7– Ma’ruza. Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish metodikasi reja


– rasm. Sportcha yurishda taz harakati


Download 272.06 Kb.
bet7/8
Sana21.11.2023
Hajmi272.06 Kb.
#1793325
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MA\'RUZA

3 – rasm. Sportcha yurishda taz harakati


4 – vazifa: Sportcha yurish paytida qo’llar va yelkalarni to’g’ri harakatga o’rgatish.
Vositalari:
1. Joyda turib qo’llar harakatiga taqlid qilish.
2. Qo’llarni orqaga qilib yurish.
3. Qo’llarni qariyb to’ppa-to’g’ri qilib yurish.
4. Yelka va qo’llarni aktiv ishlatib sportcha yurish.
Uslubiy ko’rsatmalar: Birinchi mashqda ko’ndalang harakatdarga yo’l qo’ymaslik. Harakatlar ortiqcha kuch kelmaydigan erkin bo’lishi kerak. Ikkinchi mashqni bajarayotgan paytda shug’ullanuachilarga yelkalarni faol harakat qilishi zarurligini uqtirish kerak. Bunda qo’llar orqada bo’lsa ham bo’laveradi. Uchinchi mashqda qo’llar harakati keng va erkin bo’lishi kerak. Ko’rsatilgan mashqlarda yurish masofasi – 100 metr.
5 – vazifa: Sportcha yurish texnikasini takomillashtirish.
Vositalari:
1. Turli xil tezliklarda (sekin, o’rtacha, tez) sportcha yurish.
2. Burilishlarda, qiya yo’lkalarda (pastga ham, yuqoriga ham), shosseda sportcha yurish.
Uslubiy ko’rsatmalar: Texnikani takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) gavda va boshning harakati;
b) gavda, oyoq va qo’llar harakati mayin, bemalol bo’lishiga;
v) qadam yyetarli darajada uzun bo’lishiga, oyoqni olg’a uzatish yengil bo’lishiga (bunda oyoq tagi mumkin qadar yerga yaqin o’tishi kerak);
g) tovonni o’z vaqtida (erta emas) yerdan ko’tarishga;


O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar.

  1. Sportcha yurishning tezligi odatdagi yurishdan necha marotaba yuqori bo’ladi?

  2. Olimpiada o’yinlari dasturiga sportcha yurishning qaysi masofalari kiritilgan?

  3. Olimpiada o’yinlari dasturiga ayollar uchun sportcha yurishning masofasi qancha?

  4. Olimpiada o’yinlari dasturiga erkaklar uchun sportcha yurishning masofasi qancha?

  5. Musobaqa vaqtida sportchiga qachon tanbeh beriladi?

  6. Sportchiga oq rangli traferat ko’rsatilsa u nimani anglatadi?

  7. Sportchiga qizil rangli traferat ko’rsatilsa u nimani anglatadi?

  8. Qizil rangli traferatni kim ko’rsatish huquqiga ega?

  9. Ishtirokchi qanday vaqtda diskvalifikatsiya qilinadi?

  10. Tayyorgarlik davrining ikkinchi bosqichida mashq qilishning taxminiy haftalik sikli qancha?


Download 272.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling