1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Mashq. Matnni o’qing, gap nima haqida ekanini aytib bering. Kesimlarini aniqlab tagiga chizing
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
Mashq. Matnni o’qing, gap nima haqida ekanini aytib bering. Kesimlarini aniqlab tagiga chizing.Nuqtaning qudrati Mir Alisher Navoiy o’z g’azallarini zamonasining eng zo’r bilimdon xattotlarigako’chirtirardi. Nima bo’ldi-yu, o’z xattotining tobi qochib qoldi. Bundan xabardor bo’lgan, o’zini mashhur xattotlardan deb yurgan bir oliftakishi: «Rozi bo’lsa, Navoiyning xizmatini jonim bilan bajarardim»,- dedi. Shoir uning bu gapini eshitib, she’rlarini ko’chirtirishga berdi. Bir payt katta mushoiradaAlisher Navoiyning qulog’iga : «Malikul shuaroning o’zlari nuqson-qusurga yo’l qo’yibdilarmi, boshqalardan nimani kutish mumkin», degan gap qulog’iga chalinibdi. Gap nimadaligini darov fahmlagan shoir boyaginako’chirtirgan g’azallarini olib o’qibdi, qarasa o’zi aytgan gap emas emish. Maqtanchoq xattot tushmagur «ko’z» so’zidagi bir nuqtani tushirib qoldirgan, bu so’z «ko’r» bo’lib qolgan va she’r ma’nosi o’zgarib, aksincha chiqib qolgan ekan. Navoiy ahli fozillarga qarab: - Ko’zimni ko’r qilganlar ko’r bo’lsin, - debdi-da, xattotga javob berib yuboribdi (Allomalar ibrati kitobidan). Mashq. Matnni o’qing, gap nimaxaqida ekanini ayting. «Kiyinish odobi» mavzusi bo’yicha fikr mulohaza bildiring. Matndagi sodda gaplarni ajratib, ega vakesimni aniqlang. Kiyinish odobi. Liboslarimizning rangi turlicha bo’ladi. Har bir rang o’zgacha ma’no ifodalaydi. Agar oq libos nimani anglatadi, deb so’rasalar, shunday degin: Oq kiyim kunning rangidadir, shuning uchun bunday libos yuragida gina vaadovati bo’lmagan kishilarga yarashadi. Oq kiyim kiygan kishi xuddi tong kabi kishilarga nur ulashishi kerak. Agar ko’k libos nimani bildiradi desalar, shunday degin: ko’k rang - suv rangidir. Shu bois, bu rangdakiyingan kishilar sahiy va hayotni sevuvchi bo’lishlari kerak. Kim agar bu rangni ma’qul ko’rsa, u xuddi suvdek toza va musaffo, har bir qalbga yaqin bo’lishi kerak. Agar qora libos nimani anglatadi, desalar, ayt: qora rang tun vako’z qorachig’ining rangidir; shu bois bunday libosni kiyganlarning qalblari sir-u asrorlarga to’la bo’ladi. Agar yashil kiyim to’g’risida so’rasalar, shularin ayt: yashil rang osmon va yetukkishilar rangidir. Bunday kiyim kiygan kishi osmon kabi sof va bag’ri keng bo’lishi, yordamga muhtoj kishilarga iloji borichako’maklashishi kerak («Kim bilan do’stlashish kerak» kitobidan). Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling