1-mavzu: O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar


-MAVZU. DAVLAT MUSTAQILLIGI SARI TASHLANGAN QADAMLAR


Download 34.28 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi34.28 Kb.
#1478020
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi tarix 15 talik mavzu

2-MAVZU. DAVLAT MUSTAQILLIGI SARI TASHLANGAN QADAMLAR


Reja;
1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi.
2.Islom Karimov-O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti.

1. XX asrning 80-yillari oxirida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.Ma`lumki, XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.


Farg’ona fojeasi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi.
1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o’z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.
Mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi va bu mojaro Farg’ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg’ona, Marg’ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi.
Farg’ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to’g’ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o’qiyotgan farg’onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» namoyish uyushtirib, Farg’ona voqealari haqida «noto’g’ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator talablar qo’ydilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko’nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o’qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo’ldi (ularning ko’pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig’i esa yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo’lgan millatlararo to’qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan o’qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo’lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yilib, vayron qilingan.
Farg’ona fojialariga taalluqli ma’lumotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona sifatida kerak bo’lgan. Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qo’shilib ketgan. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga Shoshilinch ko’chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo’lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib joylashtirildi.
Farg’onada uyushtirilgan siyosiy ig’vogarlik Tbilisi, Tog’li Qorabog’, Bokuda tashkil etilgan ig’vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevral-mart oylarida Bo’ka va Parkent, 1990 yil iyunda O’sh va O’zganda ham Shunday urinishlar bo’ldi. Yovuz kuchlar o’z maqsadiga erisha olmadilar. O’zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko’rilgan Chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o’zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu o’rinda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989 yil 23 iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I. Karimov O’zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o’rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi.
O’zbek tili-davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan edi. O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo’lini tanladi.
O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo’lgan XI-sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili Respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi.

Download 34.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling