1-Mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka kirishish davri, istiqlolga erishishining sermashaqqat yo‘li va tahlikali davri Reja


partiya fuqarolik jamiyatini olomon guruhlarga aylantirdi, partiyaning o‘zi esa


Download 139.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi139.82 Kb.
#1250536
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka kirishish davri, istiqlolga erishishining


partiya fuqarolik jamiyatini olomon guruhlarga aylantirdi, partiyaning o‘zi esa 
partiyaviy-byurokratik davlat tizimiga o‘sib o‘tdi». 
Mamlakatda yakkahokim partiya va mafkuraning tazyiqi oqibatlarida shaxsning 
erkin fikrlashi, o‘z atrofidagi voqelikni erkin va halol tahlil etishi, o‘z tashabbuskorligi 
va ijodiy qobiliyatini toiiq namoyon qilishi, shuningdek, o‘zi xohlagan tarzda ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda ishtirok etishi uchun hech bir shart-sharoitlar 
qolmagan edi. SHuning uchun ham jamiyat a’zolari o‘rtasida ijtimoiy faolsizlik va 
boqimandalik kayfiyatlari mislsiz tarzda kuchaydi. 
Rus olimi A.A.Kara-Murza sobiq sovet davridagi partiyaning hukmron 
mavqeyini quyidagicha ifodalaydi: «Partiyaga uning safidan chiqarish imkoniyati 
mavjud bo‘lganligi uchun ham qabul qiladilar. Mamlakatdagi barcha lavozimlarga 
partiya a’zolari boshqalardan iste’dodli, a’lo, adolatli bo‘lganliklari uchun emas, balki 
ularga nisbatan ko‘proq itoatgo‘y bo‘lganliklari uchun qo‘yiladilar – ulami salgina 
itoatsizliklari uchun hech bir sudsiz qatl eetish yoki qamoqqa tiqish mumkin. Partiya 
va hokimiyatning kuchi partiyaviy «ta’sir»ning (shunday ataganlar) hamma erda 
mavjud bo‘lganligidadir. Partiyadan haydalgan odam bepoyon mamlakatning biron-bir 
burchagida ham tazyiqdan panoh topish uchun joy topa olmas edi». 
Partiya va sovet davlatining baravarlashtirish siyosati kishilardagi shaxsiy 
tashabbus, ijodiy fikrlash, siyosiy yoki ishlab chiqarishdagi muammolarni mustaqil 
tarzda echish kabi qobiliyatlarini rivojlanishiga imkon bermadi. 
Kommunistik partiya tomonidan O‘zbekiston ulkan mamlakatning paxta 
xomashyosini etkazib beruvchi bazasiga aylantirildi. Yetishtirilgan paxta hosiliga 
markaz egalik qila 
boshladi. Respublikaning xomashyo o‘lkasiga aylantirilishi uning agrar mintaqa 
bo‘lishini taqozo etdi. Oqibatda respublika iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotning 
hamma sohalari boshqa ittifoqdosh respublikalardan bir necha marta orqada qolib 
ketdi. Markazning ko‘zga ko‘rinmas, niqoblangan mustamlakachilik siyosati partiya 
faoliyatining barcha sohalarida sezilar edi. 
Deyarli barcha ekin maydonlarini paxtaga moslashtirish, muttasil bir xil ekin 
ekilishidan charchagan dalalarga tobora ko‘proq kimyoviy va zaharli o‘g‘itlar solish 
misli ko‘rilmagan darajada avj oldi. Buning natijasida havo, suv, oziq-ovqat, meva va 
poliz mahsulotlarining zararlanishi inson salomatligiga xavf solib, ko‘plab yangidan 
yangi kasalliklarni keltirib chiqardi. Bolalar oiimi nihoyatda ko‘paydi. Suvdan 
istiqbolsiz, o‘rinsiz foydalanish Orol fojeasini keltirib chiqardi. 
Turg‘unlik davrida ham ana shu eski siyosat madaniyroq va puxta niqoblangan 
ravishda davom etdi. Ittifoqning Yevropa qismida to‘xtovsiz ravishda kuchayib 
borayotgan xomashyoga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida O‘zbekistonda paxta 


etishtirishning eng oxirgi imkoniyatlari ham ishga solindi. Natijada ekologik holat 
yanada yomonlashdi, paxtakor mehnati juda og‘irlashdi. Xalqning turmush kechirish 
darajasi qiyinlashib, iqtisodiy-ijtimoiy muammolar yanada keskinlashdi. 
Qayta qurish davrida qisman berilgan demokratik erkinliklar, oshkoralik, 
xalqning o‘zini o‘zi boshqarish kafolatlari xalq ahvolini tubdan yaxshilay olmadi. 
CHunki, boshqarish, ishlab chiqarish va mulkchilikning eski usullari bekor qilinib, 
yangisi barpo qilinmaganligi, ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar 
buzilganligi, markazning yana yakkahokimlik qilish siyosatidan qaytmaganligi, o‘zaro 
ichki siyosiy kurashlar, RSFSR bilan ittifoq va uning tuzilmalari o‘rtasidagi hokimiyat 
uchun o‘zaro kurashlar va uning iqtisodiy oqibatlari xalqning moddiy ahvolini keskin 
yomonlashtirdi. Xalq iste’mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi kuchayib 
bordi. Narx-navo ham to‘xtovsiz oshib bordi.
1989-yilda Prezident Islom Abdug‘niyevich Karimov respublika rahbari bo‘lgan 
davrda mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ana shunday og‘ir siyosiy, 
iqtisodiy vaziyat va bo‘xronlar mavjud edi. Bir tomondan, markazning ittifoqni saqlab 
qolish umididagi tazyiqlari, ikkinchi tomondan, o‘zini muholifatchi deb atagan turli 
guruh va oqimlar boshliqlarining xurujlari respublika hukumatini barqaror siyosat olib 
borishini xavf ostiga qo‘ydi. 
Ana shunday qiyinchiliklar davrida markazdagi oliy hokimiyat – KPSS 
rahbarlaridan bir guruhning 1991-yil 19-21-avgust kunlari davlat to‘ntarishi qilishga 
urinishlari va uning oqibatlari shuni ko‘rsatdiki, endi O‘zbekiston markazning vassali 
bo‘lib qola olmaydi. Markazda g‘alaba qilgan siyosiy kuchlarning ba’zi bir harakatlari, 
ittifoqning boshqarish tuzilmalarini boshqa respublikalar bOan hech bir kelishmay 
turib ishg‘ol qilishga urinishlar, KPSS oliy rahbariyati bir qismining davlat 
to‘ntarishida ishtirok etishi, KPSS faoliyatini rasman to‘xtatib qo‘yilishi kabi voqealar 
O‘zbekistonning ittifoq tarkibida rivojlanishini shubha ostiga qo‘ygan edi. 
Ana shunday qiyin, taxlikali va murakkab sharoitlarda O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Umuman, milliy mustaqillikning 
dastlabki davrida sobiq totalitar jamiyat qoldirgan meros mamlakat ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy hayotining barcha sohalarini o‘ziga qamrab olgan edi. Mamlakatda hali 
fuqarolik jamiyatining unsurlari shakllanmaganligi, bu sohadagi tajribalarning kamligi, 
demokratik qadriyatlar xalq mentalitetiga singmaganligi, yangi jamiyatning iqtisodiy 
asoslari shakllanmaganligi kabi yuzlab dolzarb muammolar o‘z yechimini kutmoqda 
edi.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, o‘z davlatchiligini qo‘lga kiritish, milliy 
va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qayerda yengil va osonlikcha bo‘lmagan. 
Mustaqilikka erishgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat 
barpo etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Dunyoda ijtimoiy taraqqiyot 
yo‘lining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, SHvetsiya modellari va 


boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial 
mamlakatlarning tajribasi ham shuni ko‘rsatadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng 
Yevropa mamlakatlari va Yaponiya iqtisodiyotini qayta tiklash ham buning amaliy 
namunasidir. O‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va 
respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan 
shak-shubhasiz samarali foydalandi.
Gap biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham, ko‘r-ko‘rona 
ko‘chirib olish to‘g‘risida borayotgani yo‘q. Aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi 
mamlakat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha mamlakatning o‘ziga xos sharoitidagina 
ijobiy natija beradi. Jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli 
tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot 
yo‘limizni tanlab olish respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. SHuni alohida ta’kidlash 
zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, 
evolyusion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o‘tish - tanlab olingan yo‘lning 
asosiy mazmuni va mohiyatidir. Odamlarning ongi va turmushiga o‘nlab yillar 
mobaynida, ko‘pincha zo‘ravonlik yo‘li bilan singdirilgan narsalarni bir zumda 
o‘zgartirish mumkin emas. Buning uchun ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi 
munosabatlarning keskinlashuviga va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga 
barham berish bilan jamiyatni yangilash va o‘zgartirish zarurligiga odamlarning o‘zini 
ishontirish, harakatga keltiruvchi kuchlarni va mehnatning rag‘batlantiruvchi 
omillarini o‘zgartirish kerak.
Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligi, ularning o‘ziga xos 
xususiyati bu muammolarni hal etishga alohida yondashuvni taqozo etadi. Turmush 
sharoiti va tarzining milliy xususiyatlari, SHarq madaniyatiga mansublik ham shuni 
talab etadi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar boshlanguniga qadar ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat
og‘ir edi. Yengil-elpi, iqtisodiy, “kosmetik” yoki ko‘r-ko‘rona u yoki bu davlatning 
iqtisodiy modeliga asoslangan holda islohotlarni amalga oshirish bilangina bu 
holatdan chiqib ketish mumkin emas edi. Iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun har 
tomonlama puxta o‘ylangan, bir necha davlatlarning ijobiy tajribalariga suyanib, milliy 
xususiyatlar va respublikadagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq hisobga olib, keng 
miqyosdagi tub iqtisodiy islohotlar rejasining nazariy asoslari va uni amalga oshirish 
usullarini yaratish kerak degan xulosalarga kelindi va shu ish olib berildi.
Bu masalaga Birinchi Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari oydinlik kiritdi: 
«Biz boshqa davlatlarning rivojlanish jarayonida to‘plagan va respublika sharoitiga 
tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy tajribalardan foydalanish imkoniyatini istisno 
qilmaymiz, ayni chog‘da biron-bir andazadan, hatto u muayyan mamlakatlarda ijobiy 
natijalarga olib kelgan bo‘lsa ham, ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish mutlaq noma’quldir”.


Muayyan vositalar va usullar qaysi mamlakatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ular 
o‘sha mamlakatlarga xos bo‘lgan alohida sharoitlardagina ijobiy samara berishi 
mumkin. Begona, yot andozalar sun’iy ravishda tiqishtirilgan joylarda iqtisodiy 
islohotlar muqarrar ravishda barbod bo‘laveradi. Bu yo‘l bozor iqtisodiyotining 
umumiy tomonlarini e’tirof etgan holda O‘zbekistonning milliy xususiyatlarini 
hisobga oladi. Bu yo‘l jahon tajribasiga tayangan holda, ammo mamlakatimizning 
milliy manfaatini, undagi real sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyotiga inqilobiy 
sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, tinchlik va xotirjamlik sharoitida, xalqni ijtimoiy 
himoya qilish orqali sekin-asta, bosqichma-bosqich o‘tilishini ta’minlaydi.
Bu tamoyilni inkor etishlik qanday natijalarga olib kelishini SHarqiy Yevropa 
tanlagan yo‘l orqali bozor tomon harakat qilish misol bo‘la oladi. Bu yo‘lda, Xalqaro 
valyuta fondining maslahatlariga amal qilib, narx-navoga tezroq erkin tus berishga, 
soliq, kredit va valyuta siyosatining cheklangan choralari vositasida moliya-pul 
barqarorligiga erishishga zo‘r berildi. "Falaj qilib davolash" ("shok terapiyasi") 
usulidan foydalanish iqtisodiyotni totalitar tuzumdan birdaniga ajratib olish, pul-
moliyaviy usullarni bozor munosabatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos tezlatkichiga 
aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan edi. 
Biroq bunday yondashuvning ijtimoiy oqibati juda og‘ir bo‘ldi. Yugoslaviyada 
iqtisodiy islohotning amalga oshirilishi (A.Markovich rejasi) asosiy iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni keskin ravishda pasaytiribgina qolmay (1991 yilda sanoat ishlab 
chiqarishi 20 foiz, sarmoya sarflash 17 foiz kamaydi), federatsiyaning parchalanishiga, 
millatlararo-etnik guruhlar o‘rtasida mojarolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. 
CHexoslovakiyada islohotning "falaj qilib davolash" nusxasi (V.Klaus rejasi) ham 
ishlab chiqarish tanazzuliga hamda sarmoya sarflashning to‘xtab qolishiga, 
mamlakatning bo‘linib ketishiga olib keldi. 
Bu usul Ruminiya va Bolgariyada pul qadrsizlanishining kuchayishiga, tashqi 
iqtisodiy va ichki qarzlarning ko‘payishiga, ishsizlikka va ishlab chiqarishning keskin 
pasayib ketishiga olib keldi. "Falaj qilib davolash" usulini (L.Balserovich rejasini) 
G‘arb mamlakatlari va xalqaro moliya tashkilotlarining faol ko‘magi bilan boshqa 
mamlakatlarga nisbatan izchilroq amalga oshirgan Polshada iqtisodiyot tarkibida, 
ayniqsa qishloq xo‘jaligida xususiy sektorning ulushi ko‘pligiga qaramay, bu yo‘l 
pulning haddan tashqari qadrsizlanishiga, aslida mamlakat sanoatining barbod 
bo‘lishiga, tashqi qarzning nihoyatda oshib ketishiga olib keldi. 
Xalqimizda "yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang – boshpanasiz qolasiz", 
degan naql bor. Unda respublika aholisining ruhiyati to‘la aks etgan. SHuni hisobga 
olib, O‘zbekistonning islohotlarning bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘li asos qilib 
olingan. O‘zbekistondagi islohotlarning o‘ziga xos xususiyati ham shunda. Bir 
bosqichni tugallab, zarur shart-sharoitni yaratib, shundan keyingina yangi bosqichga 
o‘tiladi. Har bir bosqichda uning o‘ziga xos ustuvorliklari shakllanadi, ularni 


ta’minlash vositalari takomillashadi. Har bir bosqichning qancha davom etishi unda 
hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolarga, tashqi omillarning nechog‘lik qulayligiga, 
aholining fidokorona mehnatiga bog‘liqdir. 
O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirish jarayonida quyidagi asosiy o‘ziga xos 
xususiyatlar va shart-sharoitlar har tomonlama hisobga olingan.
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari 
va urf-odatlaridan kelib chiqadi. 
Ikkinchidan, Respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat - g‘oyat muhim 
xususiyatlardan biridir. 
Uchinchidan, Respublikaning yana bir xususiyati – milliy tarkibining o‘ziga 
xosligidir. 
To‘rtinchidan, Respublika qulay geostrategik mavqega ega. 
Beshinchidan, O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirish yo‘llari va 
yondashuvlarini tanlashga tabiiy-iqlim sharoitlarining o‘ziga xosligi belgilovchi ta’sir 
o‘tkazmoqda. 
Oltinchidan, O‘zbekiston Respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini 
himoya qilish imkonini beradigan etarli potensialga ega.
Yettinchidan, keyingi o‘n yillar mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo‘lgan 
kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligini ham e’tiborga olmaslik mumkin 
emas.

Download 139.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling