam ajdodlarimiz qo‘li bilan loydan yasalgan xumcha topildi. Sopol idishlarni kashf etish suyuq ovqatlar tayorlash imkonini yaratdi.

Keyingi davr-eneolit yoki tosh-mis davri deyilada va u mil. av. 4 ming yilliklarda yuz beradi.

Odamlar o‘z mehnat qurollarini yasash uchun har xil mustahkam toshlar qidirib, tabiiy misga duch keladilar va undan turli buyumlar yasaydilar. Keyinchalik misni olovda eritib ishlatish kashf etiladi. Markaziy Osiyoda ochiq ruda konlari va ular atrofida metall eritish ustaxonalari mavjud bo‘lgan. Xususan, Kaltaminor madaniyatini yaratgan ajdodlarimiz rudadan metall olganlar. Sof misdan qurollar qilingan. Qadimgi “degrezlar” (metallurglar) keyinroq qalayni misga qorishtirib jez (bronza) olishni o‘rganganlar. Ajdodlarimiz metall eritish texnologiyasini, u bilan bog‘liq fizik-kimyoviy jarayonlarni o‘zlashtirganlar. Ular sifatli jez olish uchun mis bilan qo‘rg‘oshin aralashmasi 9:1 nisbatda va uni eritish harorati 930-1030 daraja bo‘lishi kerakligini bilganlar. Bronzadan foydalanish mehnat qurollari turini ko‘paytirish imkoniyatini yaratdi. Maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari paydo bo‘ldi.

Beshinchi davr bronza davri, mis-qalay g‘orishmasidan jez olingan davrdir. U mil. av. 3-2 minginchi yillar davridir.

Yurtimizda metalldan foydalanishga utilishi, ko‘pxonali uylarning barpo etilishi, eng qadimgi ibodatxonalarning qurilishi, dastlabki humdonlarning paydo bo‘lishi ham mis-tosh davriga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtlarda charxda ishlangan sopol buyumlarning, shu jumladan xaykalchalarning tarqalishi ham yuz bergan. Keyingi davr temir davri deb tarixga kirgan. Demak, mil av. birminginchi yillar boshlarida odamlar temirdan turli qurollar, asbob-uskunalar yasashni o‘zlashtirgan.

Inson tarixidagi bu olti davr davomida tirikchilik, hayot uchun kurash odamlar o‘ylashga, qiyoslashga, fikr muloqaza qilishga, ongli harakatda bo‘lishga, o‘zini idora qilishga majbur etdi. Bu jarayonda odamlarning faxmu-farosati, tafakkuri o‘sib bordi, turli moddiy va madaniy qadriyatlar vujudga keldi. Bu ulkan davrni o‘z ichiga olgan jarayon ko‘pincha dastlabki sivilizasiya deb ataladi.10

Dastlabki sivilizasiya ma'lum darajada til va yozuvlar bilan bog‘liq. Yozuv madaniyatining eng qadimgi o‘choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir. Markaziy Osiyoda ham yozuv mil.av. asrlarda paydo bo‘lgan. Yozuv yaratish harakatlarining dastlabki qadamlarini xalqimizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib suratlarda ko‘ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan. Bu harakat ahmoniylar davrida ma'lum bir yozuvga aylangan. Mutaxassis olimlar mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So‘g‘d, Xorazm, Baxtar, Parfiya kabi o‘lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo‘ljallangan yangi yozuvlar yaratildi, deb ta'kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan farq qiluvchi mustaqil yozuv tizimlari bo‘lgan. Mil. av. IV-III asrlarda, shuningdek, Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run (Urxun-Enasoy), uyg‘ur, so‘g‘d yozuvlarini qo‘llaganlar.

Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo‘lib, ular takomillasha borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu tariqa Markaziy Osiyo madaniyatining rivojiga o‘z ulushini qo‘shgan. Respublihamiz hududida tillarning shakllanishi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda qadimgi mahalliy tillar-turkiy, So‘g‘diy bo‘lgan. O‘rta asrlarda esa ular bilan birga forsiy, arab, chig‘atoy va o‘zbek tillari rivoj topa boshlagan.

Qadim zamon odamlarida turli tabiiy va g‘ayri tabiiy kuchlarga ishonch tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Shu alfozda urug‘chilik davrida totemizm, ajdodlar ruhiga sig‘inishlar, sehrgarlik, shamanlik kabi e'tiqod va marosimlar vujudga keladi va tarqaladi. Bu dastlabki e'tiqodlar, ayniqsa totemizm o‘sha paytda paydo bo‘la boshlagan san'atda turli hayvonlar siymosi sifatida o‘z aksini topgan edi. Bunday siymolar Farg‘onaning ayrim qishloqlaridan, Toshkent viloyatining Chinoz, Sijjak tumanlaridan, Samarqand atrofidan, Amudaryo sohillaridan topilgan. Keyingi davrlarda tabiatning turli hodisa va namoyondalarini ilohiylashtirish, ularga ettiqod qilish va sig‘inish davom etgan.

Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar vujudga kela boshladi. Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga sig‘inish, oxirat to‘g‘risidagi afsonalar paydo bo‘ladi. Endi diniy tasavvurlar ancha murakkablashadi, milliy aqidalar asosida jahon dinlari, xususan, zardushtiylik shakllana boradi.

Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorliklar bundan 2-2,5 ming yil avval Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida zardushtiylarning olovxonalari bilan bir qatorda buddaviylarning ibodatxonalari bo‘lgani, ulardan minglab e'tiqod qiluvchilar foydalanganligidan xabar beradi.

Ajdodlarimiz ma'lum bir odatlar, rasm-rusumlar, udumlarni o‘ylab topganlar, ular asta-sekin an'analarga, hayot qoidalariga aylangan. Shy alfozda qadriyatlar vujudga kelgan, ular esa, o‘z navbatida, kishilarni ma`naviy yetuklikka da'vat etgan. Bunga yorqin misol Navro‘z udumlaridir.

Tadqiqotchilarning fikricha, Navro‘z bayrami bundan taxminan 3,5-4 ming yil avval paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda qadimgi dehqonlar qishni kuzatib, bahorni qarshilash marosimini shunday deb ataganlar. U davrlarda aholining aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Navro‘z yangilanish, poklanish ramzi, inson umidlari, niyatlarini ifodalash belgisi sifatida paydo bo‘lgan.11

V

Qadimda o‘lkamizda yashagan aholining ma'naviy va madaniy qiyofasi mashhur "Avesto" kitobida o‘z ifodasini topgan. Ma'lumki, bu muqaddas kitob Markaziy Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi dastlabki noyob manbadir. "Avesto" avval xalq oqzaki ijodi shaklida tarqalgan va bir necha asrlar davomida oqizdan-oqizga o‘tib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron, Ozarbayjon elatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, olam haqidagi tasavvurlarini va diniy qarashlarini o‘zida aks etdirgan. Bu asar ko‘p yillar davomida zardushtiylik - otashparastlik dinining ulamo koxinlari tomonidan to‘ldirilib, takomillashtirilgan12. Abu Rayxon Beruniyning "O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida ta'kidlashicha, "Avesto" ilk bor mil. av. VI asr boshlarida to‘liq holda 12 ming qoramol (xo‘kiz) terisiga zarhal harflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) sharqni zabt etganda "Avesto"ning nodir nusxasidan o‘ziga ma'qul bo‘lgan joylarini tarjima qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu qomusiy asarning 5 dan 3 qismi kuydirib yuborilgan. Keyinchalik - milodiy I-IV asrlarda "Avesto"ning qolgan qismlari jamlanib, ayrim joylari qayta tiklanib, yangidan kitob xoliga keltirilgan. Bizga qadar "Avesto"ning ayrim qismlarigina yetib kelgan. Bular: "Yasna" -ibodat paytida ijro etiladigan matnlar "Yasht" -otashparastlarning tangrini ta'riflash madhiyalari "Vendidot" -zulm timsoli-devlarga qarshi qonunlar va afsonalar "Visparat"-ibodat yo‘sinlari va mazmuni haqida ma'lumotlardir.



"Avesto" ta'limotining asoschisi tarixda Zardushtra (Zardust) isimli shaxs bo‘lgan. Zardushtra-oltin tuyali yoki oltin tuya yetaklovchisi degan ma'noda ishlatilgan. Zardushtra otashparastlik g‘oyalarini o‘z ham fikrlari bilan birgalikda Katta Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Eron, Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi o‘rtasida targ‘ib etgan.

Ma'lumki, qadimgi zamon moddiy va ma'naviy taraqqiyoti fanda antik, ya'ni qadimgi sivilizasiya deb ataladi. Jahonning turli mintaqalarida vujudga kelgan bu taraqqiyot bora-bora umuminsoniy qadriyatlarga, madaniyatga, sivilizasiyaga aylangan. O‘zbekiston esa insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lgan. Demak, o‘lkamiz da yashab o‘tgan qadimgi odamlar jahon ravnaqiga, uning bugungi rivojiga o‘zining munosib hissalarini qo‘shganlar. Shu bois bugungi mustaqil O‘zbekiston xalqlarida milliy g‘urur bilan birga taraqqiyotga, sivilizasiyaga intilish xissi kattadir.




Download 53.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling