1-Mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o`quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 358.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.12.2022
Hajmi358.49 Kb.
#1035676
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 мавзу



1-Mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o`quv fanining predmeti, 
maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. 
Reja: 
1.“ O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. 
2.Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil 
insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. 
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk 
shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. 
4.XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-
kontseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar. 
Tayanch so’z va iboralar: Mustaqillik, globallashuv, tarix fani predmeti va 
ob’yekti. Metodologik tamoyillar. Dialektik metod. Milliy istiqlol g’oyasi. Vatan 
tarixini davrlashtirish. Moddiy manbalar. Yozma manbalar. Tarixiy xotira. 
 
1.“ O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. 
XXI asr bo‘sag‘asida Vatanimiz tarixida O‘zbekistonning eng yangi tarixini 
boshlab bergan olamshumul buyuk siyosiy voqelik sodir bo‘ldi. 1991 yilning 31 
avgustida Respublika Oliy Kengashi tomonidan O‘zbekistonning davlat 
mustaqilligi e’lon qilinib, xalqimizning asriy orzu-umidlari ushaldi. Dunyo 
xaritasida O‘zbekiston degan yana bir suveren davlat paydo bo‘ldi. Mana shu 
sanadan boshlab O‘zbekistonning eng yangi davrining sahifalari ochilishiga sabab 
bo‘ldi. Tarix sahifalarida yangi davrning ochilishi O‘zbekistonning jahon 
hamjamiyati integrasiyalashuviga, dunyodagi yirik, rivojlangan mamlakatlar bilan 
o‘zaro manfaatli siyosiy va iqtisodiy hamda madaniy aloqalarni rivojlanishiga 
imkon berdi. Xullas, O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi, bu davr chin 
ma’noda istiqlol davri, mustaqillik davri sifatida har bir O‘zbekiston fuqarosi 
bilishi va o‘rganishi zarur bo‘lgan eng yaqin o‘tmishimizdan ma’lumotlar beradi.
Tarix so‘zi – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘tmish, «o‘tgan voqealar 
haqida aniq hikoya qilish», ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq 
o‘tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan hayotiy yo‘lini, ajdodlardan 
avlodlarga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi, ijtimoiy-siyosiy
iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, 
o‘rganuvchi fandir. O‘tmishni o‘rganuvchi fan sifatida tarix fani ko‘p qirrali bo‘lib, 
jahon tarixi, mintaqalar tarixi, Vatan tarixi kabi sohalarga bo‘lib o‘rganilishi 
mumkin. Har qaysi mamlakat, har bir xalq o‘zining uzoq va betakror tarixiga ega 


bo‘lganidek, O‘zbekistonning eng yangi davri tarixi ham o‘ziga xos voqeliklarga 
ega bo‘lgan boy va sermazmun tarixdir. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti xalqimizning mustaqillik 
arafasidan boshlab, to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan murakkab tarixiy yo‘lini, 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o‘rganishdan, 
iboratdir.
O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog‘liq holda 
o‘rganiladi. Jumladan, insoniyatning paydo bo’lishi, uning taraqqiyot bosqichlari 
hamda rivojlanishining umumiy qonuniyatlari to’grisida fikr yuritganda 
arxeologiya, falsafa va siyosatshunoslik; Xo’jalik yuritisi, tirikchilik manbalari va 
vositalarini yuritishda iqtisodiyot nazariyasi; Xalqlarning kelib chiqishi, turmush 
tarzi va madaniyatini tasvirlashda etnografiya fanlariga suyanadi. Shuningdek
o‘zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik kabi fanlarнинг yutuqlaridan foydalaniladi. 
Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxivshunoslik va shunga o’xshash tarix fanini 
to’ldiruvchi, maxsus bo’limlari esa mazkur fanni chuqur anglab yetishga 
ko‘maklashadi. 
Mamlakatimiz jahon tamaddunining beshiklaridan biri hisoblanib, 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi davri ham jahon tarixi taraqqiyotiga qo‘shgan 
hissalarini holisona va haqqoniy o‘rganadi. Umuman, O‘zbekiston tarixi fani 
ajdolarimiz turmush tarzida va ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan voqeliklarni tahlil 
qilishni, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini, umumiy va 
o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishni ko‘zda tutadi.
Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar “Yangi tarix” ta’limoti va tarix fanini 
o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslariga suyangan holda shonli tariximizni ilmiy 
asosda davrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdilar va tarixni sinflar 
kurashidan iborat, deb tushunish, uni beshta formatsiyaga bo‘lishdan batamom voz 
kechdilar. O‘zbekiston tarixiga oid dastur, darslik, va o‘quv qo‘llanmalari sovet 
tuzumi davrining soxta, to‘qima materiallaridan butunlay holi qilindi.
O‘zbekiston tarixi shartli ravishda eng muhim davrlarga, xususan: 
1.O‘zbek davlatchiligi tarixi davriga, (qadimgi davrlardan IX asrgacha); 
2. IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi; 
3. Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi;
4. O‘rta Osiyo hududlarining xonliklar davri; 
5. Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik davri; 
6. Sovetlar davri; 
7. Mustaqil O‘zbekiston davlatining eng yangi tarixi davri. 
O‘zbekiston tarixi, jumladan unung tarkibiy qismi hisoblangan eng yangi 
davri quyidagi vazifalarni bajaradi: 


– Avvalo umumiy holatda ajdodlar hayoti bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan 
voqealar rivojining mazmun-mohiyatini, sabab va oqibatlarini, asrlar davomida 
to‘plangan amaliy tajriba va saboqlarni; 
– Xalqning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayonlarini, ajdodlarimiz 
qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va 
tashqi siyosatini; 
– Xalqning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy 
huquqiy, demokratik davlatchilik qurilishi, demokratik-fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish va 
o‘z o‘rnini topish borasidagi faoliyatini o‘rgatadi. 
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda O’zbekiston tarixi faniga 
bo‘lgan munosabat davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustabid tuzum davrida 
soxtalashtirilgan o‘tmish voqeligi xususida tarixiy adolat qaror topdi, tarixni ilmiy 
va xolisona o‘rganish imkoniyati yuzaga kelib, ta’lim tizimiga ―O‘zbekiston 
tarixi fani kiritildi. Mustaqillik yillarida ― O‘zbekistonning yangi tarixi markazi 
haqidagi hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarorlari, shuningdek O‘zbekiston tarixini 
yaratish konsepsiyasining ishlab chiqilishi, Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning 
1998 yil iyun oyidagi bir guruh tarixchilar bilan uchrashuvi, I.Karimovning 
“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, 
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kabi asarlari O‘zbekiston tarixini 
zamonaviy tarzda o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini shakllantirishga 
turtki bo‘lib xizmat qildi. 
E’tibor berish lozimki, tarixning yaratuvchisi va ijodkori bu – xalq. Bo‘lib 
o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqelik va hodisalar, islohotlarni xalqning 
ishtirokisiz va tarixiy shaxslarsiz amalga oshirish aslo mumkin emas. Tarix 
xalqning fikr-tafakkuri va dunyoqarashining hosilasi. Aynan shuning uchun ham – 
tarix ibrat maktabi bo‘lib, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni anglash va ulardan 
tegishli saboq chiqarish, hushyorlik va ogohlikni targ‘ib etuvchi, buzg‘unchi 
g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag‘rikenglikka 
chaqiruvchi beqiyos ibrat maktabidir.
O‘zbekiston tarixi fani uchun tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati 
nihoyatda katta. Zotan, manbalar tarixni tilga kiritadi. Manbalar o‘z holatiga ko‘ra, 
yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Moddiy ashyoviy manbalarga 
qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalar kiradi. Yozma manbalarga 
esa qoyatoshlarga, sopol, yog‘och, xayvolar terisi va bjshqa buyumlarga bitilgan 
qadimgi yozuvlar va kitoblar kiradi. O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi 
yozma manba zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”dir. 


Tarixiy manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra birlamchi va 
ikkilamchi maqomga egadir. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi 
kirsa, ikkilamchi manbaga esa, mana shu birlamchi manbalarning e’lon qilingan 
nusxalari, kitob holatiga keltirilganlari kiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi 
fani nuqtai nazaridan tarixiy manbalar sifatida mustaqillikn asosi bo’lgan hujjatlar 
ya’ni mustaqillik deklaratsiyasi, mustaqillik asoslari to’g’risidagi qonun, Davlat tili 
to’g’risidagi qonun kabi qator hujjatlarni kiritish mumkin. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan 
aniq fan. Shuning uchun ham u matematika usulidan keng foydalaniladi. Tarixiy 
voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda 
o‘rganiladi. Shu bilan birga tarixiy voqelikning sabab va oqibatlari aniqlanib, 
shakl-shamoyillari va holati belgilanadi. O‘zbekiston tarixi o‘tmishda ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining rivojlanishi va tanazzulning sabab va oqibatlarini o‘rganib, 
ulardan kelajak uchun zarur saboq va xulosalar chiqaradi. O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi insoniyat jamiyatining faqat bir qirrasini emas, balki hamma 
tomonlarini uzviy bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga 
oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol 
avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun 
jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning 
mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish 
uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda 
ta’kidlash kerakki, Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini 
chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon 
hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa o‘zining ham shu jarayon 
ishtirokchisi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 358.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling