1-Mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o`quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash


Download 358.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.12.2022
Hajmi358.49 Kb.
#1035676
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 мавзу

 
2.Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, 
komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. 
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishida, haqqoniy tarix yozilishida tarix 
fani predmetining to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonning 
eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq mustaqil fan. Bu 
uning o‘rganish predmeti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘ladi. U fan sifatida 
o‘zining butun diqqat e’tiborini yaqin o‘tmishga sodir bo’lgan voqea va 
hodisalarga qaratadi, undan saboq beradi, xulosi chiqaradi, ajdodlarimiz yaratgan 
madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi. O‘zbekistonning eng 


yangi tarixi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbekistonning eng yangi 
tarixini o‘rganish predmetiga Vatanimiz hududidagi XX asr so’nggi choragidagi 
voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda 
qonuniyatlar va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati 
kiradi. 
Aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, 
ma’lum bir xalq, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va 
hodisalarni yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun zamon va 
makon ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayondir. 
Tarix bilan boshqa ijtimoiy gumanitar fanlarning o‘rganish ob’ekti bitta, 
ya’ni jamiyat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy 
haqiqatning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shu bilan birga tarix 
boshqa fanlarning ham tarixidir, chunki ularning hammasi tarixiy ong, tafakkur, 
umuman tarixning mahsulidir. Boshqa fanlarning hammasi ham, tabiat va jamiyat 
ham avvalo tarixda aks etadi. Ular ham tarix fanini o‘rganish ob’ekti va predmeti 
hisoblanadi. Xulosa shuki, Vatan tarixi millatni murabbiysi sifatida uni ravnaq 
topishida muhim o‘rin tutadi. Mustaqillik sharofati bilan bu fanni o‘rganishga 
bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarib, uni barcha oliy o‘quv yurtlarida shu paytga 
qadar o‘qitilib kelindi. 
Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining 
g‘oyaviy nazariy asoslari, ilmiy ta’limotlari, usuli va uslubiy talab va tamoyillarga 
ega. Bular bu fanning asosini tashkil etib, uning maqsad va vazifasini to‘laroq 
ro‘yobga chiqarishga yordam beradi va tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishga 
xizmat qiladi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ilmiy-nazariy uslublari va uning 
tamoyillari quyidagilardan iborat: 
- Tarixiy hodisa va voqealarni, xolisona o‘rganish va tahlil qilish; 
- tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o‘rganish va tahlil qilish; 
- tarixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o‘rganish va yozish; 
- tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida qarash; 
- xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, iste’dodli va qobiliyatli, fidokor 
va qahramon kishilarning tarixda tutgan o‘rniga alohida e’tibor berish; 
- tarixni o‘rganishda tarixiy izchillikka amal qilish
- tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o‘rganish; 
- etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya va boshqa fanlarning 
yutuqlari hamda usullaridan foydalanish; 
- tarixni o‘rganishga vorisiylik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka 
amal qilish. 


O‘zbekistonning eng yangi tarixi O‘zbekistonning umumiy tarixi va jahon 
tarixi, dinlar tarixi bilan ham bog‘liq. Ijtimoiy hayotni dindan ajratib 
bo‘lmaganidek, tarixni dindan ajratib bo‘lmaydi. Tarixni soxtalashtirmasdan, 
qanday bo‘lsa, shundayligicha o‘rganish kerak, degan tushuncha hamisha ustuvor 
bo‘lishi kerak. 
O‘zbekiston tarixi fanining uzviy va mantiqiy davomi sifatida 
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish haqida so‘z ketganda, avvalo 
mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyingi, ya’ni 1991-yildan beri mamlakatimiz 
bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. 
Ushbu jarayon qanday o‘tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va 
mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini 
tushunish muhimdir. 
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, ya’ni O‘zbekistonning davlat 
mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika 
mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va 
ularning bosqichlarini, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan har tomonlama 
integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va 
amaliy ahamiyati ochib beriladi. 
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning maqsadi – mustaqillik 
yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub 
islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, 
jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning vazifalari – 
mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni 
hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va 
ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini 
talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida 
tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat. 
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy 
asoslari O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar 
tarixini, shuningdek mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini 
yoritishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik, tizimlilik, tarixiylik, 
ob’ektivlik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. 

Download 358.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling