1-mavzu: O’zbekiston tarixi predmeti, uni o’rganishning metodologik tamoyillari, manbalari va ahamiyati Reja


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/39
Sana24.11.2017
Hajmi5.05 Kb.
#20824
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39

Xiva  xonligiga  yurish.  Fon  Kaufman  1873-yil  bahorida  12  mingdan  ortiq  zobit  va 
askar,  56  ta  to’p-zambaraklar  bilan  Xiva  xonligiga  yurish  boshladi.  Ayni  paytda  Xivaga 
qarshi Orenburg, Mang’ishloq, Krasnovodsk, shuningdek Kavkaz okrugi qo’shinlari ham 
yurishga kirishgan edi. Umumiy qo’mondonlik Kaufman zimmasiga yuklatilgan edi. Xiva 
xoni  Muhammad  Rahimxon  bosqinchilarga  qarshi  o’z  qo’shinlarining  bir  qismini 
Muhammadmurod  devonbegi  boshchiligida  Chorjo’y  tomonga,  yana  bir  qismini  Eltuzar 
inoq  boshchiligida  Qo’ng’irot  tomonga,  yana  bir  qismini  amir  To’ra  boshchiligida 
Xazaraspga,  Inoqbek  boshchiligidagi  qismni  Xo’jayliga  safarbar  etdi.  Xon  Rossiya 
imperiyasi  qo’shinlariga  bas  kelolmasligini  anglab  etgan  edi.  Amudaryo  bo’ylarida 
qirg’inbarot janglar bo’ldi. 1873-yil 18-may kuni Kaufman otryadlari Amudaryodan o’tib 
Xazaraspni egalladi, Qo’ng’irot va Xo’jayli shaharlari, Mang’it qal’asi zabt etildi, talandi. 
Istilochi qo’shinlar Xivaga yaqinlashib qolganda Muhammad Rahimxon poytaxtni tashlab 
chiqadi  va  Izmiqsho’r  tarafdagi  turkman  ovuliga  yashirinadi.  Xivalik  Otajon  to’ra 
Kaufman huzuriga borib shaharni vayron etmaslikni so’raydi. Kaufman shaharni zabt etib, 

Otajon  to’raga  xonni  topishni  buyuradi  va  xon  xazinasini,  moddiy-ma’naviy  boyliklarni 
qo’lga kiritadi. 
1873-yil  12-avgustda  Xivaga  yaqin  Gandimiyon  qishlog’ida  Kaufman  bilan 
Rahimxon  uchrashuvi  bo’ladi  va  tarixda  Gandimiyon  shartnomasi  deb  nom  olgan 
shartnoma  imzolanadi.  Shartnomaga  muvofiq  Xiva  xonligi  Rossiyaning  vassaliga 
aylantirildi.  Amudaryo  quyi  oqimining  o’ng  tomonidagi  yerlar  Rossiya  imperiyasi 
tarkibiga  kiritildi,  xonlikka  oltin  hisobida  2  million  200  ming  so’m  tovon  to’lash 
yuklatildi.  Rossiya  savdo-sanoatchilari  Xiva  xonligida  bojsiz  savdo  qilish,  xonlik 
hududida  yer  olish,  sanoan  korxonalari  qurish  xuquqini  oldi.  Xon  o’zini  Rossiya 
podshohining itoatkor xizmatkori, deb tan olishga majbur bo’ldi. 
Qo’qon xonligining tugatilishi. Kaufman Xiva xonligi taqdirini hal qilgach, Qo’qon 
xonligini  tugatishga kirishdi. Bu vaqtda Qo’qon  xonligida hokimiyat  uchun  ichki kurash 
avjga chiqqan  edi. 1868-yil 13-fevralda Kaufman  va  Qo’qon xoni  Xudoyorxon o’rtasida 
shartnoma  imzolangan  bo’lib,  xonlikning  istilochilar  bosib  olgan  hududlari  Rossiya 
tasarrufiga  o’tganligi  e’tirof  etilgan  edi.  Rossiya  savdogarlariga  Qo’qon  xonligining 
barcha hududlarida hechqanday moneliksiz faoliyat yuritish, karvonsaroylarga ega bo’lish 
huquqi  berilgan  edi.  Bu  shartnomadan  qoniqmagan  Qo’qon  xonligidagi  kuchlarning 
Xudoyorxondan  noroziligi  ortib  boradi.  Buning  ustiga  xonlik  hududi  qisqarganligini 
ro’kach  qilib  xazinani  to’ldirish  uchun  yangi-yangi  soliqlar  joriy  etiladi.  Xudoyorxon 
bosqinchlarga o’zini yaqin tutar, Qo’qon bilan Rossiyani bir davlat deb hisoblardi. 1973-
yilda 
Farg’ona 
vodiysida 
Xudoyorxonga 
qarshi 
qo’zg’olon 
boshlandi. 
Qo’zg’olonchilarning  bir  qismiga  qirg’izlarning  boston  urug’idan  chiqqan  mulla  Ishoq 
Hasan o’g’li boshchilik qiladi. U Qo’qon xoni Olimxonning nevarasi Po’latxon deb e’lon 
qilinadi va u Namanga kelib qo’zg’olonga rahbarlik qila boshlaydi. Ayni paytda xonlikda 
Xudoyorxonning  o’g’illari  Nasriddinbek  va  Muhammad  Aminbek,  Sherali  dodxoh, 
Abdurahmon oftobachi va boshqalar ham bosh ko’taradilar. Ular bir tomondan,  Rossiya 
imperiyasi  bosqinchilariga  qarshi,  ikkinchi  tomondan,  Kaufmanga  batamom  tobe  bo’lib 
qolgan  Xudoyorxonga  qarshi  kurash  boshlagan  edilar.  Xalq  qo’zg’olonchi  kuchlarga 
ergashadi.  Qo’zg’olonchilar  1875-yil  9-oktabrda  Qo’qonni  egallaydilar.  Xudoyorxon 
ularni bostirishga ojizlik qilib, 1875-yil 22-iyulda Qo’qondan Toshkentga qochib ketadi. 
Kaufman  Xudoyorxonning  40  aravadagi  qimmatbaho  boyliklarini  musodara  qilib, 
o’zini  Orenburgga  surgun  qiladi.  Xudoyorxon,  podsho  ma’murlari  hiylasini  anglab 
yetkach,  bir  amallab  bandilikdan  qochib  hajga  ketadi  va  hayoti  ayanchli  yakun  topadi. 
Xudoyorxon qochgach, qo’zg’olonchi kuchlar kimni xon qilib ko’tarish masalasida ikkiga 
bo’linib  ketadi.  Ayrim  kuchlar  Nasriddinbekni,  boshqalari  Po’latxonni  taxtga 
chiqarmoqchi bo’ladi, ziddiyat yanada kuchayib boradi. 
Kaufman  xonlikdagi  ichki  kelishmovchilikdan  foydalanib,  uni  batamom  bosib  olish 
uchun 1875-yil-avgustda katta qo’shinlarni urushga safarbar etdi. Xonlikni bosib olishda 
generallar  M.D.Skobelev,  Golovachev  va  boshqa  zobitlar  «jonbozlik»  ko’rsatdilar. 
Nasriddenbek,  lashkarboshi  Abdurahmon  oftobachi  bosqinchilarga  taslim  bo’lib  ular 
tomoniga  o’tdilar.  1876-yil-fevralda  xalq  qo’zg’olonlari  qon  bilan  bostiriladi.  Po’latxon 
1876-yil 1-martda dorga osildi, uning safdoshlari ayovsiz jazolandi. 1873-1876-yillardagi 
Farg’ona  vodiysidagi  qo’zg’olonlar  xalqning  ozodlik  harakati  edi.  Buni  o’sha  davrda 
Kaufman ham xalq qo’zg’oloni deb e’tirof etgan. 
1876-yil fevralida Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus farmoni bilan Qo’qon 

xonligi tugatildi, uning o’rniga Farg’ona viloyati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi 
tarkibiga kiritildi. Viloyatga M.D.Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi. U tez orada 
Oloy  vodiysini  ham  o’z  tasarrufiga  kiritdi  (
Oliy  malikasi  Qurbonjon  dodgoh  jasorati 
to’g’risida qarang: O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob, 174-178 betlar
). 
Endi bosqinchilar turkmanlar yashaydigan hududlarni istilo qilishga kirishdilar. 1877-
yilda  Qizil  Arvot,  1881-yilda  Asxabod,  1884-yilda  Marv  bosib  olindi.  Bosib  olingan 
yerlarda Kaspiyorti viloyati tuzilib, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. 
Shunday  qilib,  Rossiya  imperiyasi  20-yil  davom  etgan  qonli  urush  bilan  butun  O’rta 
Osiyoni  bosib  oldi.  Bosib  olingan  o’lkada  mustahkam  va  batamom  o’rnashib  olish 
maqsadida  chet  mamlakatlar  bilan  chegaralarni  aniqlash  choralarini  ko’rdi.  1881-yilda 
Rossiya-Eron  chegara  konvensiyasi  imzolanib,  yangi  Rossiya  mulklari  va  Rossiya-Eron 
o’rtasidagi  chegara  belgilandi.  1885-1887-yillarda  Rossiya  va  Angliya  hukumatlari 
tomonidan  Rossiya-Afg’oniston  chegarasi,  1895-yilda  esa  Pomirdagi  chegaralar 
belgilanadi.  Bu  Rossiya  imperiyasining  O’rta  Osiyodagi  bosqinchilik  harakatining 
yakunlovchi nuqtasi bo’ldi. 
Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi. 
Rossiya  harbiy  vaziri,  graf  D.Milyutin,  podshoh  maslahatchisi  V.Girs  1867-yilda 
«Turkiston  o’lkasini  boshqarish  tartibi»  haqida  qonun  loyihasini  tuzdilar,  u  Vazirlar 
Kengashi  tomonidan  tasdiqlandi  va  amalda  kuchga  kirdi.  O’lkada  mutlaq  hokimiyat 
general-gubernator  qo’lida  to’plandi.  General-gubernatorlik  Kengashi  va  to’rt  bo’limdan 
iborat  mahkama  tuzildi.  Birinchi  bo’lim  ma’muriy  va  nazorat,  ikkinchisi  moliyaviy-
xo’jalik,  uchinchisi  soliq  va  shaharlar  mablag’lari  ishlarini  boshqargan.  To’rtinchisi 
maxsus  bo’lim  deb  atalgan.  General-gubernator  bir  vaqtda  podshoh  noibi,  harbiy  okrug 
qo’shinlari qo’mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo’lgan. U Buxoro amiri faoliyatini 
Rossiya  imperatori  agentligi  orqali  (1886-1917),  Xiva  xonini  esa  Amudaryo  bo’limi 
(1873-1917) boshlig’i orqali nazorat qilib turgan. 
 
Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvi 
  
 
 
 
 
GENEREL-
GUBERNATOR 
 
 
Generel-gubernator kengashi 
Generel-gubernator mahkamasi 
Turkiston harbiy okrugi 
Viloyat harbiy gubernatorligi 
Turkiston rayon muhofaza bo’limi 
Amudaryo bo’limi 
Xiva xonligi 
Imperator siyosiy agenligi 
Buxoro amirligi 
 
Generel-gubernator 
mahkamasi 
                 Ma’muriy va nazorat bo’limi 
Moliyaviy va xo’jalik bo’limi 
Soliq va shahar mablag’lari bo’limi 
Maxsus bo’lim 
 
Turkiston  general-gubernatorligi  viloyatlarga,  viloyatlar  uyezdlarga,  uyezdlar 
uchastkalarga  bo’lingan.  Viloyat  harbiy-gubertanorligiga  general  darajasidagi,  uyezd 

boshlig’iga  polkovnik  darajasidagi,  uchastka  boshlig’iga  kapitan  darajasidagi  zobitlar 
tayinlangan. Mazkur ma’muriy tuzulmaning o’zagi uyezd bo’lib, uning boshlig’i general-
gubernator  tomonidan  tasdiqlangan  va  katta  vakolatga  ega  bo’lgan.  Uyezd  boshlig’i 
ma’muriy, politsiya, harbiy hokimiyatlarni o’zida birlashtirgan, odamlarga jarima solish, 7 
kungacha  hibsda  saqlashi  mumkin  bo’lgan,  shu  boisdan  uni  «hokim  to’ra»  deb  ham 
atashgan.  Uchastka  boshliqlari  ham  odamlarga  jarima  solish,  3  kungacha  hibsda  saqlab 
turishi mumkin bo’lgan. 
Qishloqlarni  boshqarish  uchun  uchastka  boshlig’iga  bo’ysunuvchi  bo’lis  (volost)  va 
ovul ma’muriy boshqaruvi joriy etildi. 1-2 ming xonadon yashovchi hudud bo’lis, 1-2 yuz 
o’tovli hudud ovul deb ataldi. Mahalliy aholi orasidan bo’lis boshqaruvchisi (oqsoqol yoki 
mingboshi),  qishloq  oqsoqollari  (yuz  boshi,  ellik  boshi,  o’n  boshi)  hamda  ovul 
oqsoqollari,  ularning  o’rinbosarlari  saylanadigan  bo’ldi.  Ammo  bu  mahalliy  boshqaruv 
tizimi  Rossiya  ma’muriyati  qo’lida  bo’lgan,  nomigagina  saylangan  mahalliy  aholi 
vakillari ularning qo’lida qo’g’irchoq bo’lganlar. 
 
Turkiston o’lkasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 
 
TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI 
Vassallar 
Viloyatlar 
 
Buxoro 
amirligi 
 
Xiva 
xonligi 
Yettisuv 
Sirdaryo 
Samarqand 
Farg’ona 
Kaspiyorti 
Uyezdlar 
1.Verniy 
2.Kopal 
3.Lepsin 
4.Jarkent 
5.Prejevalsk 
6.Pishkek 
1.Toshkent 
2.Chimkent 
3.Avliyoota 
4.Kazalinsk 
5.Perovsk 
1.Samarqand 
2.Jizzax 
3.Kattaqo’rg’on 
4.Xo’jand 
1.Qo’qon 
2.Andijon 
3.Namangan 
4.Marg’ilon 
5.O’sh 
1.Ashxabod 
2.Krasnovodsk 
3.Marv 
4.Tajan 
5.Mang’ishloq 
Har bir uyezd bo’lis (volost) va ovullarga bo’lingan 
 
Mustamlakachilar  Toshkent  shahrini  Turkiston  general-gubernatorligining  ma’muriy 
markazi  etib  tanlashdi.  Shaharda  80  mingcha  aholi  yashardi,  uning  hududida  270  ta 
mahalla,  310  ta  masjid,  17  ta  madrasa,  11  ta  hammom,  15  ta  do’konli  saroy  va  boshqa 
inshootlar  bo’lgan.  Bosqinchilar  Toshkentning  sharqiy  qismidan  joy  tanlab,  tanlangan 
joydagi  mahalliy  aholini  ko’chirib,  Rossiyadan  kelganlar  yashaydigan  uylar,  ko’chalar, 
oromgohlar  qurdilar.  Shaharning  bu  qismi  Yangi  shahar  deb  ataldi.  Shaharni  hokim 
boshqargan. 
Toshkent shahar Dumasi. Toshkent shahrini boshqarish Nizomi ishlab chiqildi va u 
1877-yilda  Sankt-Peterburgda  tasdiqlangach  kuchga  kirdi.  Nizomga  ko’ra  Toshkent 
shahar  Dumasi  va  boshqarma  saylash  nazarda  tutilgan.  Toshkent  shahar  Dumasi 
noiblarining uchdan ikki qismi yangi shahardan, uchdan bir qismi eski shahar aholisidan 
saylanadi, deb belgilangan edi. Ko’chmas mulki miqdoriga qarab, saylovchilar uch toifaga 
ajratiladi. Mulk  senzi  nuqtai nazaridan kelib  chiqqan  holda, ko’chmas  mulk  qiymatining 
bir foizi hisobidan 3000, 1000, 500 so’mdan ziyod ko’chmas mulk egalaridan uch toifali 
saylovchilar  ro’yxati  tuziladi.  Yetarli  mulkka  ega  bo’lmagan  ziyolilar,  ishchilar, 
dehqonlar, hunarmandlar saylov huquqidan mahrum bo’lib qoldilar. 
1877-yilda  Toshkent  shahar  hokimi  raisligida  har  bir  toifa  bo’yicha  saylovchilar 

yig’ini  bo’lib  o’tdi  va  Dumaga  71  noib  (glasniy)  saylandi.  Dumaga  Toshkentning  80 
mingdan  ortiq  aholi  yashaydigan  eski  shahar  qismidan,  ya’ni  tub  yerli  aholidan  atigi  21 
nafar noib saylandi, aksariyat ko’pchilik noiblar esa 4000 mingga yaqin kishi yashaydigan 
yangi  shahar  qismidan  saylandi.  Bu  holat  boshqaruvning  mustamlakachilik  mohiyatini 
yaqqol ochib beruvchi dalildir. 
Toshkent  shahar  Dumasi  farmoyish  beruvchi  organ  bo’lib,  uni  shahar  hokimi  - 
oqsoqol  boshqarardi.  Turkiston  general-gubernatori  tomonidan  Duma  oqsoqoli  (glava) 
etib  shahar  hokimi  polkovnik  E.P.Pukalov  tayinlanadi.  Noiblar  orasidan  ijro  etuvchi 
hokimiyat - shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi. 
Toshkent shahar Dumasi ma’muriy va o’quv binolari, yo’l qurilishi, obodonlashtirish, 
suv  ta’minoti  va  boshqa  shahar  xo’jaligi  bilan  bog’liq  ishlar  bilan  shug’ullanardi. 
Jumladan,  1892-yilda  shaharda  telefon  aloqasining  yo’lga  qo’yilishi,  1901-yilda  ot 
tortuvchi  tramvay  yo’li  (konka)ning,  1912-yilda  elektr  toki  bilan  yuruvchi  tramvay 
yo’lining  barpo  etilishi,  ko’chalarni  yorituvchi  elektr  lampochkalarining  o’rnatilishi 
kabilarni Toshkent shahar Dumasining ijobiy ishlari qatoriga kiritish mumkin. 
O’lkada  tashkil  etilgan  politsiya  va  sud  idoralari  ham  mustamlakachilik  tartibini 
mustahkamlashga,  mahalliy  aholining  har  qanday  norozilik  harakatini  bo’g’ish  va 
bostirishga  qaratilgan  edi.  Podshoizmning  ma’muriy  idora  usuli  o’lkani  iqtisodiy 
o’zlashtirish,  aholini  ma’naviy  jihatdan  tobelikda  saqlash,  ruslashtirish  siyosati  bilan 
uyg’unlashtirilgan edi. 
 
Turkiston general-gubernatorlari 
K.P. Kaufman      1867-1881 
M.G. Chernyaev 1882-1884 
N.O. Rozenbax   1884-1888 
A.B. Vrevskiy    1889-1898 S. 
Duxovskiy     1898-1901 
N.A. Ivanov      1901-1904 
P.N. Tevyashov 1904-1905 
D.I. Subbotich   1905-1906 
N.I. Grodekov    1906-1908 
P.I. Mishchenko 1909 
A.V. Samsonov  1909-1913 
Flug                    1913 
Martson              1913-1916 
Yerofeev             1916 
A.N. Kuropatkin 1916-1917 
 
Mustamlakachilarning  iqtisodiy,  ma’naviy-madaniy  siyosati  va  amaliyoti. 
Rossiya  hukumati  Turkistonni  iqtisodiy  jihatdan  batamom  bo’ysundirish,  uning 
boyliklarini tashib ketish, rus sanoatini xom- ashyo bilan ta’minlovchi o’lkaga va tayyor 
mahsulotlar  sotiladigan  bozorga  aylantirish  siyosatini  yuritdi.  Bu  siyosatni  Rossiya 
imperiyasi  dvoryan-pomeshiklari  va  burjuaziyasi  qo’llab-quvvatladi,  ular  o’lkani  zuluk 
kabi so’rishga kirishib ketdilar. 
Rossiya to’qimachilik sanoati uchun keltirilayotgan Amerika paxtasi uchun yiligi 30-
40  million  so’m  boj  to’lab  kelardi.  Shu  boisdan  Turkistonni  paxta  xomashyosi 
etishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi, deb belgilandi. 
Xonliklar  davrida  davlat  mulki  hisoblangan  katta-katta  yer-maydonlari  Rossiya  davlati 
xazinasiga  tegishli,  deb  e’lon  qilindi.  Vaqf  mulklari  ham  asta-sekin  davlat  ixtiyoriga 
olindi.  Xususiy  mulk  hisoblangan  yerlar  ham  davlat  mulkiga  aylantirildi,  ularni  ilgarigi 
egalariga merosiy ravishda foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga  yer olib, undan 
amalda foydalanib kelayotgan xonadonlarga o’sha yerlar meros qilib biriktirildi va ularga 
soliq solindi. Shu tariqa o’lkaning barcha hosildor yerlari Rossiyaning daromad manbaiga 
aylantirildi. Yer solig’i XIX asr oxirida 4 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, 1916-yilda 
38 million so’mdan oshib ketdi. 
Podshoh  ma’muriyati  Turkistonning  doimiy  egasi  bo’lish  uchun  «ko’chirish» 

siyosatini  qo’lladi.  Fon  Kaufman  tashabbusi  bilan  1875-yildayoq  Avliyoota  tumanida 
Rossiyadan  ko’chirib  keltirilganlar  hisobiga  8  ta  rus  qishlog’i  vujudga  keldi.  1886-yilda 
qabul  qilingan  «Turkiston  o’lkasini  boshqarish  haqidagi  Nizom»ga  muvofiq  rus 
dehqonlarini  ko’chirib  keltirish  va  joylashtirish  kuchayib  ketdi.  Podsho  hukumatining 
«Osiyo Rossiyasida bo’sh yotgan yerlardan» foydalanish borasida yaratgan imkoniyatidan 
foydalangan  kam  yerli  yoki  yersiz  rus  xonadonlari,  kazaklar  ma’muriyatning  ijozatisiz 
Turkistonga  boyish  maqsadida  oqib  kela  boshladi.  Shu  tariqa,  Sirdaryo,  Farg’ona, 
Samarqand  viloyatlarida  1910-yilga  kelib  124  ta  rus  qishlog’i  vujudga  keldi,  ularda  70 
mingga  yaqin  ko’chib  kelganlar  yashardi.  Ko’chib  kelganlar  mahalliy  aholiga  qarashli 
sersuv  va  hosildor  yerlarni  ham  egallay  boshlaydilar,  yer-suv  masalasida  ular  o’rtasida 
norozilik,  to’qnashuvlar  bo’ldi.  Rus  ma’murlari  ko’chib  kelgan  kazaklarga  tayanish, 
mahalliy  aholi  g’alayon  ko’targuday  bo’lsa,  ularning  yordamida  bostirish  maqsadida 
Turkistonda  dehqonchilik  qiluvchi  rus  kazaklarini  qurollantirdi.  Ular  amalda  podshoizm 
uchun zaxira qo’shinga aylantirildi. 
Mustamlakachilar  o’lkada,  xususan  Farg’ona  viloyatida  paxta  plantatsiyalari  tashkil 
etdi,  sug’oriladigan  ekin-maydonlarini  kengaytirdi.  1885-1916-yillarda  paxta  ekiladigan 
yer-maydoni  40  ming  tanobdan  550  ming  tanobga  ko’paydi.  Hosildorlikni  oshirish 
maqsadida  1884-yilda  tajriba  urug’chilik  stansiyasi  ochildi.  Tolasi  sifatli  urug’lik  chigiti 
yaratildi.  Paxtachilikda  pishiq  tolali  va  hosildor  «Amerika»  navini  ekish  keng  tarqaldi, 
boshqa  ekin-maydonlari  yildan  yilga  qisqartirib  borildi.  Qishloq  xo’jaligida  pilla 
yetishtirish  ko’paytirildi,  qand-lavlagi,  kartoshka,  karam  ekinlarini  ekish  o’zlashtirildi. 
Vinochilik, asalarichilik paydo bo’ldi. 1867-1896-yillarda Rossiya imperiyasi xazinasiga 
150 million so’m sof daromad tushdi. 
Podshoh  ma’muriyati  Turkistonni  Rossiyaning  bir qismiga aylantirish, uning  janubiy 
chegaralarida  harbiy  istehkomlar  qurish,  boyliklarni  va  yetishtirilayotgan  xom  ashyoni 
tashib ketish maqsadida Temir yo’l qurilishini boshlab yubordi. 1880-1889-yillarda zudlik 
bilan  Krasnovodsk,  Asxabod,  Marv,  Chorjo’y,  Kushka,  Buxoro,  Samarqand,  Toshkent, 
Qo’qon,  Andijon  shaharlarini  bog’lovchi  O’rta  Osiyo  temir  yo’li  qurildi.  1890-1905-
yillarda  Toshkent-Orenburg  temir  yo’li  qurilib,  Turkiston  Rossiyaning  markazi  bilan 
bog’landi.  1915-yilda  Buxoro-Qarshi  va  Termiz-Qarshi-Shahrisabz-Kitob  temir  yo’li 
qurildi.  Temir  yo’llar  qurilishi  munosabati  bilan  Rossiyadan  ko’plab  ishchilar,  injener-
texnik  xodimlar  ko’chib  kelishdi  va  ular  qadimiy  Turkiston  shaharlariga  joylashtirildi, 
ular  joylashtirilgan  qism  yangi  shahar,  yerli  aholi  yashaydigan  qism  eski  shahar  deb 
ataladigan bo’ldi. Yangi shaharlar, jumladan, Skobelev (Hozirgi Farg’ona) shahri vujudga 
keldi. 
Turkiston  Rossiyaning  markazi  bilan  temir  yo’l  orqali  bog’langach,  rus  kapitali 
(sarmoyalari)  o’lkaga  oqib  kelaboshladi.  Turkiston  xom  ashyo  bazasida  savdo-sanoat 
yuritish,  zavod-fabrikalar  qurishga  intiluvchilarga  Rus-Osiyo  banki,  Moskva  savdogarlar 
banki,  Rossiya  davlat  banki  pul  qarz  berib  turdi.  Natijada  bir  qator  zavodlar,  savdo 
shohobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar qurildi. Paxta va uni xarid qilish 
bilan  shug’ullanuvchi  30  ta  savdo  shohobchasi  vujudga  keldi.  1913-yilda  tuzilgan 
«Beshbosh»  degan  paxta-yog’  shirkati  Turkistonda  29  ta  paxta  zavodi  qurdi,  o’lkada 
etishtirilgan paxtaning 30 foizini xarid qilardi, 80 ming tonna paxta tolasini tashib ketar, 
160  ming  tonna  chigit  tayyorlardi.  Katta  sarmoyador  Vodyaevlar  Turkistonda 
«Vodyaevlar  savdo  uyi»ni  tashkil  etib,  30  ta  paxta  zavodi  qurdi.  Farg’ona  vodiysidagi 

keng  paxta  dalalari,  temir  yo’llar,  paxta  tozalash  zavodlari  va  Ivanovo  to’qimachilik 
korxonalari  Vodyavlar  nazoratidagi  katta  kombinat  tarkibiga  kiritilgan  edi.  Ular  yiliga 
Farg’ona vodiysida yetishtirilgan 7-8 million pud paxtani Ivanovoga tashib ketardi. 
Mustamlakachilar  qanchalik  boyib  borsa,  arzon  ishchi  kuchi  bo’lgan  mahalliy  aholi 
shunchalik  qashshoqlashib  bordi.  Dehqonlar  og’ir  shartlar  asosida  qarz  olardi,  qarzini 
to’layolmay  o’ziga  tegishli  yerini  sotib,  yersiz  qolardi,  mardikorlik,  podshoakorlik 
qilishga  majbur  bo’lardi.  Ular  yoki  yer  egalari  qo’lida  yollanib  batraklik  qilishga  yoki 
yangi  ochilayotgan  korxonalarga  arzimagan  ish  hai  evaziga  ishlashga  majbur  bo’lardi. 
Yerni  Rossiya  banklari  yoki  puldor  mahalliy  boylar  sotib  olardi.  Shu  tariqa  o’lkada  90-
100  gektarcha  sug’oriladigan  yeri  bo’lgan  boy  xo’jaliklari  vujudga  keldi.  XX  asr 
boshlaridagi ma’lumotlarga ko’ra o’lka aholisining 70 foizi kambag’al va qashshoqlar, 17 
foizi o’rta hol, 13 foizi o’ziga to’q, boy oilalar hisoblanardi. 
Rossiyalik sarmoyadorlar o’lkada paxta tozalash, yog’ va spirt ishlab chiqarish, pivo, 
tamaki,  un,  qand,  sovun, g’isht, ko’n,  mis  eritish,  jun  yuvish,ohak qizdirish  zavodlari  va 
oziq-ovqat  korxonalari  qurib,  ulardan  mo’may  daromad  olishni  yo’lga  qo’ydilar.  1908-
yilda o’lkada 378 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritgan bo’lsa, 1917-yilda ularning soni 
Buxoro amirligi va Xiva xonligida qurilgan korxonalarni ham qo’shib hisoblaganda 1200 
taga yetgan. 
O’lkada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi aholining tabaqalanishiga ta’sir etib, milliy 
burjuaziya  va  ishchilar  sinfi  shakllana  boshladi.  1914-yilgi  ma’lumotlarga  ko’ra  o’lkada 
49,5 ming ishchi bo’lib, ulardan 25,5 mingi sanoatda, 24 mingi temir yo’l va unga xizmat 
qiluvchi  ustaxonalarda  ishlagan.  Turkistonda  paxta  tozalash  zavodlari,  do’konlari, 
tegirmonlar, katta-katta bog’ uzumzorlarga ega bo’lgan mahalliy burjuaziya tabaqasi ham 
faoliyat  yuritdi.  Mahalliy  aholiga  mansub  ishchilarga  rossiyalik ishchilarga  nisbatan 2,5-
3,5  baravar  kam  ish  xaqi  to’langan.  Dehqonmi,  mardikormi,  ishchimi  mahalliy  aholi 
Rossiya mujiklari va ishchilari oldida kamsitilardi. 
Turkiston  Rossiyaning  jahon  bozorlarida  o’tmaydigan  tovarlari  sotiladigan  bozorga 
aylantirildi.  1895-yilda  Turkistonda  Rossiya  korxonalarida  tayyorlangan  6  million 
so’mdan  ortiqroq  summada  temir,  mis,  chinni  buyumlar,  gazlama,  yog’och,  choy,  oziq-
ovqat  va  boshqa  buyumlar  sotilgan  bo’lsa,  1914-yilda  sotilgan  buyumlar  salmog’i  243 
million  so’mdan  oshib  ketdi.  Sotilgan  maxsulotlarning  40  foizi  o’lkadan  tashib  ketilgan 
paxtadan Rossiya to’qimachilik korxonalarida to’qilgan gazlamalar tashkil etardi. Rossiya 
savdo-sanoatchilari  Turkistonda  sanoat  mahsulotlari  sotishdan  ham,  Turkistondan  xom-
ashyo sotib olishdan ham katta daromad olardilar. 
Shunday  qilib,  Turkiston  nafaqat  Rossiya  davlatining,  shuningdek,  rossiyalik  savdo-
sanoatchilar manfaatiga xizmat qiladigan o’lkaga aylantirildi. 
Rossiya  imperiyasi  Turkiston  xalqini  ma’naviy-madaniy  jihatdan  tutqinlikka  solish, 
o’zining  uzoqqa  mo’ljallangan  manfaatiga  bo’ysundirish  siyosatini  yuritdi.  Uning 
mohiyati,  mazmuni  mahalliy  xalqni  uning  milliy,  tarixiy  ildizlaridan  uzib  tashlash, 
xalqning  ma’naviy,  madaniy,  tarixiy  merosini  yo’q  qilish,  ruslashtirishdan  iborat  edi. 
Turkiston  general-gubernatorligining  Farg’ona  viloyati  harbiy-gubernatori  Skobelev 
shunday  deb  yozgan  edi:  «Millatni  yo’q  qilish  uchun  uni  qirish  shart  emas,  uning 
madaniyatini,  san’atini,  tilini  yo’q  qilsang  bas,  tez  orada  o’zi  tanazzulga  uchraydi» 
(Karimov  I.A.  Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q.  T.,  Sharq,  1998,  24-bet)
.  Turkistonda  ana  shunday 
yovuz qarashlarga mos siyosat va amaliyot yuritildi. 

Turkistonning  noyob  tarixiy,  ma’naviy,  madaniy  boyliklari  talon-taroj  qilindi.  1870-
yilda  Toshkentda  ochilgan  kutubxona  va  1876-yilda  tashkil  etilgan  muzeyda  o’lkaning 
ma’naviy-madaniy  hayotini  aks  ettiruvchi  oltin,  kumush,  misdan  yasalgan  qimmatbaho 
buyumlar,  gilamlar,  amaliy  san’at  namunalari,  tarixiy  yodgorliklar,  arxiv  hujjatlari, 
qo’lyozma  kitoblar  va  boshqa  osori-atiqalar  to’plandi.  Ular  ko’rikdan  o’tkazilib, 
qimmatbaho  va  nodir  deb  baholanganlari  Peterburg  va  Moskvaga  tashib  ketildi.  San’at 
darajasida  ishlangan  Muhammad  Rahim  taxti,  Amir  Temur  maqbarasining  naqshinkor 
darvozasi,  undagi  bitiklar,  oynalar,  oltin  koshinlar,  Ahmad  Yassaviy  maqbarasidagi 
naqshinlar, katta qozon («Nazir-niyoz qozoni»), turli tarixiy buyumlar, noyob kitoblar va 
boshqalar shular jumlasidandir. 
Islom diniga e’tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qilina bordi. Rossiya 
ma’murlari  musulmon  muassasalari,  madrasa  ishlariga  aralashib,  ularning  faoliyatini 
tobora cheklab bordi. 
Maorif  va  madaniyat  sohasida  ruslashtirish  siyosati  yuritildi.  Turkistonlik  bolalarni 
ruslar  bilan  aralashtirib  o’qitish  va  tarbiyalash  g’oyasi  ilgari  surildi  va  1884-yilda 
Toshkentda  dastlabki  «rus-tuzem  maktabi»  ochildi.  XIX  asr  oxirida  ularning  soni 
yuztadan  oshib  ketdi.  Bunday  maktablarda  rus  va  o’zbek  muallimlari  dars 
mashg’ulotlarini  o’tadigan  bo’ldi.  Maqsad  o’zbek  yoshlariga  rus  tilini  o’rgatish  va  rus 
turmush  tarzini  singdirish  edi.  Podshoizm  ma’murlari  yerli  aholi  bolalarini  «rus-tuzem 
maktablari»ga jalb qilish, qiziqtirish uchun o’lkadagi mahalliy ma’muriyat boshqaruvida 
rus  tilini  bilganlar  ishlaydi,  degan  talabni  qo’ydilar.  Bu  talabdan  maqsad  «yerlilarda 
mansabga  qiziqib»  rus  tilini  o’rganish,  ruslashish  manfaatini  uyg’otish  edi.  Rus  tilini 
bilgan mahalliy aholi vakillariga imtiyozlar yaratildi. Shu tariqa, o’lkada ish yuritish asta-
sekin rus tiliga o’tkazilabordi. 
Podsho ma’murlari mahalliy aholiga Rossiyaning ulug’vorligini ko’rsatish, evropacha 
turmush  tarziga  qiziqtirish  uchun  Rossiyaning  markaziy  shaharlariga  sayohatlar 
uyushtirdilar.  Katta  yoshdagilarni,  shuningdek,  yoshlarni  guruh-guruh  qilib  Peterburg, 
Moskva  va  boshqa  shaharlarga  olib  borib  oq  podshohning  qudratini,  baland  imoratlar, 
ishlab chiqarish korxonalarini ko’rsatishardi. Mustamlakachilar sayohatchilar o’z yurtiga 
qaytib borgach, Rossiyaning ulug’vorligi haqida vatandoshlariga so’zlab beradi, Rossiya 
tarkibida  bo’lganidan  g’ururlanadi,  degan  maqsadda  edilar.  Bu  tadbirlar  ruslashtirish 
manfaatlarini ko’zlab uyushtirilardi. 
Mustamlakachilarning  yerli  aholi  turmushiga  ma’naviy-ruhiy  tazyiq  o’tkazish 
dasturida  o’lka  xotin-qizlarini  ruscha  hayot  tarziga  o’rgatish  masalasiga  alohida  o’rin 
berilgan edi. Shu maqsadda shaharlarda xotin-qizlar ambulatoriyalari tashkil etilib, ularda 
rus  shifokorlari  faoliyat  ko’rsatdi.  Ambulatoriyalarda  ayollarga  zarur  tibbiy  maslahatlar, 
tibbiy  yordamlar  ko’rsatildi,  bu  ijobiy  hol,  albatta.  Shu  bilan  birga  ayollarga  ruscha 
turmush  tarziga  o’tish,  ularning  farzandlari  tarbiyasiga  ta’sir  etish,  pravoslavcha 
qarashlarning  afzalligi,  «paranji  zulmidan  xalos  bo’lish,  ochilish»  zarurligi  haqida 
tashviqot-targ’ibot ham qilinardi. 
Mustamlakachi  ma’murlar  ruslashtirish  siyosatini  yuritsalarda,  rus  tilini  yaxshi 
o’zlashtirgan ziyolilarga shubha bilan qarardi, ular ustidan nazorat, tazyiq uyushtirardi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  maorif  va  madaniy  hayotda  ham  podshoizmning 
mustamlakachilik  siyosati  yaqqol  namoyon  bo’ldi.  O’lkaning  madaniy-ma’rifiy  hayotini 
cheklab,  o’z  manfaatlariga  bo’ysunduruvchi  yo’l  tutdi.  Podshoizm  buyuk  davlatchilik 

g’oyalarini  Turkistonga  zo’rlik  bilan  joriy  etdi,  milliy  madaniyat  va  ma’naviy 
qadriyatlarni toptadi. To’g’ri, Rossiya imperiyasi Turkistonda kommunikatsiya va ishlab 
chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, milliy kadrlarni tayyorlash, ma’rifatchilik va aholini 
jahon  madaniyatidan  bahramand  qilish  kabi  ijobiy  tadbirlarni  ko’rdi.  Biroq 
mustamlakachilik  siyosati  va  amaliyoti  o’lkaning  iqtisodiy,  ma’naviy-madaniy 
taraqqiyotiga  jiddiy  salbiy  ta’sir  ko’rsatdi.  «Bu  salbiy  oqibat  tashqaridan  olib  kirilgan 
tsivilizatsiya  natijalaridan  ko’ra  bir  necha  barovar  ortiq  edi».  (
Karimov  I.A.  O’zbekiston 
XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.  -T.: 
O’zbekiston, 1997, 55-bet.
). 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling