Material resurslaridan foydalanish samaradorligi
-jadval. Materiallardan foydalanish
Download 111.3 Kb.
|
MATERIAL RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
5-jadval. Materiallardan foydalanish
Xulosa Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari ya’ni tannarxlari – ko’p jihatdan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish ko’rsatkichlariga bog’liqdir. Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha bo’lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo’lmaydi. Material resurslardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yaratilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo’shimcha mahsulot barpo etilganligini aniqlash bo’lib hisoblanadi. Ularni quyidagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin: korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi; erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi; moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha xarajat reja bo’yicha ko’zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi. Shu tartibda materiallardan samarali foydalanish natijasida erishilgan iqtisod asosida qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ularni tejab-tergab foydalanmaslik oqibatida ortiqcha xarajatlarni yuzaga kelishi zaminida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi aniqlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdullayev Yo.A., Ibragimov A.T., Raximov M.Yu. «Iqtisodiy tahlil: 100 savol va javob». – T.; «Mehnat», 2001. 2. Vohobov A. V., Ibragimov A. – T. «Moliyaviy tahlil», – T.; «Sharq» 2002. 3. Vahobov A.V., Ibragimov A.T., Yakubov U.Q. «Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlil xususiyatlari». – T.; 2004. 4. Ibragimov A.T., Raximov M.Yu. «Boshqaruv tahlili». – T.; 2004. 5. Axmadjonov X.I., Raximov M.Yu. «Moliyaviy tahlil». – T.; 2004. 6. Vahobov A.V. va boshqalar. «Iqtisodiy tahlil nazariyasi». – T.; 2003. 7. Hakimov B.J. va boshqalar. «Iqtisodiy tahlil nazariyasi». – T.; «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2012-y. 8. Pardayev M.Q., Abdukarimov I.T. «Iqtisodiy tahlil». – T.; «Mehnat», 2004. 9. Анализ прибыльности продукции. М.: Дело. 1996. 10. Артеменко В.Г., Беландир М.В. «Финансовый анализ». Учебное пособие. М.: НГАЕИУ, 1997. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. – Toshkent 1994. 11. Бухгалтерский анализ. Перевод с английского. Киев, 1998. 12. Вахрин П.И. Финансовый анализ коммерческих и некоммер- ческих организаций. Учебное пособие. М.: Издательство – книготорговый центр маркетинга, 2001. 13. Ваҳобов А.В., Иброҳимов А.Т, Ишонқулов Н.Ф. Молиявий ва бошқарув таҳлили. – Тошкент.: Шарқ, 2005. 480 б. 14. Григорев Ю.А. Учет, анализ и контроль внешнеэкономической деятельности и валютних операции. М.: ПАИМС, 1998. Download 111.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling