Material resurslaridan foydalanish samaradorligi
Download 111.3 Kb.
|
MATERIAL RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
MATERIAL RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI MUNDARIJA: Kirish 2 1.Korxonaning moddiy ashyoviy resurslarining iqtisodiy mohiyati va ularning korxona faoliyatida tutgan o`rni. 4 2. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalaydigan ko`rsatkichlar tizimi. 11 3.Мoddiy resurslardan samarali foydalanishning zarurligi va ahamiyati 19 4. Material resurslaridan foydalanish samaradorligi 22 Xulosa 31 Foydalanilgan adabiyotlar 32 KirishModdiy resurslardan samarali foydalanish va mahsulot sotish hajmini oshirish uchun korxona xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslar bilan yetarli miqdorda ta’min etilishi kerak. Materiallarni belgilangan miqdorda, assortimentda kelib tushmasligi, muddatlarini uzayishi ishlab chiqarishni to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’min etmaydi. Shu bilan birga ortiqcha xomashyo zaxiralariga ega bo‘lish, mablag‘lar aylanishini sekinlashtiradi, naqd pul mablag‘larini yetishmasligiga olib keladi. Demak, moliyaviy va boshqaruv tahlilining asosiy vazifalaridan biri, ishlab chiqarishni normal tashkil etish uchun korxonani optimal miqdordagi moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashdan iboratdir. Moddiy texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ikki manba hisobiga qondiriladi. 1. Tashqi ta’minot. 2. Ichki ta’minot. Tashqi ta’minot deganda, xomashyo birjalari, ko‘rgazmalari orqali tuzilgan shartnomalar asosida xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurslarni kelib tushishi tushuniladi. Ichki ta’minot, ta’minot rejasining bajarilishi ichki resurslardan unumli foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, iqtisod rejimiga rioya qilish evaziga amalga oshiriladi. Respublika iqtisodiyotini shakllanishida lizing kreditlarini roli katta-dir. Lizing kreditlaridan foydalanish uchun dastlab lizing kompaniyalari yoki lizingni amalga oshiruvchi subyektlar bilan lizing kreditlari bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Bunda uch tomon qatnashishi mumkin. Lizing kreditini amalga oshiruvchi moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lganligi uchun moddiy – texnika resurslarini ijaraga beruvchilardan olib ularni foydalanuvchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanishi mumkin. Ayrim hollarda esa moddiy texnika resurslarini to‘g‘ridan – to‘g‘ri ijaraga beruvchilar ularni ijaraga oluvchilarga yetkazib berishlari mumkin. Bu masalalar shartnomalarda batafsil o‘z aksini topishi zarur. 1.Korxonaning moddiy ashyoviy resurslarining iqtisodiy mohiyati va ularning korxona faoliyatida tutgan o`rni. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir xo`jalik yurituvchi subyekt biror bir mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarishni tashkil qilishi uchun asosan to`rt xil resurs mujassam bo`lmog`i lozim bo`ladi. Bunday resurslar tarkibini quyidagi chizma ko`rinishida tasavvur etish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan resurslar tarkibi Mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri moddiy resurslar hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda aytilganidek, moddiy resurslar – ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha moddiy shakllardagi vositalardir. Moddiy resurslar tarkibiga xom ashyolar, materiallar, mashina – mexanizm, asbob – uskuna, qurilma – inshoatlar, binolar va boshqalar kiradi, ular ishlab chiqarish vositalari deb ham yuritiladi. Moddiy resurslar tarkibini taqriban quyidagi chizma shaklida ko`rish mumkin. Resurslar Moddiy resurslar Mehnat resurslari Tadbirkorlik resurslari Moliyaviy resurslar. Ishlab chiqarishning moddiy resurslari tarkibining chizmasi Bu yerda biz moddiy resurslar tarkibiga mehnat sharoitlarini ham kiritdik, sababi iqtisodiyotni erkinlashtirish tamoyiliga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar tarkibida moddiy resurslar (asosiy vositalar va aylanma mablag`lar) bilan birgalikda mehnat sharoitini ham qo`shishni lozim topdik, sababi ular ham ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiladi va korxonaga xuddi moddiy resurslar kabi ma`lum darajada foyda keltiradi. Ma`lumki moddiy resurslar o`z holicha ishlab chiqarish jarayonida ishtirok eta olmaydilar, bu jarayon moddiy resurslar bilan mehnat resurslarining birikuvi natijasida sodir bo`ladi. Demak, ishlab chiqarish jarayoni yuz berishi uchun barcha resurslar bir – biridan ajralmagan holda ishtirok etadilar. Bundan ko`rinib turibdiki, iqtisodiy jarayonlarni sodir etish uchun moddiy resurslar bilan birgalikda jonli mehnatning (mehnat resurslari yoki mehnat salohiyati) ham ishtirokini ta`minlash lozim bo`ladi. Shundagina, ishlab chiqarish jarayoni sodir bo`lib, yangi mahsulot yaratilishiga erishish mumkin. Ana shu nuqtai – nazardan olib qaralganda resurslar tarkibining chizma ko`rinishi quyidagicha bo`ladi. Moddiy resurslar Mehnat qurollari (mashina, asbobuskunalar, o`lchash va hisoblash mashinalari) Mehnat sharoiti (binolar, inshoatlar, ombor xo`jaligi va h.k.) Mehnat predmetlari (xom-ashyo, materiallar va h.k.). Ishlab chiqarish resurslari tarkibining chizmasi Ma`lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg`i, elektr quvvati, ta`mirlash uchun ehtiyot qismlari va boshqalar, mehnat vositalariga esa mashina va mexanizmlar, asbob – uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshoatlar kiradi. Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga ko`ra asosiy vositalar va aylanma mablag`larga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy vositalarni, mehnat buyumlari esa aylanma mablag`larni tashkil etadi. Asosiy vositalar ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko`rsatiladi. Asosiy vositalar deb, ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib, o`zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman o`tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarni tarkiblashda jahon va respublika hisob belgiloviga muvofiq quyidagi ikki jihat mezon sifatida olinadi. Birinchisi, ularning qiymat ifodasi, ikkinchisi – xizmat muddati. Asosiy vositalarning qiymat ifodasi uning kam baholi tez eskiruvchi buyumlardan farqlanish chegarasini xarakterlaydi. Bu ifoda O`zbekiston Respublikasi Resurslar Moddiy resurslar Asosiy vositalar Aylanma mablag`lar Mehnat resurslari Xodimlar soni Moliya Vazirligining 2000 yildagi qarori bilan ish haqi minimumining 50 barobarida qilib belgilangan. Asosiy vositalarning xizmat muddati ularning bir yildan ortiq muddat xizmat etishini xarakterlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan ta`minlanish darajasi samaradorlik asosini tashkil etadi. Shu sababli korxonaning asosiy vositalar bilan ta`minlanish darajasini o`rganishda asosan quyidagilarga qaratiladi: xo`jalik subyektlarining asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta`minlanganlik holatiga baho berish; asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o`zgarishlariga baho berish; korxonaning asosiy vositalar bilan ta`minlanganlik holatini yaxshilash bo`yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularga baho berish; asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish; asosiy vositalarning harakat ko`rsatkichlarini o`rganish va ularga baho berish; asosiy vositalardan samarali foydalanganlik darajalariga baho berish; xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajalariga baho berish; asosiy vositalar samaradorligini oshirish bo`yicha mavjud imkoniyatlarni ko`rsatib berish va hokazo. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir vositani ma`lum bir xususiyatlari bo`yicha tasniflash va tarkibiy joylashtirib chiqish zaruriyati paydo bo`ladi. Xususan, korxonalarning asosiy vositalarini ham ma`lum bir xususiyatlari bo`yicha tasniflab, ularni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiq sanaladi. Download 111.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling