1-mavzu. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Ma`ruza mashg`uloti rejasi


Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda fanga taalluqligiga ko’ra “metodologiya” tushunchasini shunday talqin qilish mumkin


Download 144 Kb.
bet3/11
Sana23.01.2023
Hajmi144 Kb.
#1111741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda fanga taalluqligiga ko’ra “metodologiya” tushunchasini shunday talqin qilish mumkin:
Metodologiya - muayyan fanning asosini yorituvchi qonuniyatlar, ustuvor tamoyillar, eng muhim nazariyalar, yetakchi g’oyalar, o’ziga xos yondashuvlar, kontseptsiyalar, metodlar mohiyatini yorituvchi ta’limot Yuqorida keltirilgan ta’rifga tayanganilsa, u holda “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi”ning metodologiyasi o’zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
“Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi”ning metodologiyasi -pedagogik turkum fanlar asosini yorituvchi qonuniyatlar, ustuvor tamoyillar, eng muhim nazariyalar, yetakchi g’oyalar, o’ziga xos yondashuvlar, kontseptsiyalar, metodlar mohiyatini yorituvchi ta’limot " Mazmunan “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi’ning metodologiyasida dialektika, gnoseologiya, logika va sotsiologiyaning asosiy mazmuni, ta’lim, tarbiya, rivojlanish va o’qitishga oid pedagogik nazariya (kontseptsiya)lar, o’quv predmetini o’qitish metodikasining ilmiy-tadqiqot metodlari namoyon bo’ladi7. Pedagogika fanlari o’qituvchisi o’quv predmeti metodologiyasini puxta o’zlashtirishi, uni metodik tadqiqotlarda qo’llay olishi, turli o’zgarishlar, pedagogik jarayonda yuzaga keladigan vaziyatlardan kelib chiqqan holda metodikani o’zgartirish oqibatlarini taxmin qila olish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur.
Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o’z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi.


1.3. “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi”ning asosiy tushuncha (kategoriya)lari
Har bir fan, shuningdek, o’quv fanining muhim xususiyatlaridan biri - ularning o’z kategoriyalari, tanyach tushunchalariga ega bo’lishi sanaladi. “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” ham ham o’zining tayanch tushunchalari - asosiy kategoriyalariga ega.

  • bilim - shaxsning ongida tushuncha, sxema, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;

  • ko’nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati; ma’lum xatti-harakatlarni, muayyan faoliyatni bajarishga odatlanishi; zaruriy harakatlarni bajarishda namoyon bo’lib, mashqlarni ko’p marta takrorlash asosida takomilga yetkaziladigan amaliy faoliyatning tarkibiy qismi;

  • malaka - muayyan harakat, faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli; bilim, hayotiy tajriba, shuningdek, o’zlashtirilgan ko’nikmalar asosida amaliy va nazariy harakatlarni ongli va mustaqil bajarishga tayyorlik; biror bir uchul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning avtomatlashgan, takomillashgan darajasi;

  • vosita - muayyan maqsadga erishish yoki ma’lum ish-harakat, faoliyatni amalga oshirish uchun qo’llaniladigan narsa, qurol; ma’lum harakat, faoliyatnini amalga oshirishda foydalaniladigan narsa; o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt; egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi;

  • maqsad - erishish, amalga oshirish uchun ko’zda tutilgan narsa, murod, muddao; o’qitishning nimaga qaratilganligi, mavjud kuchning qay yo’sinda safarbar etilishi;


  • Download 144 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling