Temirchilik 1) temirni bolgʻalab turli buyumlar (ketmon, oʻroq, tesha va boshqalar) yasash


Download 78.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.03.2023
Hajmi78.56 Kb.
#1308549
Bog'liq
Temirchilik - Vikipediya



Temirchilik
Temirchilik - 1) temirni bolgʻalab turli buyumlar (ketmon, oʻroq, tesha va boshqalar) yasash
kasbi. T. kishilik jamiyatining eng qadimgi davrlarida paydo boʻlgan. Mil. av. 3—4ming yillikda
Eron, Mesopotamiya, Misrda temirni sovuklayin va qizdirib bolgʻalab, turli xil aslahalar,
mehnat qurollari va boshqa buyumlar yasalgani maʼlum. Oʻzbekiston hududida T. ishi maxsus
doʻkonda amalga oshirilgan. T. doʻkonida — oʻchoq, qoʻra, supa, oʻra, choʻpkunda; ish
qurollaridan sandon, bosqon, bolgʻa, ombur, egov, charx, dam va h.k. boʻlgan. Temirchi temirni
otashdondagi oʻtga qoʻyib qizdiradi, metall tobiga kelib, oq tusga kirgach, uni sandonga
qoʻyib, zarur shaklga kelguncha bolgʻalaydi. Bu ishlar usta, bozgʻonchi va damgir tomonidan
bajarilgan. T. hozir ham keng koʻlamda saqlanib qolgan; 2) ogʻir mashinasozlikning metallni
bolgʻalab, shtamplab, presslab turli buyumlar ishlab chiqariladigan tarmogʻi. Bu tarmoq 16-
asrda Yevropada birinchi marta suv bilan ishlaydigan mexanik bolgʻa yaratilganidan keyin
rivojlandi. 19-asrlarda mashinada shtamplash, bugʻ bilan ishlaydigan bolFa, gidravlik press
vujudga keldi. 20-asr 50y.lariga kelib T.ning yangi usullari, yaʼni qiyin deformatsiyalanadigan
materiallarni portlatib yuqori tezlikda shtamplash, gidrostatik press lash (gidroekstruziya) va
boshqa usullar yaratildi. T. materiallarni deformatsiyalashga, yaʼni ularni yemirmay, tashqi
kuch taʼsirida shaklini oʻzgartirishga asoslangan. T.ning keng ishlatiladigan usullaridan biri
bosim bilan ishlov berish. Bu usul mashinaning eng muhim detallarini tayyorlashda
ishlatiladi. Metall ishlashning asosiy usullari dastlabki materiallarning holatiga (prokat,
quyma va boshqalar), jihozlarga (press, bolgʻa), asboblar bilan uskunalanishiga va texnologik
usullarga bogʻliq. Shu alomatlariga qarab, T. bolgʻalash, hajmiy va list shtamplash, presslash
turlariga boʻlinadi (qarang 
Metallarni ishlash
).
Bolgʻalash — metallarni bosim bilan ishlash usullaridan biri (qarang 
Bolgʻalash

Bolgʻalash
mashinasi
). Shtamplash — materiallarga bosim bilan ishlov berish; bunda zagotovkaga
shtamplarda plastik deformatsiya berilib, zarur shakldagi buyumlar olinadi. Shtamplash 0,5—


30 t li katta bolgʻalarda, 6—100 Mn (600—10000 tonna kuch) kuch bilan zarb beradigan
issiklayin shtamplaydigan krivoshipli presslarda, 750 Mn (75000 tonna kuch) kuch bilan zarb
beradigan gidravlik presslarda bajariladi. Shtamplash materiallarni ancha tejaydi, buyumlar
tannarxini kamaytiradi.
Presslash — turli profilli materiallar, simlar, quvurlardan zagotovka va buyumlar olish usuli.
Hajmiy yumshok, materiallar (paxta, xashak va boshqalar) ni paketlashda, ikkilamchi xom
ashyolar (qirindi, chiqindi)ni qayta ishlash va boshqalarda ham ishlatiladi.
T. yoʻli bilan ishlab chiqariladigan buyumlar avtomobil va aviatsiya sanoatlarida, traktorsozlik,
asbobsozlik, yengil sanoat, uyroʻzgʻor va boshqa tarmoqlarda ishlatiladi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Temirch
ilik&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Temirchilik&oldid=2859963

dan olindi 

Download 78.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling