“Pedagoglik kasbi va pedagogik faoliyat”ga doir blits-so’rov savollari - Pedagoglik kasbiga qanday talablar qo’yiladi?
- Pedagogik jarayon deganda nimani tushunasiz?
- Pedagoglik kasbi haqida Sharq mutafakkirlari qanday fikrlarni bayon etishgan?
- Pedagogik qobiliyatlar haqida nimalarni bilasiz?
- A.S.Makarenko haqida eshitganmisiz?
- Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo‘lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko nomi bilan bevosita bog’liq.
- A.S.Makarenko bo‘lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o‘rganishi zarurligini ta’kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin».
- Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo‘lgan ilg’or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitila boshlandi.
- A.S.Makarenko
- (1889-1939)
Quyida keltirilgan savolga o’z munosabatingizni bildiring. - Mahorat deganda nimani tushunasiz?
- pedagogik mahorat pedagogik faoliyatning yuqori darajasi bo’lib, u pedagogning belgilangan vaqt ichida optimal natijalarga erisha olishida namoyon bo’ladi. (N.V.Kuzmina., N.V.Kuxarev);
- “o’qituvchining ilmiy bilimlari, ko’nikmalari, metodik san’ati va shaxsiy fazilatlari sintezi” (A.I.Sherbakov);
- “pedagogik faoliyatni egallanganlikning yuqori darajasi, ixtisoslikka doir bilim, ko’nikma va malakalar hamda kasbiy ahamiyatli sifatlar majmui” (Pedagogik lug’at);
- “kasbiy faoliyatning yuqori darajada tashkillanishini ta’minlovchi shaxs xususiyatlari kompleksi (o’qituvchi faoliyatining gumanistik yo’naltirilgani, kasbiy bilimlari, kasbiy qobiliyatlari va pedagogik texnikasi” (I.A.Zyazyun);
- “pedagogik mahorat deganda o’qituvchining pedagogik–psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko’nikmalarni mukammal egallashi, o’z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy–estetik munosabatda bo’lishi, o’z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi” (I.P. Rachenko).
Do'stlaringiz bilan baham: |