1-mavzu. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Ma`ruza mashg`uloti rejasi


“Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” fanining maqsadi, vazifalari va ustuvor tamoyillari


Download 144 Kb.
bet2/11
Sana23.01.2023
Hajmi144 Kb.
#1111741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI

1.2. “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” fanining maqsadi, vazifalari va ustuvor tamoyillari
Har qanday fan yoki o’quv predmetida bo’lgani kabi “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” ham o’zining maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti va muhim kategoriyalariga ega.
“Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” fanining maqsadi: pedagogik turkum fanlarini samarali o’qitish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod, vosita, usul va texnologiyasi, pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy elementlari, o’quv-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish yo’llarini aniqlash va talabalarni ulardan xabardor qilish. Bo’lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashni takomillashtirish maqsadida o’quv predmetining maqsadi, vazifalarini, pedagogik fanlarni integratsiyalash vositalarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish.

  1. . Pedagogik turkum fanlarni o’qitish jarayonining asosini tashkil etuvchi qonuniyatlar va didaktik tamoyillar to’g’risidagi masalalarni hal qilish;

  2. . Talabalarda o’quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda samarali shakl, met od, vosita, usul va texnologiyalarni tanlash hamda tizimlashtirishga oid bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish.

  3. . Pedagogik turkum fanlarni o’qitishga doir tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va tizimlashtirish.

  1. Pedagogik turkum fanlarni o’qitishga oid mualliflik yondashuvlarini modellashtirish va ularni pedagogik ta’lim amaliyotiga tatbiq etish.

  2. Bo’lajak pedagoglarni kasbiy pedagogik faoliyatda ijodiy imkoniyatlarni

namoyon qilishga rag’batlantirish o`quv predmetining maqsad va vazifalari belgilanganda uning ob yekti va predmetini ham aniqlab olish ahamiyatli sanaladi.
“Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi”ning ob’yekti - pedagogik turkum fanlarini samarali o’qitish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod, vosita, usul va texnologiyasini, pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy elementlarini o’rganish, samarali ta’limni tashkil etish, pedagog va talabalarning munosabatlari jarayoni bo’lsa, predmeti pedagogik turkum fanlarining metodologik asoslari, yetakchi pedagogik ta’limotlar, muhim nazariy g’oyalari, yangicha pedagogik yondashuv (paradigma)lar sanaladi.
Ko’p holatda metodika va metodologiya aynan bir holatni ifodalovchi tushunchalar tarzida qo’llaniladi. Biroq, ularni bir-biri bilan adashtirish, biri o’rniga ikkinchisini qo’llash mumkin emas. “Metodika” va “metodologiya” tushunchalarining mazmuni, ular o’rtasidagi o’zaro farqlarni anglab olish bo’lajak pedagogiklar uchun ahamiyatlidir.Ko’pgina izohli lug’atlarda ham “Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o’rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo’lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasi”ni ifoda etishi ko’rsatib o’tilgan1.
“Metodika” atamasining ma’nosini anglash uchun uning etimologiyasiga e’tibor qaratish lozim. Yunon tilida “ika” (eka, tika, dika, teka) qo’shimchasi “ombor”, “to’plam”, “yig’indi”, “jamlanma” ma’nosini anglatadi.
Masalan: Biblioteka - “Bibliya”lar to’plami (yig’indisi);
audioteka - audio yozuvlar to’plami (yig’indisi);
videoteka - video lavhalar to’plami (yig’indisi);
apteka - retsept asosida tayyorlanadigan dorilar ombori, to’plami (yig’indisi);
diskoteka - disk (aylana, doira)lar to’plami (yig’indisi).
Shunga ko’ra lug’aviy jihatdan olganda “metodika” tushunchasi “metodlar to’plami, jamlanmasi” ma’nosini anglatadi. Biroq, nazariy jihatdan metodika faqat ma’lum faoliyatni tashkil etishda qo’llaniladigan metodlar yig’indisinigina anglatib qolmay, balki, shakl, metod, vosita va usullar yig’indisi, jamlanmasini ifodalaydi.
Yuqoridagi fikrga tayangan holda “ta’lim metodikasi” tushunchasi quyidagi ma’noni anglatishiga ishonch hosil qilish mumkin:
Ta’lim metodikasi - o’qitishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish uchun qo ‘llaniladigan shakl, metod, vosita va usullar to’plami, yig’indisi
Ya’ni, tegishli faoliyatni tashkil etishda uning tashkiliy shakli, metod, vosita va usullari birgalikda, yaxlit holatda qo’llaniladi. Shuningdek, bir tomondan o’rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi toniondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi.
Demak, o’qitish metodikasi:

  1. pedagogning o’qitish usullari va talabaning o’qish usullari hamda talabaning talabalar bilan o’zaro bog’langanligini;

  2. pedagog va talabalarning hamkorligi asosida belgilangan maqsadga yetish, ta’lim vazifalarini hal etishda o’qitish shakl, metod, vosita, usul va texnologiyalarni qo’llashga qaratilgan faoliyatidir.

Bir so’z bilan aytganda, “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” - pedagogik nazariya hamda ta’lim-tarbiya amaliyotini bog’lash xususiyatiga ega bo’lib, uning negizida pedagogik ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, metodi, vosita, usul va texnologiyalari, o’qitish hamda o’qishdan iborat yaxlitlik, birlik tadqiq etiladi.
“Metodika” tushunchasiga berilgan xilma-xil ta’riflarga tayangan holda quyidagi umumlashmalarga kelish mumkin:

  1. o’qituvchi ishini tashkil etishning shakl, metod va vositalari;

  2. ma’lum bir faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan metod va usullar yig’indisi;

  3. bilim, ko’nikma va malakalarni egallash jarayonini maqsadga yo’naltirilgan tarzda tashkil etish, rejali va tizimli amalga oshirishga yordam beruvchi usullar yig’indisi;

  4. ma’lum maqsadga yo’naltirilgan yo’naltirilgan harakatlarni amalga oshirish chora-tadbiri; pedagogik jarayonda real qo’llaniladigan usul va vositalar mohiyati, ahamiyati, amaliy qiymati, texnik jihatlarini ochib berish algoritmi; ta’lim metodlari to’g’risidagi fan2.

“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o’qitish bilan ham bog’liklikda qo’llanilib, ma’lum sohani o’qitish jarayonining mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig’indisini o’zida ifoda etadi. Pedagog olim A.M.Stolyarenkoning fikricha, “O’quv fanlarini o’qitish metodikasi metodika ma’lum bir pedagogik vazifalarni hal etish bilan bog’liq metod, metodik usullar, vosita va tashkiliy chora-tadbirlar majmuidir”3. G.M.Kodjaspirova, A.Yu.Kodjaspirovlarning fikricha, “O’qitish metodikasi pedagogik faoliyatni amalga oshirishning aniq usullari, uslublari va texnikasidir”4.
Pedagogik manbalarda “metodika” tushunchasi “texnologiya”, “metod” atamalari bilan sinonim sifatida ham qo’llaniladi. Biroq, metodika texnologiya va metoddan muayyan jihatlariga ko’ra farqlanadi. Masalan: metodikaning metoddan farqi ta’lim jarayonida hal qilinayotgan vazifalar, qo’llanilayotgan usullarning yanada aniqligida, texnologiyadan farqi esa pedagogik (ta’limiy va tarbiyaviy) faoliyatning bevosita loyiha yordamida tashkil etilmasligi, ya’ni har bir pedagogik harakat mohiyatining bosqichma-bosqich ochib berilishi shart emasligida ko’rinadi. Ta’lim jarayonida testdan foydalanish - metod, test metodini qo’llash shartlarini asoslash, testni ishlab chiqish, uning natijalarini tahlil qilish mezonlarining belgilanishi - metodika hisoblanadi5.
O’qitish metodikasiga qo’yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar kiradi:
-hayot bilan uyg’unlik;
-qayta ishlab chiqishga yo’nalganlik;
-aniqlik;
-rejalashtirilgan harakat maqsad va vazifalariga moslik;
-asoslanganlik;
-natijaviylik.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o’qitish metodikasi o’zida:

  • ta’limning maqsad va ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, tashkiliy vazifalarini;

  • ta’limning qonuniyat va tamoyillarini;

  • ta’lim mazmunini;

  • ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini;

  • ta’limning umumiy va xususiy metodlarini;

  • o’quv vositalari;

  • o’qitish natijasini aks ettiradi.

“Metodologiya” tushunchasining talqiniga ham ko’pchilik noto’g’ri yondashadi. An’anaviy yondashuvga ko’ra, metodologiya - metodlar to’g’risidagi ta’limot va ilmiy faoliyatning bajarish tartibi; shuningdek, umumiy bilish nazariyasi (gnoseologiya)ning, ayniqsa, ilmiy bilish nazariyasi (epistemologiya) va falsafiy fanlarning alohida bo’limi.
Amaliy jihatdan atama yanada aniq talqin etiladi: metodologiya - tadqiqotchi ma’lum fan doirasida bilimlarni olish va ularni qayta ishlashda tayanadigan tadqiqotchilik faoliyatining tamoyillari va yondashuvlar tizimi6.

Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling