1-mavzu. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Ma`ruza mashg`uloti rejasi


Pedagogik fanlar tomonidan quyidagi vazifalar hal qilinadi


Download 144 Kb.
bet5/11
Sana23.01.2023
Hajmi144 Kb.
#1111741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Pedagogik fanlar tomonidan quyidagi vazifalar hal qilinadi:
1) barkamol shaxs, malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon mohiyatini o’rganish;
2) shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash;
3) rivojlangan mamlakatlar ta’lim tajribasi asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish;
4) ta’lim muassasalari va ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati
mazmunini asoslash;
5) ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish;
6) pedagog kadrlarni mutaxassislik bilimlari,ta’lim-tarbiyaning ilg’or usullari
bilan qurollantirish;
7) ta’lim va tarbiya, ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish;
8) o’qitish va tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish;
9) oila tarbiyasini to’g’ri tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Zamonaviy kadrlar oldiga qo’yiladigan eng muhim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o’zligini o’z kobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat xamda xislatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mexnatini okilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mexnatning boshqa soxalarida iktidorli kasb soxibi sifatida faoliya ko’rsatishdir. Bu urinda inson ruxiyati konuniyatlarini urganuvchi psixologiya fanining urni va roli benixoya kattadir.


XXI asrda juda kuplab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib urin olgan mustakil O’zbekistonda xam barcha soxalarda tub isloxotlar boshlandi. Bu isloxotlarning barchasi inson omilini xar kachongidan xam yukori saviyaga kutarib, uning kuchi, idroki saloxiyati, ruxiy xamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan o’zviy bogladi. Bunda inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida kaygurishi muammosi xar kachongidan xam dolzarb masalaga aylandi.
Shaxsni shakllantirish, o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish masalalarini o’rganuvchi pedagogik xarakterdagi fanlarning yaxlitligi, umumiy jihatlari hamda o’ziga xosliklari to’g’risida so’z yuritishdan avval “tizim” tushunchasining mazmunini anglab olish maqsadga muvofiq sanaladi.



Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling