1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Tavallud, Beshik, Alla udumlari


Download 0.61 Mb.
bet71/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

Tavallud, Beshik, Alla udumlari.
Tavallud topgan bolaning qulog'iga ota-bobolarimiz avval mulla chaqirib azon aytirganlar. Azon aytilganda bolaning qulog'i ochilgan. Ismi ilk bor chaqaloqning o'z qulog'iga singdirilgan. So'ng ularning chillasi kichik chilla va katta chilla o'tkaziladi. Qirq kunlik katta chillasi chiqqandan so'ng beshikka belash marosimi o’tkaziladi. Tavallud topgan bosh farzand bo’lsa, bozordan beshik sotib olinadi. Beshik ajdodlarimiz kashfiyotlari orasida alohida o'rin tutadi. Beshik yasash alohida sanoat darajasiga ko'tarilgan. Bola bor joyda alla aytilishi tabiiy. Onalar qadimdan o'z bolalari tepasida kecha-kunduz alla aytib kelishgan. Alla aytilganda, ong qatlamlarida bir umr mungli, xazin, nurli qo'shiq bo'lib saqlanib qoladi.


27-MAVZU:XALQSAYLI.

Mavzu yuzasidan vazifalar:


1. O`zbekiston Milliy bog`i bayramda qanday bo`lishini tavsiflab bering.
2. Bahor, Navro`z, Mustaqillik haqida she`r yoki maqollarni yoddan aytib
bering.
3. Tasvir asosida xalq sayli mavzusida ixcham bayon yozing.
4. Navro`z bayrami ssenariysini yozing.
5. Bayramga qanday tayyorgarlik ko`rganingizni hikoya qilib xat yozing.
Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Xalq sayllari.
Har tunung qadr o`lubon,
Har kuning o`lsin Navro`z!
Alisher NAVOIY
Milliy qadriyatlarini qadrlagan avlodning qaddi ham, qalbi ham hamisha yuksak, ruhi uyg‘oq, fikri teran bo‘ladi. Ota-bobolarimiz tanlagan yo‘ldan hikmat topsak, milliy ma’naviyatimizni anglaymiz. Ajdodlarimizning hayot tarzi va tutamlarini rivojlantirsak, millat ruhi bardavomligiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Bu ezgu yo‘lning azaliy va abadiy mezonlari xalqimizning eng aziz bayramlaridan biri – Navro‘z falsafasida ham o‘z ifodasini topgan. Hamjihatlik tuyg‘usi: “Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o‘tkazadigan Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo‘lib kelmoqda”, deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida. Darhaqiqat, bu dilbar faslda oftob charaqlab, yeru ko‘kni qizdirar ekan, inson qalbi, tasavvuri va tafakkuri ham tabiatga hamohang yangilangandek bo‘ladi. Niyatlarimiz poklanadi, vujudimiz yangidan kuch-g‘ayratga to‘ladi. Bunday munavvar kunlarda inson tabiatdan bahra olib, sumalak va halim, go‘ja va ko‘ksomsa kabi bahoriy ne’matlar tortilgan dasturxonlar atrofida Navro‘z quvonchini o‘z yaqinlari, do‘stu birodarlari bilan baham ko‘rishga intiladi.Xalqimizning turmush va tafakkur tarziga aylangan tabiat bilan uyg‘un yashash, mehr-oqibat, yaxshi-yomon kundagi yelkadoshlik singari bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan to‘ldiradigan tushunchalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgani yo‘q, albatta. Ularning tarixiy-ijtimoiy ildizi ajdodlarimizning uzoq yillik o‘tmishi, yashash sharoiti va hayot tarziga borib tutashadi.Xalqimiz hamisha yaxshi niyatlar bilan ko‘chat ekib, bog‘ ko‘kartirgan. Uning mevasi-yu soyasidan qo‘ni-qo‘shnilari, umuman, ko‘chasidan o‘tgan barcha inson bahramand bo‘lishini istagan. Yoki qishlog‘u mahallalarimizda Navro‘z kunlari sumalak pishirish an’anasini oling. Hamjihatlik va ahillikning qanday go‘zal ko‘rinishi! Bir-biriga suyanchiq bo‘lgan odamlarning qozon boshidagi laparlari-yu ezgu niyatlari. O‘shanda har qanday gina-qudrat, tashvish va adovat unutiladi, ichki quvonchlar chehralarga selgiydi. Har bir odamning barchaga yaxshilik ulashgisi keladi.Navro‘z arafasidagi hasharlar, bayram kuni dildan aytilgan eng ezgu tilaklar va o‘zaro ulashilgan taomlar – xalqimizning asrlar osha bir-biriga yelkadosh bo‘lib yashab kelayotgani ifodasi. Bularning barchasi hamisha bir-birimizga kerak ekanligimizni eslatadi, o‘zaro inoqlik rishtalarini mustahkamlaydi.Biz tinchlikni doimo barcha narsadan ustun bilgan xalqmiz. Aslida ham obod va farovon elga bayram yarashadi, xotirjam ko‘ngilga xursandchilik tatiydi. Tinchlik bor joyda unum va baraka bo‘ladi. Yangi kunni kutib olar ekanmiz, avvalo, oilamizga, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik va ahillik tilaymiz. Chunki ota-bobolarimiz nimagaki erishgan bo‘lsa, hamjihatlik va ahillik tufayli topgan.Navro‘z asrlar osha ana shunday aziz qadriyatimiz – hamjihat va ahillikda yashash tuyg‘usini tarbiyalab kelmoqda. Bobolarimizning muqaddas yo‘lini davom ettirishga undamoqda, milliy o‘zakning asos va harakatlantiruvchi kuch ekanini eslatmoqda.Toshni yorib chiqqan maysa soxta g‘oyalar bilan dunyoga jar solgan sobiq tuzum «dohiylari» xalqimizning ahilligidan emas, milliy parokandaligidan manfaatdor edi. Bunga tarix guvoh. Shu yo‘lda ular hech narsadan tap tortmay, hatto asriy an’analarga qarshi bordi – Navro‘z bayramini xalqimiz hayotidan va xotirasidan o‘chirmoqqa urindi.
Milliy bayramimiz haqida yurtimizdagi ilk ma’lumotlar “Avesto”da qayd etilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otu turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi tarixiy-badiiy asarlarda Navro‘zga oid qaydlarni uchratish mumkin. Biroq eng katta dalil – asrlar osha avloddan-avlodga, dildan dilga ko‘chib kelayotgan xalq og‘zaki ijodidir. Navro‘z xalqimizning tarixi, falsafasi, san’ati va madaniyatini, mifologik, diniy va dunyoviy dunyoqarashini, ilmiy tafakkur tarzini o‘zida mujassam etgan qomusiy ayyomdir, – deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Jabbor Eshonqulov. – Navro‘z bayrami bilan bog‘liq marosim va urf-odatlar hali yozuv paydo bo‘lmagan davrlarda tabiat va jamiyat haqidagi xalqimiz bilimining quyma ifodasidir. Ajdodlarimiz ko‘hna tasavvurlariga ko‘ra, qish (kuz-qish) va yoz (ko‘klam-yoz)ga doimiy o‘rin almashinib turuvchi qutblar sifatida qaralgan. Har bir tomonning ichki bo‘linmalari, kirish-chiqish muddatlari aniq belgilangan. Umuman, Navro‘z bilan bog‘liq marosimlarda asosan ikki jihat yaqqol ko‘zga tashlanadi: ajdodlar ruhiga ehtirom hamda tabiatning jonli holda tasavvur qilinishi, ulug‘lanishi. Aytaylik, bugun “oq suyak” o‘yini yurtimizning janubiy viloyatlarida hanuz erta ko‘klamda, qorong‘u paytda o‘ynaladi. Unda bolalar saylagan jo‘raboshi qo‘lidagi so‘ngakni uzoqqa otadi, boshqa bolalar uni topishga harakat qiladi. Kimki suyakni birinchi bo‘lib topsa va jo‘raboshiga keltirib bersa, o‘sha bola yutgan hisoblanadi. Bu o‘yinning aynan Navro‘z payti va tunda o‘ynalishiga o‘ziga xos sabab bor. Suyak – ajdodlar ruhi timsoli, bolalar esa hali begunoh, sabiy. Bu – bobolarimiz sabiy qo‘llar vositasida va ajdodlar ruhi yordamida tun (qish)ni haydab, kun (bahor)ga intilganidan dalolatdir.Aynan ko‘klam paytida fasllar almashinuvi tabiatning qayta tirilishiga ishonchni yuzaga keltirgan. Tabiatni jonlantirish bilan bog‘liq marosimlar bobolarimizning ezgu intilishlari ifodasidir. Ular shu yo‘l bilan hayotini yanada yaxshilashga, tabiat mushkulotlarini yengillashtirishga hamda yangi yilning qut-barakali o‘tishiga hissa qo‘shishga harakat qilgan. Xalq lirikasida ishora tarzda ifodalangan ko‘plab qo‘shiqlarda inson holati va tabiat manzarasi o‘zaro uyg‘un tarzda kelishi bunga dalil bo‘la oladi. Bu qo‘shiqlarning asosiy qismi tabiat fasllari, avvalo, qish va bahor haqida. Tun va kun, bahor va qish, ezgulik va yovuzlik – ajdodlarimizning tabiat va hayot haqidagi boqiy tushunchalaridir. Ular tundan so‘ng kun, qishdan so‘ng bahor kelishini ezgulik tantanasi sifatida orziqib kutgan, yangi kunning tezroq yaxshi bo‘lib kelishini alqab, qo‘shiqlar kuylagan. Chunki kelayotgan yangi fasl – yangi umidlarning ham kurtak chiqarishi, yangi avlodning hayotga kirib kelishidir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling