1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-MAVZU: HAYOT MENING TASAVVURIMDA
Iqror
Muhammad YUsuf O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Eningdek ko‘rkam, Rimni alishmasman bedapoyangga. Bir qo‘sha suv bo‘lsa, bir qo‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, boshni tik tut deb, Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar. Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin, Yo xudbinman men, yo bir soda kasman men – Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bita tandiringga alishmasman men. Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qoshdi, dildan halovat – Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat. Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing. Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, Arab ohusidan zizroq menga. Sen bilan o‘tgan har kun buyram – bazm, Sensiz bir on qolsam vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim. Seni bilmaslarga rahmim keladi. 4-MAVZU: HAYOT MENING TASAVVURIMDA Reja:
2.Oila haqida tengdoshlari bilan bahs munozara. 3.Qarindosh va tengdoshlardan kimga o’xshagingiz keladi. 4.Inson barkamollikka erishish uchun nimalar qilishi kerak. Hayotning milliy g’oyasi zamon talablariga uyg’un holda mutassil bo’lib,takomillashib boradigan tizimdir.Bu tizimda hayotning ravnaqi g’oyalarning birinchi o’rinda turishi bejiz emas.Ularning ma’no-mohiyati va falsafasiga ko’ra,avvalo hayotimizning va o’z oldiga qo’ygan ulug’vor maqsad-muddaolarni yaqqol aks ettiradi.Hayot ravnaqi deganda,hayotning hamma sohalari bo’yicha rivojlanish va yuksalishni,hayotimizning jahondagi ortishlari,milliy taraqqiyotni tushunamiz.Hayot farovonligi esa odamlarning jamiyatdagi munosib turmush sharoiti,iqtisodiy jihatdan to’kis yashashi,taraqqiyotidir.Hayotning moddiy ehtiyojlarini qondirishi va moddiy hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan narsalar ularning nazariyasidir.Hayotning ehtiyoji bo’lsa ma’naviy mutanosibni kechirishi uchun xizmat qiladi. Aziz asrimizning aziz onlari Aziz odamlardan so’raydi qadrin. Hayot g’animatdir,shox satrlar-la Bezamoq onidir umr daftarin. Shundan qarab aytamizki bizning hayotimiz biz uchun aziz va bu eng katta rol o’ynaydi.Demak,inson hayoti uning faoliyatiga,dunyoqarashiga ko’rsatadigan ta’siri g’oyatda kuchli.Biz bir narsani unutmasligimiz darkor,hayot har kimning eng muqaddas iftixori,uni asrash esa bizning asosiy burchimizdir. Bu hayotda hamma narsa mehr bilan, Ertaklar-u afsonalar sehr bilan. Baxtli bo’lay desang,qilgin sabr-toqat Va ko’ngildan hasad-u g’arazni yo’qot. Biz bilamizki bugungi hayotda ko’p narsalar sodir bo’ladi.Mana masalan moliya,iqtisod sohalari,tabiiy-ekologik muvozanatlar yoki qarama-qarshiliklar ko’pgina masalalarning yo’lini to’sadi.Ularni ko’paytirish oson,yaxshilash esa azob. Tong otmoqda,quyosh nur sochar, Shoshilardi har yon odamlar Hayot belanchagi tebratmoq uchun, Tashlanadi shaxdam odamlar Kimdir bugun barchadan mamnun Birov yurar kun bo’yi tushkun, Kimdir shoshar intilar har dam Maqsadiga erishmoq uchun Hayot misli daryodek toshqin, Yashash kerak ko’pirib-toshib Dunyo go’zal bo’lishi uchun Odamlarga shodlik ulashib. Hayot belanchagida nimalar borligini bilmaysiz,ular sizni har dam kutadilar.Hayot misli xuddi daryodek,uning harakat qilishidek o’tadi.U qanday tez harakat qilsa,hayot ham xuddi shunday tez o’tadi.Uning har bir vaqtini bejiz o’tkazmang. Hayotimizda-ro’zg’or,uy-joy tutishda tejamkorlik,isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik,rejalilik katta ahamiyatga egadir.Dono xalqimiz “Tejog’likning ishi bejog’lik “,deb bejiz aytmagan.Tejamkorlik,rejalilik,isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik-insonning ma’naviy husniga husn,moddiy holatiga qut-baraka ato etadi.Oiladagi ro’zg’ordagi ayolning faoliyati,uning tadbirkor, rejali va tejamkorligi oilaning barkamolligiga,mustahkam va sog’lomligiga asos bo’ladi.Donolar aytganlaridek,to’rt narsani chuqur anglash zarur:vaqtni teja-u qaytmaydi,so’zingni teja-qadring ketmaydi,nafsingni tiy-izzatingga putur yetmaydi,hayotingni asra-muqaddas bo’ladi.Hozirgi hayotda tanglik vaqti ko’p narsani isrof qilmaslik,tejab-tergab turishni taqazo etmoqda.Xalqimizning: Oshni tejasang-oshga , Nonni tejasang-nonga Kunga tejasang-vaqtni O’zingga tejasang-hayotni. Degan hikmatli so’ziga amal qiladigan vaqt keldi. Kundalik hayotimizda bu masalalar, hikmatlar kerak. Ularni yodlash,o’rganish esa bizga asos. Dunyoda eng aziz,yorqin kishi, senga hayot bag’ishlagan, umr bo’yi sening baxting deb jon berib, jafo chekkan kim? Ota-onang. Bas, shunday ekan, har bir farzand ota-ona hurmatini joyiga qo’yishi, qo’lidan kelgancha og’irini yengil qilishi, dillarini og’ritmasligi ham qarz, ham farzdir. Qarindosh tengdoshlardan men opamga o’xshagim keladi. Chunki opam chiroyli, zukko, aqlli, tarbiyali. Men ham albatta opamga o’xshagan aqlli va chiroyli bo’lishni xoxlayman. Gohida opam bizni urushadilar, chunki opam bizni o’qisin aqlli bo’lsin deydilar. Opam bizga doim yordam beradilar. Biron ayb bo’lsa o’z zimmalariga oladilar. Biz opamga doim savol beramiz nima uchun shunday qilasiz desak, u kishining javoblari-sizlar uchun va faqat sizlar. Men opamni yaxshi ko’raman. Qo’limdan kelgancha yordam beraman. Inson oila qadriyat. Mamlakatimizda inson huquqlari, erki, qadr-qimmati, birinchi o’rinda qo’yiladi. Xalqaro va milliy qonunlar har bir insonning erkin bo’lishini, farovon hayot kechirishini, o’z taqdirining egasi bo’lishini huquqiy jihatdan ta’minlash va kafolatlashni ko’zda tutadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida qununlarimiz “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi” ning barcha asosiy g’oya va qoidalarini o’ziga singdirgan. Barcha xalqlar o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga egadir. Ushbu asosda ular o’z siyosiy maqomoni erkin belgilaydi va o’z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishni erkin ta’minlaydi. Inson barkamollikka erishish uchun o’z ustida ishlashi darkor. Eng avvalo o’qish va o’qish, keyingina boshqa masalalar hal etiladi.Unga berilgan barcha azoblarni o’tashi va ularga chiroyli sabr qilishi darkor. So’nggina u erta emas indin bari-bir barkamollikka erishadi. Bugunda hayot juda ham rivojlanib boryapti. Turli xil zavodlar, fabrikalar, mashina ishlab chiqarish texnikumlari, savdo-sotiq mahsulotlari, turli xil binolar, maskanlar, yotoqxonalar, bizda ham shunday o’zgarishlar kiritilyapti. Xudoga shukrki bizning ham Ona Vatanimiz keskin o’zgarib ketyapti. XX asrning so’nggi 10-15 yili mobaynida sayyoramizda jahonshumul ahamiyatga molik bir qator ijtimoiy-siyosiy voqea va hodisalar yuz beryapti.Kuchli mafkura va harbiy qudratga tayangan “sotsializm” tuzumining barham topishi bu boradagi eng muhim va ahamiyatli voqeadir. Buning natijasida deyarli 70 yil mobaynida mavjud bo’lgan ikki tuzumli dunyo o’z o’rnini bir tuzumli dunyoga berdi;”sovuq urush” xavfi ko’p jihatdan bartaraf etildi nihoyat, ”temir parda“ ko’tarildi. Buning oqibatida dunyoda tamomila o’zgacha yangi geosiyosiy vaziyat shakllandi-ki, u jahon hamjihatida tub o’zgarishlarga sabab bo’ldi. O’zbekiston aynan ana shu yo’ldan bormoqda. Lekin mamlakatimiz ana shu yo’lning boshlanish pallasida turgan bo’lsa,Yevropa, Amerika va Osiyo davlatlarining aksariyati uning ancha qismini bosib o’tgan yoki butunlay o’tgandir. Shuning uchun ana shu davlatlarning tajribasini, ularga xos muammolarni bilish foydadan xoli bo’lmasa kerak. Mana masalan iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga dunyodagi 60 dan ortiq davlatlar kiradi. Ana shu davlatlarni yuqorida keltirilgan va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha to’tr guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhni “Yettilik mamlakatlar” tashkil etadi. Hozirgi qator olimlar va mutaxassislar “Yettilik mamlakatlari” tarkibi to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini bildirib, ”yettilik”ni Ispaniya hisobiga kirgizish mumkin. ”Katta sakkizlik mamlakatlari” ning har biriga yiliga 500 mlrd dollardan ortiq Yalpi Ichki mahsulot to’g’ri keladi. Ikkinchi guruhni aholisining soni va Yalpi Icki mahsulotning umumiy qiymati nisbatan kam bo’lgan, asosan Yevropa mamlakatlari tashkil etadi. Uchinchi guruhni “Ko’chgan kapitalizm” mamlakatlari (Avstraliya, Yangi Zillandiya va Janubiy Afrika respublikasi) kiradi. To’rtinchi guruhga Sobiq Ittifoq respublikalari hamda Xitoy tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, har bir insonnig hayotdagi o’rni, ahamiyati juda ham barqaror bo’lishi darkor. Har bir insonning burchi faqatgina o’qish va o’z ustida ishlash. Boshqalarga indamasdan, ularni kamsitmasdan o’z masalalarini hal etish har bir insonning hayotdagi burchi hisoblanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling