1-mavzu. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Ma`ruza mashg`uloti rejasi
Download 144 Kb.
|
1-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika fanini
- Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi”
mazmun - o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi;
metod - muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo’lni, tartib, tizimga solingan faoliyat usulini tanlash; o’qitish maqsadiga erishish (maqsadni amalga oshirish) yo’li; natija - o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi. tashkil etish - qo’yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon; ta’lim - o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon; o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar, fikrlash usullari tizimi; ta’limning tashkiliy shakli - o’quvchi (talaba)larga bilim berish, ularda ong, tafakkur, dunyoqarash va hayotiy tajribani shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatni tashkiliy jihatdan uyushtirilishi, dars qurilishi, tarkibiy tuzilishi; o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni uchun qobiq; o’rganish - anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq- atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni; o’rgatish - pedagogning o’qitish maqsadini amalga oshirishga qaratilgan tartibli faoliyati; o’qish - ta’lim oluvchi tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan faoliyat o’qitish - pedagog bilan talabalarning qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan o’zaro tartibli harakati. Pedagogika fanini o’qitish metodikasini shakllanish jarayoni pedagogika fanini o’quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog’liqdir. Pedagogikani o’qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to’planadi ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida aloxida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o’kitishning ayrim masalalari bo’yicha metodik tavsiyalar yaratiladi. Tajribalarni umumlashtirish asosida tadqiqotlar olib boriladi, ularni natijasida o’qitish metodikasining o’ziga xos qirralari aniqlanadi. Pedagogika fanini o’qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir. Pedagogika fanini o’qitish metodikasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga qaratiladi, bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi. Pedagogika fanini o’qitish metodikasida materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo’lib xizmat qiladi. Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshqaruvchi tamoyillarni belgilovchi, ob’ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir. Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o’zlashtirish usulari bilan belgilanadi. Pedagogik metodologiya o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funksiyalari haqidagi ta’limot. 2. Fundamental, umum ilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, konsepsiya, gipoteza). 3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot. Pedagogika fanini o’qitish metodikasi pedagogik bilimlar sohasi bo’lib, pedagogikani umumiy va xususiy metodologiyasidan foydalanadi. Pedagogika fanini o’qitish metodikasi, pedagogikani fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini predmeti bo’lgan ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish imkonini beradi. Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanining vazifalari. Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tutgan o’rni, ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg’ularni tarbiyalaydi. Shu bilan birga ta’lim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning mazmuni ham «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun bilan mushtarakdir. “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” – pedagogik turkum fanlarini samarali o’qitish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod, vosita, usul va texnologiyasini, pedagogik jarayonning muhim tarkibiy elementlarini o’rganadigan o’quv predmeti (fani) yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash jarayoni bo’lsa, predmetini har tomonlama rivojlangan, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining umumiy mohiyati, qonuniyatlari, ustuvor tamoyillari, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat mazmuni, pedagogik hodisalar tashkil etadi. O’z mohiyatiga ko’ra pedagogik turkum fanlarning asoslari ta’lim va tarbiya jarayonining mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, bosqichlari, samarali shakllari, metodlari, vositalari, texnologiyalari, o’qituvchi hamda ta’lim jarayoni ishtirokchisi (tarbiyalanuvchi, o’quvchi, talaba, tinglovchi) munosabatlari, ular faoliyatini nazorat qilish va baholash, ta’lim-tarbiya jarayonlarining natijalaridan iborat. Download 144 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling