7– Ma’ruza. Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish metodikasi reja


Download 272.06 Kb.
bet1/8
Sana21.11.2023
Hajmi272.06 Kb.
#1793325
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MA\'RUZA


7– Ma’ruza.SPORTCHA YURISH TEXNIKASINI O‘RGATISH METODIKASI
Reja:
7.1. Sportcha yurishning rivojlanish tarixi7.
2. Spоrtchа yurish tеxnikаsi аsоslаri
7.3. Spоrtchа yurish tеxnikаsining аsоsiy zvеnоsi
7.4. Spоrtchа yurish tеxnikаsining xususiyati (still)
7.5. Spоrtchа yurishdа qаdаmlаr hоlаti
7.6. Spоrtchа yurishdа umumiy оg’irlik mаrkаzi
7.7. Spоrtchа yurishda qаdаm tеzligi vа uzunligining hаrаkаt tеzligigа bоg’liqligi
7.8. Sportcha yurish texnikasini o’rgatishuslubiyoti


Tayanch iboralar.

  1. Yurish.

  2. Sportcha yurish.

  3. Joyda turib.

  4. Burilish.

  5. Tezyurar sportchi.

  6. Natija.

  7. Texnik tayyorgar.

  8. Mashq.

  9. Musobaqa.

  10. O’tish davri



Yurish – bu odamning odatdagi harakatlanish usuli bo’lib, barcha yoshdagi odamlar uchun ajoyib tarzdagi jismoniy mashq hisoblanadi. Uzoq vaqt davomiyligidagi va ritm ko’rinishidagi yurish davomida odam tanasining deyarli barcha muskullari ish bajarishga jalb qilinadi, bu holatda yurak va qon – tomirlar tizimi, nafas olish, asab va organizmning boshqa organlar tizimlari faoliyati kuchayadi, moddalar almashinuvi faollashadi. Odatdagi yurish eng avvalo, sog’lomlashtiruvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Odam erta bolalik davridan boshlab yurishni boshlaydi. Biroq, barcha odamlarning to’g’ri, chiroyli va tejamkor ko’rinishda yurishni o’rganishi zarur hisoblanadi.
Odatdagi yurishdan tashqari, yurishning bir qator boshqa turlari ham mavjud hisoblanadi: masalan, qadam tashlash, saf bo’lib yurish, sportcha yurish. Sportcha yurish musobaqalarda foydalaniladi va bajarilishi texnikasi bo’yicha yurishning nisbatan murakkab usuli hisoblanadi, biroq shu bilan birgalikda eng samarali yurish usuli sifatida qayd qilinadi. Sportcha yurishning tezligi odatdagi yurishdan deyarli 2 – 2,5 marotaba yuqori bo’lishi kuzatiladi.
Biroq, yurish davomida yuqori tezlikka erishishda faqat sportcha yurishning texnik xususiyatlarini o’zlashtirishning o’zi yyetarli hisoblanmaydi. Bunda odatdagi yurish usuliga nisbatan yuqori qiymatdagi intensivlikda ish bajarish talab qilinadi, o’z navbatida energiya sarfi qiymati ortadi. Ushbu holatga bog’liq ravishda, sportcha yurish mashg’uloti sportchi organizmiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi, uning ichki organlari va organlar tizimi holatini mustahkamlaydi, bu tizimlar ish qobiliyati darajasini yaxshilaydi, kuchning rivojlantirilishiga va ayniqsa, chidamlilikning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, odamda iroda sifatini tarbiyalaydi.
Sportcha yurish odatdagi yurish usuli bilan ko’plab umumiylik jihatlariga ega hisoblanadi, biroq shu bilan bir vaqtda sportcha yurish nisbatan yetarlicha darajada murakkab va samaraliroq yurish usuli hisoblanadi.



Download 272.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling