1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
III topshiriqQuyidagi matnni tarjima qiling.
O’zbekistonning o’tmishi ham, kelajagi ham buyuk davlat. Mustaqillik,mustaqilsuverendavlatningtuzilishi-buharbirxalqningasriyorzusi- umidlarning, muqaddasmaqsadlariningro’yobgachiqishidir. O’zbekistonxalqi 1991 yil 31 avgustdao’ziningdavlatmustaqilliginie’lonqildi. Dunyoxaritasidayanabittamustaqil, to’lahuquqlisuverendavlat – O’zbekistonRespublikasipaydobo’ldi. HozirgiO’zbekistonRespublikasidadastlabkimustaqildavlattuzulmalarieramizdanavvalgibirinchimingyillikboshlaridapaydobo’lganedi. Ushbuqudratlitoboragullab- yashnagandavlatlarbutundunyodakattaobro’ga, hurmatvamavqegaegabo’lgan. Qadimgi yilnomalarda va boshqa tarixiy yodgorliklarda, shuningdek yer yuzidagi boshqa mamlakatlar va xalqlarning yodnomalarida o’sha amonlarda O’rta osiyo hududida Xorazm, Sug’diyona, Baqtriya, Marg’ilon va qudratli va rivojlangan davlatlar mavjud bo’lganligi to’g’risida ko’p marta qayta- qayta eslatib o’tilgan. Amir Temur, Bobur kabi dono hukmdorlar hokimiyatni boshqargan zamonlarda o’zbek davlatchiligi sivilizatsiyaning eng gullab yashnagan va eng yuqori darajada ko’tarilgan davrlari bo’lgan. Bunday buyuk kishilar hukmronlik qilgan yillarda hunarmandchilik, ilm-fan gullab yashnagan. Bizning ajdodlarimiz butun bashariyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga asrlar bo’yi so’nmaydigan g’oyat katta hissa qo’shganlar. Siz maktabda o’qib yurgan yillardayoq Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Xorazmiy, Beruniy,Imom Buxoriy, Naqshbandiy, Yassaviy, Ulug’bek, Navoiy, Yugnakiy va boshqa buyuk kishilar nomini ko’p marta eshitganmiz. Endi o’qish jarayonida biz bu ulug’ zotlarning buyuk, chinakam o’lmas ma’naviy merosi bilan mufassal tanishib chiqamiz. Biz o’z xalqimiz, o’z Vatanimiz boy tarixi bilan tanishib chiqqach, uning butun ulug’vorligini, mahobatini ko’ramiz va tushunib olamiz. Biz necha yuz yilliklar Ibn Sino (980-1037 yillar) va Gippokrat nomlarini butun insoniyat tarixidagi eng buyuk hakimlar sifatida tilga olib kelinayotganini bilib olamiz. Avitsenna (yevropaliklar Ibn Sinoni shu nom bilan atashgan)ning asosiy fundamental ko’p jildli “Tib qonunlari”nomidagi asari bugungi kunda ham butun yer yuzidagi eng yirik tibbiyot olimlarning qo’lidan tushmaydigan kitob hisoblanadi. Bu kitobdan ular ajoyib ixtirolar yo’lini ochib beradigan juda ko’p yangidan-yangi g’oyalar o’qib, bugungi tibbiyot oldida turgan ko’pgina savollarga javob topadilar. Biz al- Farobiy- abu nasr ibn Muhammad (870- 950yillar) nomi Aristotel (Arastu) bilan baravar tilga olingan o’z davrining yirik faylasuflaridan biri butun bir ilmiy maktabga asos solgan buyuk zot ekanligini bilib olamiz. Al-Xorazmiy – Muhammad ibn Muso (787- taxminan850 yillar) buyuk matematik olim bo’lganligini, u ixtiro qilgan algebra qonunlarining ahamiyati bilim bobidagi insoniyat tarixida Arximedning geometriyaga oid qonunlarning ahamiyatidan kam bo’lgan emas. Al-Beruniy (973-taxminan 1051- yillar) Abu Rayxon ibn Axmad al-Beruniy Galileydan ancha ilgari yerning quyosh atrofida aylanishi to’g’risida fikrni aytgan. U astronomiyadan tashqari tarix, matematika va boshqa shu singari fanlarning rivojlanishiga ham juda katta hissa qo’shgan. Alisher Navoiy (1441-1501 yillar)ning asarlari butun insoniyat badiiy ijodining taraqqiyotiga xuddi Dante, Shekspir, Pushkin ijodi singari ta’sir ko’rsatgan. Yana u xuddi Gyote singari mashhur davlat arbobi ham bo’lgan. Uning davlat va jamiyat tuzilishi to’g’risidagi ko’pgina fikrlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ko’hna Samarqand, Buxoro, Xiva shahridagi ajoyib me’morchilik yodgorliklarini yer sharining turli tomonlaridan kelib ko’rayotgan kishilar xalq ustalarining iste’dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga ta’zim qilmoqdalar. Bundan ming yillar burun bunyod etilgan ajoyib suv inshootlari o’z davrida jahondagi eng yuksak dehqonchilik madaniyati va sug’orish ishlari uchun asos bo’lgan. Muqaddas yerimiz orqali o’tgan Buyuk ipak yo’li esa Osiyo va Yevropa xalqlari va mamlakatlarini bir-biriga bog’lab, hozirgi xalqaro hamkorlikning o’sha zamonlardagi timsoli bo’lib xizmat qiladi. O’lkamiz boyligi, uning ajoyib tabiati iqlim sharoiti uning Osiyo markazida egallab turgan qulay jo’g’rofiy joylanishi qadim vaqtlardan o’zga yurtlardan bosqinchilar e’tiborini o’ziga jalb qilib kelgan. Lekin bizning qahramon, tinchliksevar xalqimiz ayrim tarixiy sharoitlar tufayli har doim ham u bosqinchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurasha olmagan, har qanday tajovuzni daf qila olmagan. Mamlakat ichkarisidagi urug’-aymoqchilik va hokimiyat uchun olib borilgan kurash, mahalliy hukmdorlarning fisq-fujuri va ig’vo- janjallari ham juda katta zarar keltirib, mamlakat va xalqning ahvolini tang qilib qo’ygan davrlar bo’lgan. Buning natijasida muayyan tarixiy bir bosqichda boshqa ko’p mamlakatlar qatori bizning yurtimiz ham o’z mustaqilligi va o’zligini yo’qotib, g’oyat katta bir imperiyaning chekka o’lkasiga aylanib, avtoritar markazning xom ashyo yetkazib beradigan mustamlakasiga aylanib qolgan edi. Lekin xalqimiz bunga hech qachon rozi bo’lmagan edi. U bor kuchi bilan ter to’kib mehnat qilgan va mardona jang qilgan, kuch to’plagan, o’z yoshlarini vatanparvarlik, ko’p asrlik madaniyatimizga va ajoyib milliy an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalab kelgan. Va nihoyat, ob’ektiv shart- sharoitlar yetib, ozodlikka yetish onlari kelgach, xalqimiz qaddini tik tutib hokimiyatni o’zining mohir qadoq qo’llariga oldi, ona- Vatanning suvereniteti va mustaqilligini tikladi. Bir o’lka bor dunyoda biroq Bitilmagan dostondir bori, Faqat ojiz qalamim manim, O’zbekiston,Vatanim manim. (Abdulla Oripov) Dunyo yaralibdiki,inson qalbidagi his-tuyg’ulari bilan tirik.Aytishlaricha,inson hali dunyoga kelmay turiboq samo bilan bog’lanar ekan.Ona tabiat go’dakka jism-u jon ato etibgina qolmay,qalbiga his-tuyg’uni jo etarkan.Ana shu his-tuyg’u bor ekan,biz Mag’rib bilan Mashriqni,o’z kindik qonimiz to’kilgan tuproq bilan begona tuproqni farqlaymiz. Olloh qalbimizga jo qilgan ana shunday tuyg’ulardan eng ulug’i Vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’usidir. O’zbekiston.Ona Vatanga!Shukuhim!Baxtim!Iqboldan to’lib-toshgan quyosh maskanim!Sen mening koshonamsan,yarqiragan peshonamsan! O’zbekiston.Ustoz shoir Oybek ta’biri bilan aytganda “Tuprog’ida oltin gullagan o’lka”.Eng shirin tushlar,eng yorqin tuyg’ular,eng go’zal orzular diyoridir bu .Mehnat, ijod, yasharish yurtidir bu. Boshim uzra ko’rkam bir olam, Ko’m-ko’k,moviy,feruza osmon. Misoli bir tengi yo’q sanam, Bu muazzam,bu -O’zbekiston. Ana shunday ulug’ diyorimiz o’tmishda ne-ne bosqinlarning qurboni bo’ldi.Zamini toptaldi,erki toptaldi.Farzandlari nohaq bo’g’izlandi.Yaxshiyamki,bu qora kunlar ortda qoldi.O’tib ne bir zamon,o’tib ne bir davron vatanimiz erkka,istiqlolga yuz tutdi. Egilding,bukilding,sinmading,Vatan, Kurashlarda also tinmading,Vatan, G’animlar so’ziga kirmading,Vatan, Istiqloling bo’lsin abadiy! Bu yorug’ kunlarga ota-bobolarimizning qahramonliklari tufayli erishdik. Bu qahramonlar qalbimizda abadiy qolajak.Axir xalqi,yurti uchun kurashgan yurt fidoiylari bo’lgan,bu yo’lda aql bovar qilmas jasoratlar ko’rsatgan Amir Temur,Bobur,Qodiriy-u Cho’lponlarni unutishga haqlimizmi?!Ularning hayot yo’lidan ibrat olish farzandlik burchimiz emasmi?!Biri qo’ldagi quroli,biri qo’lidagi qalami bilan kurashgan bu vatanparvarlar hali necha asrlar insonlar qalbida yashaydi. O’g’lonlar kurashdi istiqlol uchun, Ko’plar shaxid ketdi nur,hilol uchun, Nur bilan chulg’ansin ular yotgan maskan. Zero,yurtboshimiz I.A.Karimov ulug’ ajdodlarimizni sharaflab biz,yoshlarga,qanot bag’ishlab,shunday deganlar:”Bu tuproqda ulug’ bobokalonlarimiz xoki yotibdi.Istiqboldagi O’zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug’ haykal bo’lajak.O’zbekistonning shuhratiga shuhrat qo’shuvchi farzandlarimizga muqaddas beshik bo’lajak”. Bu ishonch bizga qanot bag’ishlaydi.Kelajakda doimo olg’a intilishga da’vat etadi. “Ona yurting omon bo’lsa,rang-u ro’ying somon bo’lmas”.Bu xalq maqoli zamirida teran ma’no yotibdi.Vatanimiz mustaqilligi abadiy,kunlari tinch,tunlari osuda ekan,bizning yorqin kelajagimiz,mustahkam istiqbolimizga shu kafolat! O’z tafakkur olamoning mo’jazgina parchasini yakunlar ekanman,Ona Vatanimga mehrim jo’shib,muhabbatim ko’kka bo’y cho’zib,shunday murojaat qilmoqchiman: Vatan– Yuragimning olampanohi. O,ota makonim, Onajon o’lkam, O’zbekiston,jonim to’shay soyangga. Senday mehribon yo’q, seningdek ko’rkam, Rimni alishmasman bedapoyangga! Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling